O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72
arxivshunoslik (1)

Tayanch iboralar 
Arxeografiya 
– arxiv hujjatlarini nashr qilishga tayyorlashning 
qoida va usullarini o’rganadigan fan 
Arxeografik to’plam 
– arxiv hujjatlarini o’z ichiga olgan to’plam 
Arxeografik to’plam 
Mavzusi 
– nashr qilishga mo’ljallangan hujjatlar to’plami 
mavzusi 
Arxeografik to’plam 
Rejasi 
– e’lon qilinayotgan hujjatlarning mazmuniga 
ko’ra to’plamning bob va paragraflarining nomi 
Nazorat savollari 
 
1. Arxeografiya nima? 
2. Arxiv hujjatlarini nashr etish qanday ahamiyatga ega? 
3. Arxeografik to’plam deb nimaga aytiladi? 
4. Arxeografik to’plamning mavzusini tanlashda nimalar e’tiborga olinadi? 
5. Arxeografik to’plamning rejasi qanday tuziladi? 


77 
6. To’plamning taxminiy rejasi deganda nimani tushunasiz? 
7. Ish rejasi qanday tamoyillar asosida tuziladi? 
8. Ish rejasining strukturasi haqida gapirib bering. 
9. Siz e’lon qilingan arxiv hujjatlari bilan tanishmisiz? Ular haqida so’zlang. 
10. Hozirgi kunda qanday arxeografik to’plamlar chiqarish zarur deb hisoblaysiz? 
Manbalar va adabiyotlar 
Alimov I. va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997. 
Tolibov R.N. Arxivshunoslik. Navoiy, 2005. 
18 -
 Mavzu
: Hujjatlar to’plamini nashrga tayyorlash va ularni arxeografik 
jihatdan rasmiylashtirish 
Reja: 
1. Hujjatlarni yig’ish va tanlash usuli 
2. Arxiv hujjatlarini nashrga tayyorlash 
3. Hujjatlarni arxeografik jihatdan rasmiylashtirish 
Hujjatlar to’plami asosan arxiv materiallari
statistik ma’lumotnomalar, davriy matbuot 
materiallari asosida tuziladi. Lekin hujjatlarni 
nashrga tayyorlashdan oldin tadqiqotchi (yoki tad-qiqotchilar) mazkur mavzuga 
doir manba va adabiyotlarni chuqur o’rganib chiqishi maqsadga muvofiqdir. 
Mavzuga oid adabiyot tadqiq qilinayotan masalaning mohiyati bilan 
tanishtiradi, unga tadqiq qilinayotan voqyealar sodir bo’lgan tarixiy davr shart-
sharoitlari to’g’risida bilim beradi. Yaqin vaqt ichida chiqqan adabiyotdan hozirgi 
paytda masalaning qanday qo’yilayotganligini bilsa bo’ladiki, bu ilgari chiqqan 
adabiyotlardan ancha tanqidiy nuqtai nazar-dan foydalanish imkoniyatini beradi. 
Tor sohadagi emas, balki umumiy sohaga bag’ishlangan adabiyotni o’rganish 
maqsadga muvofiqdir. Chunki umumiy sohadagi masalalarni anglab yetgandan 
so’ng tor sohani tushunib olish oson bo’ladi. 
Ilmiy ishni tayyorlash uchun hujjatli materiallarni aniqlab topish va tanlash 
mas’liyatli bosqich hisoblanadi. Manbalarni aniqlash har tomonlama va to’la 
bo’lishi lozim. 
Adabiyotlarni izlab topish jarayonida mavzuga doir bibliografiya, ya’ni 
kitob va maqolalar ro’yxati tuziladi. Bunday ro’yxat tuzishda maxsus bibliografik 
nashrlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bibliografiya tanlangan mavzu 
bo’yicha mavjud barcha adabiyotlarni bilish va ularni izchillik bilan o’rganib 
chiqishda yordam beradi. 
Manba va adabiyetlarni o’rganish chog’ida ularni konspekt qilish, kerakli 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin