yemirilishiga qarshi to‟ra olishi xossalaridir. Aytib o‟tilgan omillar ta‟siridan kimyoviy
yemirilishga
metallarning korroziyasi deyiladi.
Korroziya 2 turga bo‟linadi: kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya.
Kimyoviy korroziya elektr toki o‟tmaydigan muhitga, masalan, quruq gaz, benzinda ro‟y
beradi. Dvigatellar chiqarish klapanlarining, termik ishlov berish pechlari ichki armaturasining
oksidlanishi shunday korroziya hisoblanadi.
Elektrokimyoviy korroziya tok o‟tkazuvchi muhitning (namlik, nam havo, kislotalar,
ishqorlar, . . .) metallga ta‟siri oqibatida yuz beradi. Metall va qotishmaning tarkibi bir xil
emasligi tufayli bunday korroziya hosil bo‟ladi. Metall va qotishmalardan foydalanish vaqtida
ularning qo‟llanilish sohasi va ishlash muhitiga bog‟liq ravishda ularning kimyoviy tarkibini
et‟iborga olish zarur, shuningdek, korroziyaga qarshi tegishli choralarni ko‟rish (laklar,
buyoqlar, oksid pardalar bilan qoplash) lozim bo‟ladi.
v)
Mexanikaviy xossalari. Metall va qotishmalarning tashqi kuchlari ta‟siriga qarshilik
ko‟rsata olish xususiyati ularning mexanikaviy xossasi deyiladi. Metallning asosiy mexanikaviy
xossalariga uning mustahkamligi, plastikligi, elastikligi, qattiqligi, zarbiy qovushoqligi kiradi.
Amalda materiallarning bu mexanikaviy xossalari GOST asosida sinab aniqlanadi.
Mustahkamlik - metallning kuchlar ta‟siri ostida yemirilishga yoki qoldiq deformatsiya
paydo bo‟lishiga qarshilik ko‟rsatish xususiyatidir.
Qattiqlik – metallning o‟zidan qattiqroq jism ta‟siridan sirtqi deformatsiyalanishga
qarshilik ko‟rsatish xususiyatidir.
Elastiklik - metallning kuch ta‟siri to‟xtatilgach, o‟zining dastlabki shaklini tiklash
xossasidir.
Zarbiy qovushoqlik – metallning dinamik yuklanishlar (nagruzkalar) ta‟siridan
yemirilishga qarshilik ko‟rsatish xossasidir.
g)
Texnologik xossalari. Materiallarning sovuqlayin yoki qizdirilgan holda turli
texnologik ishlovlar (quyish, bolg‟alash, payvandlash, kesib ishlash) ga moyilligi, ularning
texnologik xossalari deyiladi.
Payvandlanuvchanlik deb, payvanlanadigan sirtlarning plastik yoki suyuq holatgacha
qizib, ajralmas mustahkam birikmalar hosil qila olish xususiyatiga aytiladi.
Bolg’alanuvchanlik deb, metallning bosim ostiga bolg‟alanib va prokatlanib
ishlanuvchanlik xossasiga, ya‟ni qizdirilgan holatga yoki sovuqlayin zarb yoki bosim ta‟sirida
kerakli shaklga kirish xususiyatiga aytiladi.
Ishlanuvchanlik deb, metallning kesib ishlov berish mumkinlik xossasiga aytiladi.
Bundan tashqari metallarning bukuluvchanligi, takror bukuluvchanligi kabi xossalari
ham mavjud va ular maxsus sinash usullari orqali aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: