Annotatsiya: Ushbu maqolada sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan O‘zbekiston Res- publikasining mustaqillik yillaridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida so‘z boradi



Yüklə 232,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix27.09.2023
ölçüsü232,08 Kb.
#149736
1   2
O‘ZBEKISTONNING 
MUSTAQILLIKDAN 
KEYINGI DAVRDA 
IJTIMOIY-IQTISODIY 
ISLOHOTLARDAGI 
TAJRIBALARI
https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
sity-5-pp424-428
SUYUNOV ABBOS ILYOS O‘G‘LI
O‘zMU Jizzax filiali “Psixologiya” fakulteti 
“Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi 
Iqtisodiyot yo‘nalishi 3-kurs talabasi
BOLTAYEVA MOHICHEXRA JAMSHID QIZI
O‘zMU Jizzax filiali Kredit ta’lim tizimini 
tashkil qilish sektori bosh mutaxassisi


STARS International University
427
moqli faol tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yish – davlat obro‘-e’tiborini mustahkamlash, 
iqtisodiy muammolarni bartaraf etish va aholi turmush darajasini yaxshilashning 
g‘oyat muhim va zaruriy shartidir. O‘zbekiston Respublikasi uchun mustaqil tashqi 
siyosat yuritish – davlat iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatining yangi va amalda bo‘lmagan 
yo‘nalishlardan biridir. 
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda adolat tushunchasining ahami-
yati jahonda shakllangan demokratik va milliy qadriyatlar asosida boyitish bosh-
landi. Birinchi Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan ilgari surilgan rivojlanishning 
“O‘zbek modeli”ni beshta tamoyilidan biri - mamlakatimizning o‘ziga xos xususi-
yatlarini jamlagan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish davlatning ijtimoiy adola-
tni ta’minlash sari tashlangan qadamlar ekanligini anglatadi. O‘zbekiston davlati 
o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan biri bo-
zor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish 
ekanligini e’lon qilish asnosida qolgan barcha qoidalar ijtimoiy vazifalarni hal etish-
ga, aholini ijtimoiy himoyalash, aholi turmush darajasini yaxshilash sohasida qat’iy 
kafolatni vujudga keltirishga bo‘ysundirdi.
O‘zbekistonda hozirgi davrda mamlakatni modernizatsiyalash islohotlari o‘zin-
ing yuksak natijalarini berayotgan ekan, buning asosiy sabablaridan biri - mustaqil-
likning boshidayoq hozirgi davrning poydevori yaratilganidadir. O‘sha davrdayoq 
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan quyidagi g‘oyalar ilgari 
surilgan edi: “Islohotlar muqarrarligining g‘oyat muhim sharti bo‘lmish aholini ijti-
moiy himoya qilish haqiqatan ham asosiy uzluksiz ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. 
Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida oldindan o‘tkaziladigan kuchli ijtimoiy 
siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining printsiplaridan biridir. 
Bozor iqtisodiyotini barpo etish - shunchaki bir maqsad emas. Barcha iqtisodiy, 
demokratik, siyosiy islohotlarning pirovard maqsadlarining o‘zi bu eng avvalo in-
son uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratishdir” Albatta, mam-
lakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlari bosqichma-bosqich 
ravishda ijtimoiy adolat printsiplaridan biri - aholini kuchli ijtimoiy himoyalash is-
lohotlari va amaliyoti bilan uzviy uyg‘unlikda amalga oshirildi. Mamlaktni hozirgi 
o‘zining taraqqiyot darajasiga har qanday demokratik davlat va jamiyat uchun xos 
bo‘lgan qoida - barcha jabha va darajalardagi boshqaruvning adolat printsiplari 
asosida amalga oshirilishi o‘laroq erishdi. Hozirgi davrda insoniyat olamshumul tar-
ixiy voqea-hodisalar sodir bo‘layotgan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kecha-
yotgan va butun dunyo hamjamiyati o‘zining bor kuch va salohiyatini uning salbiy 
oqibatlarini bartaraf etishga qaratayotgan bir tarixiy davrda yashamoqda. Holbuki, 
2008-yilda boshlangan va bugungi kunda ko‘lami tobora kengayib va chuqurlash-
ib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ham, Mamlakat Birin-
chi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining 
puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlarning maqsadi va vazifalari, amalga os-
hirish yo‘llarining aniq va to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bosh maqsad yo‘lidagi yutuq 
va marralarning salmoqli bo‘lishiga imkon yaratmoqda. 
“Bugun iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgani, xalqimiz 
turmush darajasi ortib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tob-
ora yuksalib borayotgani diyorimizda yashayotgan har qaysi insonga mamnuniyat 
yetkazishi shubhasiz. Bunday yutuqlar negizida avvalambor xalqimizning fidoko-
rona mehnati va bunyodkorlik salohiyati, odamlarimizning ongi va tafakkuri, ha-


«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli 
xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.
428
yotga munosabati o‘zgarayotganligi, ular o‘zini shu yurtning haqiqiy egasi deb his 
qilayotgani mujassam.” 
Mustaqillikdan so‘ng mamlakatimizda islohotlar o‘tkazishda bozor iqtisodiyoti-
ga asoslangan iqtisodiy tizim asos qilib olindi. Bozor munosabatlariga o‘tishning 
asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
amalga oshirildi. Bu yo‘l bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma’muriy buyruqbozlik 
tizimi parchalandi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkka ega bo‘lgan 
tadbirkorlarning keng qatlami shakllantirildi va xorijiy investitsiylardan foydalanib, 
ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirish orqali aholining 
turmush darajasi yaxshilana boshladiulkni xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodni 
shakllantirish O‘zbekistonda o‘ziga xos yo‘l bilan amalga oshirildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad:
1.Davlat monopoliyasini tugatib ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish 
va bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy kuchli davlat barpo etish;
2.Xususiy mulkdorlar va tadbirkorlarning keng qatlamini shakllantirish;
3.Xorijiy investorlarga keng yo‘l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini va 
mehnat unumdorligini oshirish, aholining turmush tarzini yaxshilashdan iborat.
1992-1993-yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichida “Kichik xususiylasht-
irish” amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan mayishiy xizmat va savdo korx-
onalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulot 
qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o‘zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa 
va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, 
aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda xususiy mulk 
etib berildi. 
Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichiga o‘tishda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni 
rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asos qilib olindi. Bu davrda 
ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini yaratish, korxonalar aksiyalarini chiqarish, auksion 
(kim oshdi) savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, qimmatbaho qog‘ozlar-
ni chiqarish va xususiylashtirishni keng miqyosda olib borish uchun sharoit yarat-
ish ishlari amalga oshirildi.
Dastlabki davrda agrar sohada ham islohotlar amalga oshirildi. Natijada qishloq 
xo‘jaligida 770 kolxoz va xo‘jaliklar davlat tasarrufidan chiqarildi, jamoa va ijara 
xo‘jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloq hududlarda bu jarayon sekin kechdi va qiy-
inchiliklarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, agrar soha-
dagi byurokratik boshqaruv tizimi asoratlari, har xil to‘siqlari qishloqlardagi islo-
hotlarning olib borilishiga xalaqit berardi. Mulkning xususiylashtirish jarayonining 
birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani, 
xususiylashtirish mexanizmining ishlab chiqilishi, iqtisodiy islohotlarga nisbatan 
kishilar psixologiyasi va munosabatining o‘zgarishi bo‘ldi. Mustaqillik yillari yuz 
bergan tub o‘zgarishlardan biri mamlakatda ikki yo‘l bilan mulkdorlar sinfi shaklla-
na boshladi. Birinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish, 
ikkinchidan, pul mablag‘larini omonat kassalari yoki banklariga qo‘yish, qimmat-
baho qog‘ozlarga aylantirish yo‘li bilan. Iqtisodiy erkin tadbirkorlar “o‘z boyligini 
ko‘paytirishdan manfaatdor bo‘libgina qolmay, balki butun mamlakatni boyitishga 
ham qodir bo‘ladi”-deydi Birinchi Prezident Islom Karimov.


STARS International University
429
Iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi – o‘zaro munosabatlarning barcha shakl 
va turlari birligi bo‘lib, ularning asosiysi mulkchilik tizimidir. Shu bois ham mulk 
masalalari hal qilishga Prezident Islom Karimov tomonidan mustaqillikka qadar 
(1989-1991) va mustaqillikning dastlabki yillari muhim ahamiyat berildi. Istiqlol yil-
larida mulkchilikning tuzilishida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, ko‘pukladli iqtisodiyot 
amalda shakllanib, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlandi. Kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotida nafaqat hal qiluvchi o‘rin egalladi, 
ayni vaqtda bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish odamlarning daro-
madlari va farovonligi oshib borishining asosiy manbaiga, aholi bandligi o‘sishining 
eng muhim omliga aylandi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng aholining huquqiy 
savodxonligini oshirish borasida ham bir qancha izchil ishlar olib borildi. Jumladan 
birinchi Prezident Islom Karimov 1997 yil 20 mayda respublika huquq-tartibot ido-
ra va tashkilotlarilari rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy-axborot vositalari 
vakillari bilan uchrashuvida “Yuksak huquqiy tafakkur-demokratik jamiyat taqozo-
si” mavzusida so‘z yuritildi. Bunda 3 muhim masalaga diqqat qaratildi: (uch sub-
yekt: davlat, jamiyat va fuqarolarning o‘zaro munosabati uyg‘unligini ta’minlash):
1. Huquqiy ong, huquqiy tafakkur. Ong ijtimoiy formalardan biri bo‘lib, u turmush 
tarzi almashinish jarayonidir. Huquqiy ongni shakllantirish uchun aholi turmush da-
rajasini o‘stirish, uni erkinlashtirish va imkoniyatlar yaratish lozimligi aytildi.
2. Huquqiy bilim-huquqiy ongni shakllantirish elementi hisoblanadi. U maktab 
va oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘qitish, inson 
huquqlariga e’tibor berish kabi omillar bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun 
ham 1999-2000-yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimiga O‘zR Konstitutsiyasini o‘rgan-
ish fanlari kiritildi, huquqiy fanlarga juda katta e’tibor qaratila boshlandi. Maktab-
larda “Siz huquqingizni bilasizmi?” viktorinalari o‘tkazildi va o‘tkazilib kelinmoqda. 
SHuningdek, huquqqa doir turli ko‘rik-tanlovlar yoshlar o‘rtasida huquqiy savodx-
onlikni oshirishga qaratilgan tadbirlardan biri hisoblanadi.
3. Huquqiy madaniyat-bu huquqiy ong, tafakkur va huquqiy bilimlarning uzviy 
rivojlangan qismi bo‘lib, u jamiyat huquqiy madaniyatining oshganligini bildiradi. 
Shu boisdan ham ana shu 3 ta tushuncha bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lib, u huquqiy madaniyatning takomillashuvi, huquqiy davlat ijtimoiy hayotining 
rivojlanishiga olib keladi. 
Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan 
kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albat-
ta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan 
ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat 
kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uli-
yatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab 
qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlan-
gan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan 
umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin» Qisqa davr 
mobaynida mamlakatimizda jahon savdo-iqtisodiy munosabatlarga kirishish, milliy 
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, sanoatni rivojlantirish, mam-
lakatning energetika, oziq-ovqat va transport xavfsizligini ta’minlash kabi murak-
kab vazifalar yechimiga bosqichma-bosqich muvaffaqqiyatli erishdi.
Istiqbolni aniq tasavvur qilish va odamlarning beqiyos kuchiga ishonch unga 
“O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” degan ilhomlantiruvchi va safarbar etuvchi 


«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli 
xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.
430
maqsadli tezisni shakllantirish huquqini berdi. Rahbarning bu pozitsiyasi, tabiiyki, 
mamlakat aholisining psixologik muhitiga ta’sir ko‘rsatdi, odamlarning yangi dun-
yoqarashini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi, jamiyat hayotining 
barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga faol 
turtki bo‘ldi.
Mamlakatda inson hayoti va faoliyati, psixologiyasi va ma’naviyatini qamrab olu-
vchi ochiq siyosiy muhit shakllana boshladi. Bu harakatlar, o‘z navbatida, O‘zbeki-
stonda shakllanayotgan insonparvar jamiyatning ma’naviy qiyofasini, siyosiy qon-
uniyligini, ijtimoiy va huquqiy barqarorligini belgilab berdi.
Eski dogma va qoliplardan butunlay voz kechgan holda, Islom Karimovning 
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli Milliy dasturi ish-
lab chiqildi va amalda yo‘lga qo‘yildi. Darhaqiqat, ta’lim tizimida eng zamonaviy 
xalqaro standartlarga asoslangan tub islohotlar amalga oshirildi. Bu oxir-oqibat 
O‘zbekistonda davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Vestmin-
ster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Turin politexnika 
universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya 
iqtisodiyot universiteti, Janubiy Koreya Inha kabi Yevropa va Osiyoning bir qan-
cha yetakchi universitetlarining filiallari ochilib, hozirgacha muvaffaqiyatli faoliyat 
yuritib kelishmoqda.
Islom Karimov tashabbusi bilan qishloq aholisi uchun zamonaviy, shaharga ya-
qin uy-joy sharoitlarini yaratish maqsadida qishloq joylarda imtiyozli uzoq mud-
datli ipoteka kreditlari ajratgan holda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi 
uy-joylar qurish bo‘yicha Davlat dasturi qabul qilindi. Islom Karimovning izchil olib 
borilayotgan puxta o‘ylangan siyosati tufayli mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasi 
tubdan isloh qilindi. Qishloq xo‘jaligining o‘zagi endi fermer xo‘jaliklaridan iborat. 
Mamlakatning g‘alla mustaqilligiga erishildi, bu esa respublika aholisini un va non 
bilan barqaror ta’minlash bilan bir qatorda aholining go‘sht, sut va go‘sht-sut mah-
sulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z ishlab chiqarishlari hisobiga barqaror ta’minlash 
vazifalarini hal etish imkonini berdi. 
Shu tariqa, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan “Islohot – islohot 
uchun emas, balki inson uchun” shiori ostida belgilab berilgan barcha islohotlarn-
ing bosh mezoni amalda o‘z ifodasini topdi. O‘zbekistondagi barcha millat vakillari 
qonun bilan kafolatlangan mutlaqo teng huquqlarga ega. Islom Karimov millati, 
irqi, ijtimoiy kelib chiqishi, ma’lumoti, kasbi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, barcha 
fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlash maqsadini izchillik bilan amalga oshirdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi.-T.:O‘zbeki-
ston, 2005. –B.4
2.Qobilov Sh.R. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik.-T.:O‘zbekiston Respublikasi IIV 
Akademiyasi, 2013. –B.41
3.Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Asarlar, 2-jild. –T.: «O‘zbeki-
ston», 1996.
https://www.gavinpublishers.com/article/view/socio-economic-develop-
ment-of-the-republic-of-uzbekistan-for-years-of-independence
https://hozir.org/mustaqillik-yillarida-ozbekistonning-iqtisodiy-manav-
iy-va-mada.html

Yüklə 232,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin