O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


 Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

2.6. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish: 
-  davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorli-gini oshirish; 
advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqishda 
advokatlarning ro-lini oshirish; 
notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish. 
3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari 
3.1.  Makroiqtisodiy  barqarorlikni  yanada  mustaxkamlash  va  yuqori  iqtisodiy  o‘sish  sur’atlarini 
saqlab qolish: 
makroiqtisodiy  mutanosiblikni  saqlash,  qabul  qilingan  o‘rta  muddatli  dasturlar  asosida  tarkibiy  va 
institutsional  o‘zgarish-larni  chuqurlashtirish  hisobiga  yalpi  ichki  mahsulotning  barqaror  yuqori  o‘sish 
sur’atlarini ta’minlash; 
xarajatlarning  ijtimoiy  yo‘naltirilganini  saqlab  qolgan  holda  Davlat  budjetining  barcha  darajalarida 
mutanosiblikni  ta’minlash,  mahalliy  budjetlarning  daromad  qismini  mustahkamlashga  qaratilgan 
budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; 
soliq  yukini  kamaytirish  va  solivda  tortish  tizimini  soddalashtirish  siyosatini  davom  ettirish,  solik 
ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengay-tirish; 
ilg‘or  xalqaro  tajribada  qo‘llaniladigan  instrumentlar-dan  foydalangan  holda  pul-kredit  siyosatini 
yanada  takomillashti-rish,  shuningdek,  valyutani  tartibga  solishda  zamonaviy  bozor  me-xanizmlarini 
boskichma-boskich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash; 


bank  tizimini isloh  kilishni  chuqurlashtirish  va  barqarorligini ta’minlash,  banklarning  kapitallashuv 
darajasi  va  depozit  bazasini  oshirish,  ularning  moliyaviy  barkarorligi  va  ishonchliligini  mustahkamlash, 
istikbolli  investitsiya  loyihalari  hamda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlarini  kreditlashni 
yanada kengaytirish
sug‘urta,  lizing  va  boshqa  moliyaviy  xizmatlarning  hajmini  ularning  yangi  turlarini  joriy  qilish  va 
sifatini  oshirish  hisobiga  kengaytirish,  shuningdek,  kapitalni  jalb  qilish  hamda  korxona,  mo-liyaviy 
institutlar  va  aholining  erkin  resurslarini  joylashtirishdagi  muqobil  manba  sifatida  fond  bozorini 
rivojlantirish; 
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy 
institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom 
ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin