O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Shaxsiy tarkib hujjatlari haqidagi



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
arxivshunoslik (1)

Shaxsiy tarkib hujjatlari haqidagi 
tushuncha 
Shaxsiy tarkib hujjatlarini saqlov 
uchun tanlab olish 
Муаммоли савол: Шахсий таркиб ҳужжатлари 
деганда қандай хужжатлар тушунилади? 


82 
Hujjatli metariallarning qimmatini aniqlab ajratish maqsadida har bir saqlov 
bo’limi (yig’majild) varaqma-varaq diqqat bilan ko’rib chiqiladi. Ularning ilmiy va 
amaliy qimmatdorligini quyidagi mezonlar bilan o’lchanadi: 
1. Hujjatli materiallar mazmuni. 
2. Hujjatli materiallar yuritilgan shaxs faoliyatining mavqyei va ahamiyati. 
3. Fondni tashkil etuvchi muassasalarning maqomi, materiallar tuzilgan davr 
va joy. 
Biroq shaxsiy tarkibga doir hujjatlarni davlat saqloviga ajratib olish chog’ida 
xodimlar har bir hujjatni baholashda individual yondashishlari, ularning o’zaro 
aloqasi va bir-biri bilan bog’liqliligining barcha mezonlarini hisobga olishlari 
zarur. 
Ijodning u yoki bu turida, jamoat, siyosiy ishlarda, xalq ho’jaligining biron 
sohasi, madaniy va harbiy ishlarda o’zini ko’rsatgan shaxslar hayoti va faoliyatini 
o’rganishda shaxsiy tarkibga taalluqli hujjatlar asosiy biografik manba hisoblanadi. 
Shuning uchun bunday hujjatlarni ajratib olish ekspertlarning muhim vazifalaridan 
biri sanaladi. Voqyealarning to’laqonli yoritilishi uchun o’zini salbiy jihatdan 
ko’rsatgan shaxslar (xoinlar, sotqinlar, provakatorlar, jinoyatchilar va h.) haqidagi 
hujjatlarni ham saqlab qolish kerak.
Hujjatlarni davlat saqloviga ajratib olayotganda hujjatlar qachon va qayerda 
tuzilganligiga ahamiyat berish kerak. Oktyabr to’ntarishi va istiqlolchilar kurashi 
yillariga oid bo’lgan hujjatli materiallar diqqat bilan o’rganilishi lozim. 
Aynan bir shaxsning o’ziga fondda bir necha hujjatli material – shaxsiy 
yig’majild, shaxsiy hisob varaqasi va attestasiya komissiyasining bayonnomasi, 
formulyar, mehnat va xizmat ro’yxatlari bo’lishi ehtimoldan holi emas. Bundan 
tashqari sanab o’tilgan hujjatlarning har biri bir nechtadan bo’lishi ham mumkin. 
Bunday hollarda doimiy saqlovga mavjud hujjatlarning hammasi emas, balki eng 
oxirgisini ajratib olish maqsadga muvofiqdir. Faqat bunda shu hujjat avvalgi 
hujjatlarning hamma asosiy ma’lumotlarini qamrab olganmi, shaxsning xizmatni 
o’tashi, ma’lumoti, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqalar haqidagi barcha 
ma’lumotlar kiritilgan yoki yo’qligi tekshirib ko’rilishi kerak. 
Ayni bir davrga doir ham attestasiya varag’i, ham attestasiya komissiyasi 
yig’ilishining bayonnomasi mavjud bo’lgan hollarda birinchi hujjat – attestasiya 
varag’ini qoldirgan ma’qul, chunki u o’z ichiga attestasiya haqidagi ma’lumotlarni 
nisbatan to’laroq qamrab olgan bo’ladi. 
Biroq alohida bir shaxsning xizmat o’tashini aks ettiradigan bir necha xil 
hujjat (formulyar, xizmat o’tash varag’i, shaxsiy hisob varag’i va h.) mavjud yerda 
bu hujjatlarning hamma turi ham saqlangani ma’qul, chunki ularning har biri o’sha 
shaxs haqida qo’shimcha ma’lumotlar beradi. 
Dastlabki yillar shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq va farmoyishlar umumiy ish 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin