Kurs ishi mavzu: arizalar va anketa orqali yozishni o’rganish reja


Yozish texnikasi va yozma nutqni o‘rgatish



Yüklə 86,43 Kb.
səhifə4/10
tarix04.05.2023
ölçüsü86,43 Kb.
#107526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1.3Yozish texnikasi va yozma nutqni o‘rgatish
0‘rgatish obyekti qilib, tovush-harf munosabati, harflar, imlo singari til hodisalari tanlanadi, ular, ta’kidlab o‘tilganidek, yozuvning texnik jihatidir. Yozish texnikasi (texnikaviy ko‘nikmalar) asosida yozma fikr bayon etiladi — nutqiy malakalar hosil qilinadi. Qisqasi, ,,yozuv“ va ,,yozish“ lingvodidaktik termin-tushunchalari doirasi bir-biridan farq qiladi. 0 ‘rgatiladigan G‘arbiy Yevropa tillari va o‘zbek tili ham lotin grafikasidan foydalanadi. Ikkala grafikaning tafovutlari va o‘xshashliklarini hisobga olib, yozish texnikasini o‘rgatishga kirishiladi. Tovush-harf munosabatlaridagi qiyinchilik darajasiga qarab, ularni yozuvda (va o‘qishda) o‘zlashtirish tartiboti belgilanadi. Mas. tovush va harf muvofiq kelsa va ona tili bilan chalkashtirish kuzatilmasa, eshituv-tovush idroki, ko‘ruv tasawuri va yozish amallari orqali grafika nisbatan oson o‘rganiladi (D. N. Bogoyavlenskiy tavsiyasi). Bir tovush bir necha harf orqali ifodalanishi yoki bir harf birdan ortiq tovushni bildirishi mushkul vaziyat hisoblanadi: tovush-harf yoki bo‘g‘in tahlili yordamida o‘rgatishga majbur bo‘lamiz. Tahlil, bu o‘rinda, chuqur nazariy mulohazalar yuritish emas, balki ushbu hodisaga xos xususiyatni sodda tilda aytishdir. Agar transkripsiya (tovushning yozuvdagi belgisi) kiritilgan bo‘Isa, undan me’yorida foydalanish mumkin. 0 ‘qilish qoidasini namoyish etuvchi misollar kifoya qilsa, mavhumot umumlashtiiiladi. Harflaming alifbodagi nomi o‘rganilishi so‘zni og‘zaki harflab aytish (ingl. spelling, nem. buchstabieren, fr. epellation) mashqini bajarishga zamin tayyorlaydi. Bosh va kichik harilami chalkashtirmaslik maqsadida ingliz tili bo‘yicha ularni zamon va makonda ajratib o‘rgatish tajribasi o‘zini oqlagan. Yozma va bosma harflar darsda muvoziy tarzda beriladi. Qirqma alifbodan ko‘p foydalanish dastlabki bosqichda samarali natijalar beradi. 0 ‘quvchi til tajribasini hisobga olib, chet tilda husnixat o‘rgatiladi. Harflar yozilishi darslikda ko‘rsatilgan yo‘sinda o‘rganiladi. Qiyin o‘zlashtiriladigan harflar sinf doskasi va o‘quvchilar daftarlarida bo‘lib-bo‘lib yozib ko‘rsatiladi. Ko‘rgazmali qurolni namoyish etishning o‘zi kifoya qilmaydi. Chiroyli va to‘g‘ri yozishni muallim amalda yozib ko‘rsatgani ma’qul. Binobarin, yozishni o‘rgatuvchining xattotlik mahorati, hatto san’ati (musulmon dunyosida tarqalgan ijodiy faoliyat) yuksak bo‘lmog‘i kerak. Imloni o‘rganish yanada muhim o‘quv vazifasidir. Og‘zaki nutqda o‘zlashtirilgan so‘zlarning yozilishi orfografik (imlo) minimum(i)ni tashkil etadi. Faqat o‘qish va tinglashdagina uchraydigan leksika imlo minimumiga kirmaydi. Demak, maktabda o‘rganilmish barcha leksik-grammatik hodisalarning orfogrammalari (imlo birliklari ')ni yozish shart emas, ya’ni imlo minimumiga rioya qilinadi, xolos. Orfografik hodisalarga alohida e’tibor talab etiladi. Qoidalar mohiyatida, xuddi grammatika va o‘qish texnikasida bo‘lganidek, amaliy yo'nalganlik mezoni hukm suradi. Qoidaga tushmaydigan imlo birligi (orfogramma) (mas. ingl. eight, are, you kabilar)ni ideogramma (yaxlit birlik) tarzida yozilishi o'rganiladi. Orfografik birliklaming ona tili va chet tilda muqoyasasi oqibatida o‘quvchi uchun oson/qiyin imlo birliklari aniqlanadi, har qaysi birlikka oz/ko‘p vaqt va kuch sarflanadi hamda mashqlar belgilanadi1. Ingliz tili orfografiyasi juda murakkabdir, chunki u o‘zining uzoq tarixi (VI—XX asrlar) davomida boshqa tillardan ko‘plab so‘zlami o‘zlashtirgatt. Bu so‘zlaming aksariyati o‘z talaffuz va yozuv me’yorini saqlab qolgan, ba’zilari esa ingliz tili talaffuz qoidasiga binoan o‘zgargan. Ingliz tili imlo birliklarini o‘quvchilaming o‘zlashtirish darajalariga ko‘ra uch turga bo'lish mumkin: 1) qiyinchiligi kamroq imlo birliklari; 2)’ o‘rtacha qiyinchilik tug‘diradigan birliklar; 3) o‘ta qiyin imlo birliklari. Birinchi toifaga ingliz imlosining ko‘p hodisalari, chunonchi, otlarda ko‘plik sonning odatiy yasalishi, hozirgi noaniq zamonda fe’lning 3-shaxs birlik shakli, sifat darajalari va h.k. 0 ‘rtacha qiyin imlo birliklari sirasiga quyidagilar kiradi: bir bo‘g‘inli so‘zlar (ingl. pen, desk, map), so‘zlaming bosh harf bilan yozilishi {English, Russian, Uzbek, TV), hafta kunlari va oylar nomlari va ingliz realiylari (Monday, March, O.K.), ko‘cha nomlarining (Usmon Nosir Street, Visol Street) yozilishi. Uchinchi — o‘ta qiyin imlo birliklari qatoriga bir qancha hodisalar jamlanadi, jumladan: omonimlar (ingl. sea—see, meat—meet, week—weak, new—knew), bir fonemaning birdan ortiq, grafemalar yordamida ifodalanishi ([s]—receive, cinema; say, most; [i:]—me, Pete; teacher; street); otlarda ko‘plik sonning qoidadan mustasno hollari (man—men, woman —women; child—children, sheep—sheep); gerundiyning yasalishida undosh harfning geminatsiyasi (ikkilanishi) hodisasi (sit—sitting, begin — beginning); so‘z boshidagi undosh harfning o‘qilmasligi (know; write; hour; who).Birinchi turdagi hodisalar morfologik, ikkinchisi fonetik va uchinchisi esa tarixiy (an’anaviy) yozilish mezoni bo'yicha o‘rgatilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Morfologik prinsip bo‘yicha yoziladigan imlo birliklariga, asosan, qoidalar yordam beradi. Fonetik prinsipga binoan yoziladigan orfografik birliklar uchun esa ko‘rish va eshitish mashqlari ko'proq qo‘llaniladi. An’anaviy yoziladigan birliklar uchun eslab qolish va ko‘rish qobiliyati rivojlantirilishi zarur. Yozma nutqni o‘rgatishda yozuv materiali, yozuv ta’lim vositasi ekanligi, yozma ishlar kabi masalalar hal etiladi. 0 ‘quvchilarning o'zlashtirgan til materiali va og‘zaki nutq mavzulari asosida yozma fikr bayon etishlari amalda tatbiq qilingan. Yuqori sinflar til materiali va o'qish mavzularini qo‘llab o‘quvchilar yozma nutq bajarmaydilar. Yozuv til materialini puxta o‘zlashtirish, og‘zaki nutq va o‘qish malakalarini o‘stirish hamda o‘quv materialining o‘zlashtirish darajasini tekshirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Yozma ishlami bajarish oqibatida o‘quvchilar chet mamlakatdagi tengdoshlariga xat yoza olish malakasini egallaydilar.
Yozuvni o‘rgatish mashqlari Yozma mashqlar tushunchasi doirasiga o‘quvchilar sinfda va uyda bajaradigan barcha yozma ishlar kiradi. Yozma mashq deganda, yozuv (yozma ishda fikr bayon etish) va yozish (tovush kodini grafik belgiga o‘tkazish) amallari anglashiladi. Birinchisida yozma nutq muloqoti, ya’ni o‘zining va o‘zga shaxsning fikrini yozma shaklda kimgadir yetkazish, ikkinchisida esa yozish texnikasi (tovush-harf, husnixat, imlo) mashqlari nazarda tutiladi.
Metodik adabiyot sahifalarida yozma mashqlar qator mezonlarga ko‘ra tasniflanadi1:
1.vazifasiga ko‘ra — tayyorlov va asosiy (,,nutqiy“ ma’nosida — J.J.);
2.nutq faoliyatining xususiyatiga qarab — retseptiv va reproduktiv;
3.o‘quv amallari jihatidan — til strukturalarini nutqda taqlidan qo‘llash, o‘zgatirish, biriktirish;
4.til materialiga munosabat yuzasidan — nutqda aniq bir maqsadda va turli maqsadlarda qo‘llash. Ushbu yozma mashqlar yana kichik turlarga ajratilishi mumkin. Yozuvni o‘qitishga bag‘ishlangan metodik manbalarda mashqlaming umumiy tasnifi (E. I. Passov) ham keltiriladi.
1.ko‘chirish;
2.eshitib yozish (imlo diktanti);
3.erkin va ijodiy diktant (fikr bayon etish);
4.chinakam yozuv mashqi (xat, devoriy matbuotga maqola yozish, biror hodisani tasvirlash);
5. o'yin-mashq (krossvord, chaynvord, topishmoq);
6.hikoya (matn) rejasini tuzish;
7.o‘qigan matnning muxtasar bayoni (annotatsiyasi)ni tayyorlash.
Yozma mashqlaming mavjud tasniflarini umumlashtirib, amaliy qulaylik nuqtayi nazaridan yozish va yozma nutq mashqlari sifatida tavsiya etiladi va ularga namunalar keltiriladi. Yozish mashqlari: falon tovushni ifodalovchi harflarni yozish; matndan falon tovush-harf munosabatini namoyish qiluvchi so‘zlami ko‘chirish; matnni ko‘chirib, undagi tovush va harf miqdori mos kelmaydigan so‘zlaming tagiga chizish; matndagi so‘zlar tarkibida uchraydigan o‘qilish qoidalarini guruhlash (mas. o‘qilmaydigan harfli so‘zlar, harf birikmali so‘zlar, tovush-harf miqdori to‘g‘ri keladigan so‘zlar va h.k.); bir tovush bir necha harf va harf birikmalari orqali berilishiga matndan misollar topish; o‘xshash morfemali so'zlami matndan ko‘chirish; falon tovushni o‘z ichiga oladigan so‘zlami (qirqma alifbodan foydalanib) tuzish. Diktant yozish Maktab sharoitida quyidagi diktant turlari o‘tkaziladi: eshituv, ko'ruv, ogohlantiruvchi diktantlar. Eshituv diktantida oldin o‘rganilgan material aytib turib yozdiriladi. Unda tovush-harf munosabati mustahkamlanadi.
Ko‘ruv diktantida sinf doskasida yozilgan gaplar o‘qiladi, ular o‘chiriladi. So‘ngra muallim aytib turadi. Yoddan yozishadi. Har ikkala diktant xususiyatini o‘zida mujassamlashtirgan ko‘rav-eshituv diktanti chog‘ida bir yo‘la sinf doskasi va daftarlarga yozib boriladi. 0‘quvchilar daftarlaridagi yozuvlarini solishtirishadi va xatolarini to‘g‘rilab, tahlil qilishadi. Ogohlantiruvclii diktant o‘tkazishda muallim awalo qiyin orfogrammalami sinf doskasiga yozib tushuntiradi, o‘chiradi, so‘ngra, ularni aytib turib. yozdiradi. Bulardan tashqari yana yod olingan material (parcha, she’r)ni mustaqil yozish diktanti amalda qo‘llanadi. Imlosi qiyin so‘zlarni o‘quvchilar, odatda, o‘zlariga „qulay qoidalar“ yordamida o‘qib-yozadilar. Metodistlar eksperimentlari ushbu o‘qish-yozishni tartibga solib, amalda istifoda qilishni tavsiya etishgan1. Qiyin imloli so'zlarni orfografik aytish,o‘qish orqali o‘rganiladi. Texnikaviy mashqlar orasida husnixatni o‘rgatishga doirlari ham bajariladi: qo‘l harakatini o‘rganish; namunaga binoan harf qismlarini yozish; harfni bir necha qator yozish; matnni (parchani) chiroyli qilib ko‘chirish; aralash berilgan harflarni juftlari bilan yozish; bosma harfning yozma shaklini yozish; bosma matnni harflar bilan ko‘chirish va h.k. Yozish texnikasi mashqlarini bajarishda ko‘chirish, tagiga chizish, to‘ldirish, tasniflash (guruhlarga ajratish), tahlil, xatolarni tuzatish kabi ish turlari o‘mi bilan keng qo‘llaniladi. Imlo mashqlarini keragida sodda qoidalar ko'magida o‘tkazish ham yaxshi samara beradi. Imlo ko‘nikmasining shakllanishi yozma nutq muvaffaqiyati garovidir. 0 ‘quvchilar ma’lum darajada texnikaviy ko‘nikmani va til materialini (lisoniy ko‘nikmalami) egallagandan so‘ng yozma nutq mashqlarini bajara boshlashadi.


Yüklə 86,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin