Kurs ishi mavzu: arizalar va anketa orqali yozishni o’rganish reja



Yüklə 86,43 Kb.
səhifə1/10
tarix04.05.2023
ölçüsü86,43 Kb.
#107526
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10



Talaba ARM

KURS ISHI


Mavzu: ARIZALAR VA ANKETA ORQALI YOZISHNI O’RGANISH

Reja
Kirish
I bob YOZUVNING AHAMIYATI VA O’RNI
1.1.Yozuv nutq faoliyatining turi va malaka sifatida
1.2.Yozuvning tilshunoslik va ruhshunoslik masalalari
1.3.Yozish texnikasi va yozma nutqni o‘rgatish
1.4.Yozma nutq mashqlari
II bob ANKETA USULI
2.1Anketa nima?
2.2Anketa usuli va uning qo`llanilishi.
2.3Anketa usulining chet tilini o’rganishdagi o’rni
III bob ARIZA USULI
3.1Ariza nima va uni yoziish talablari?
3.2Ariza usulining chet tilini o’rganishdagi o’rni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Yurtimiz ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida bugungi kunda ta’lim sifati va o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligida ijobiy natijalar ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yoshlikda olgan bilim toshga o‘yilgan naqshdir deydi dono xalqimiz. Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritayotgani soha rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganidan darak beradi. Ayniqsa, bolalarga chet tillarini yanada chuqurroq o‘rgatish bugungi kunda zamon talabiga aylandi.Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda tili yosh avlodni zamon talablariga mos yetuk mutaxassis etib tayyorlashga yo‘naltirilgan ishlarning uzviy davomi bo‘ldi. O‘quvchilarga chet tillarini o‘qitishda qo‘shimcha manbalardan samarali foydalanish, yordamchi o‘quv vositalari ko‘magida ularning xorijiy tilga qiziqish va munosabatini yanada yuksaltirish, har bir darsni interaktiv, ya’ni aktiv-o‘quvchi usullarida olib borish, darslardan so‘ng ularga qo‘shimcha mashg‘ulotlar berish va bu jarayonda noan’anaviy uslublardan keng foydalanishni taqazo qiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerak, an’anaviy pedagogikada innovatsion texnologiyaning muayyan usullari sifatida, masalan, Brain storming, case, zigzag, cluster, project, method kabi turlarini qo‘llash katta natija beradi.Ayrim holatlarda grammatikani bilmasa, u gapira olmaydi deb asosiy kuch va urg‘uni o‘qishga, grammatikani o‘rgatishga katta etibor qaratamiz. Biroq, intellektual salohiyat, o‘zlashtirish, qabul qilish, anglash va xotira darajasi har bir o‘quvchida o‘zgacha rivojlangan bo‘ladi. Kimdir eshitish, yozish yoki o‘qish orqali, yana kimdir esa faqat ko‘rish va so‘zlash orqali yaxshi qabul qiladi. Shu bois har bir o‘quvchiga uning salohiyatidan kelib chiqib individual yondashgan holda, o‘zlashtirish va singdirishning turli vositalaridan, eng muhimi og‘zaki nutqni rivojlantirish usullaridan ham unumli foydalanishimiz zarur. Xorijiy tilni mukammal o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilgan o‘quvchi, avvalambor, o‘z ona tilini har jihatdan mukammal egallagan bo‘lishi lozim. Quyida esa chet tilini o‘qitishda qo‘llanib kelinayotgan va o‘zining ijobiy natijalarini berayotgan innovatsion ta’lim texnologiyalaridan ayrimlarini keltirib o‘tmoqchiman.
Yozma nutq mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilar yodidan ko‘tarilgan so‘z, ibora, namunalarni esga tushirish, ingliz tilida badiiy usulda yozish, so’zlardan va iboralardan mahorat bilan foydalanish uchun nutq organlarini tayyorlashdan iboratdir. Xususan, biror hujjatni ko‘rsatib, nimani ko‘rayotgani va hujjatning yozish me’yor va talablarini so‘rash, ushbu vaziyat haqida qisqa esse yozish, shaxsiy pozitsiyasi va fikrini bildirish orqali og‘zaki nutq xam birgalikda shakllana boradi. Ayrim darslar og‘zaki nutqda chet tillarda gapirishdan boshlansa, o‘quvchilar dars davomida o‘sha muhitda bo‘ladilar. Bu jarayonda, albatta, asta-sekinlik bilan tinglab tushunish, gapirish qobiliyati rivojlanib boradi. Ayrim darslarda esa turli hujjatlarni yozishni no’rganish esa badiiy uslubda so’zlardan mahorat bilan foydalanish va ularni yozishdaki xatoliklarni kamaytirishga yordam beradi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida mazkur dars turlarini qo‘llash orqali o‘quvchilarning ingliz tilida gapirish, tinglab tushunish, o‘qish, yozish, xotira va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, ularning bilim saviyasi va ma’naviyatini yuksaltirish, aqliy mehnat malakalarini hosil qilish, shuningdek o‘quvchi shaxsining aqliy, hissiy va motivatsion xususiyatlarini rivojlantirishga erishiladi.
Bugungi o‘quvchilarimiz orasida chet tilini mukammal biladiganlari, jahon adabiyoti namunalarini tarjima qiladiganlari, bir necha xorijiy tillarni o‘rganayotganlari ko‘p. Shunday ekan, ushbu ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida barcha chet tili o‘qituvchilariga o‘z ustilarida tinmay ishlash, izlanish, malakalarini amaliy va nazariy jihatdan boyitib borish, zamon bilan hamnafas bo‘lish, darslar davomida zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanishdek ulkan vazifa hamda mas’uliyat yuklaydi.Bugungi kurs ishimizda ko’p qo’llaniladiga hujjatlardan biri bo’lgan ariza va anketalarni yozish orqali chet tilini o’rganish qulayliklari avzalliklari va qiyinchiliklarini ko’rib chiqamiz. Eng avvalo yozuvning o’rni va ahaiyati bilan tanishib chiqaylik.

Yüklə 86,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin