O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


  Iqtisodiyotda  davlat  ishtirokini  kamaytirish,  xususiy  mulk  huquqini  himoya  qilish  va  uning



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

3.4.  Iqtisodiyotda  davlat  ishtirokini  kamaytirish,  xususiy  mulk  huquqini  himoya  qilish  va  uning 
ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga 
qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish: 
-  xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya kilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va 
kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar 
xalq boy bo‘lsa, davlat xam boy va kuchli bo‘ladi», degan tamoyilni amalga oshirish
-  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  keng  rivojlantirish  uchun  qulay  ishbilarmonlik  muhitini 
yaratish, tadbirkorlik tuzil-malarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari 
tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish; 
-  davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, 
xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  ustav  jamg‘armalarida  davlat  ishtirokini  kamaytirish,  davlat  mulki 
xususiylashtirilgan  obyektlar  bazasida  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  uchun  qulay  shart-sharoitlar 
yaratish; 
investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iktisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng 
avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xo-rijiy investitsiyalarni faol jalb qilish; 
korporativ  boshqaruvning  zamonaviy  standart  va  usullarini  joriy  etish,  korxonalarni  strategik 
boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish; 
tadbirkorlik  subyektlarining  muhandislik  tarmoqlariga  ula-nishi  bo‘yicha  tartib-taomil  va 
mexanizmlarini takomillashtirish va soddalashtirish
mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  jarayonlarini  tartibga  solishda  davlat  ishtirokini 
kamaytirish,  davlat  boshqaruvi  tizimini  markazlashtirishdan  chiqarish  va  demokratlashtirish,  davlat-
xususiy  sheriklikni  kengaytirish,  nodavlat,  jamoat  tashkilotlari  va  joylardagi  o‘zini  o‘zi  boshkarish 
organlarining rolini oshirish. 
3.5. Viloyat, tuman va shaxarlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning 
mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish: 
-  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish 
uchun  har  bir  hududning  tabiiy,  mineral-xomashyo,  sanoat,  qishloq  xo‘jaligi,  turistik  va  mehnat 
salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash; 
-  hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish, rivojlanish 
darajasi nisbatan past bo‘lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo‘li 
bilan  jadal  rivojlantirish  hisobiga  mintakalar  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  darajasilagi  farqlarni 
kamaytirish; 
yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, 
yirik xo‘jalik birlashma-larining mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni 
jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish; 
sanoat  va  xizmatlar  ko‘rsatish  sohasini  jadal  rivojlantirish  hisobiga  subvensiyaga  karam  tuman  va 
shaharlarni kamaytirish va mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish
sanoat  korxonalari  va  boshqa  ishlab  chikarish  obyektlarini  joy-lashtirishga  qulay  shart-sharoitlar 
yaratish,  xususiy  tadbirkorlikni  keng  rivojlantirish  hamda  aholining  turmush  sharoitini  yaxshilash 
maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tarmokdarini 
yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin