«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy
hisobotning xalqaro
standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli
xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.
426
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan O‘zbekiston Res-
publikasining mustaqillik yillaridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida so‘z boradi. Bunda siz
mustaqillik yillarida aholining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida olib borilgan siyosat,
ularga yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar bilan tanishishingiz mumkin.
Kalit so‘zlar:
mustaqillik, islohot, suverenitet, bozor iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik, xususiy mulk, YaIM, huquqiy savodxonlik.
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng Vatanimiz hayotida tub o‘zgarishlar
sodir
bo‘ldi. Endi O‘zbekiston boshqa davlatning buyruqlariga qaramasdan ijtimoiy-siy-
osiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot masalalari yuzasidan milliy manfaatlar-
ga mos ravishda
mustaqil qaror qilishi, jamiyatni yangilash, demokratiyaga asoslan-
gan davlat qurish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kabi muhim va mas’uliyatli vazi-
falar turardi. Mustaqillikning ilk kunlaridayoq O‘zbekiston qanday islohot yo‘llarini
tanlaydi, qanday jamiyat quradi, uning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi qanday bo‘ladi,
degan savollar ko‘ndalang turardi. Ma’lumki, 90-yillar
boshlarida mustaqillikka er-
ishgan ayrim davlatlarda eski tuzumni rad etib, demokratiyaga asoslangan jamiyat
va bozor munosabatlari dasturini e’lon qilib, birdaniga demokratik davlat quramiz,
deya ovoza qilgan edilar. O‘sha davrdayoq O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti
bunday shov-shuvli fikrlarga xomxayol, safsata deb baho bergan edi, amalda ham
aynan shunday bo‘lib chiqdi. Islom Karimov mustaqillikning ilk yillaridayoq eski tu-
zumning asorati osonlikcha yo‘qolmasligini, bu mafkura
iskanjasi odamlar ongidan
tez va yengil chiqib ketmasligini ta’kidlagan edi. Muhimi, yangi ijtimoiy munosa-
batlar va islohotning poydevorini, zarur asosini qurish uchun ma’lum muddat vaqt,
jamiyat islohot o‘tkazish jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan,
innovatsion
fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash va tarbiyalash kerak edi.
Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so‘ng, BMTga va boshqa xalqaro tash-
kilotlarga a’zo bo‘lish O‘zbekistonga o‘zining tashqi siyosatini mustaqil ravishda
olib borish, jahon hamjamiyatiga, jahon kurash maydoniga
kirish strategiyalarini
ishlab chiqish, mamlakatlararo munosabatlarning yo‘nalishlari va ustuvorligini bel-
gilash imkoni yaratildi. Yurtimizning milliy manfaatlariga mos keladigan ko‘p tar-