59
3.3. Jahon xo„jaligining transmilliylashuvi
Iqtisodiy globallashuv (baynalminallashuv, jahon xo‗jaligiga integratsiya)
deganda jahon iqtisodiyotiga nisbatan global iqtisodiyotning ilgarilab boruvchi
o‗sishi tushuniladi. Agar xalqaro savdo va xalqaro kapital, ishchi kuchi va bilimlar
harakatining o‗sish sur‘atlari jahon iqtisodiyotining o‗sish sur‘atlaridan yuqori bo‗lsa,
iqtisodiy globallashuv jarayoni rivojlanmoqda deyish mumkin.
Iqtisodiy globallashuvni shuningdek, milliy iqtisodiyotlarning tobora ochiq
iqtisodiyotlarga aylanish jarayoni sifatida ta‘riflash mumkin. Bu pirovardida jahon
iqtisodiyotining yagona mahsulotlar va resurslar bozoriga aylanishiga olib kelishi
mumkin.
Transmilliy korporatsiyalar globallashuvning asosiy harakatlantiruvchi kuchi
bo‗lib hisoblanadi. Barcha eng yirik kompaniyalar amalda ularga aylanib bo‗ldi,
chunki ular tovarlar va xizmatlar eksportidan tashqari odatda, chet elda ushbu
mahsulotni ishlab chiqarish bilan ham faol shug‗ullanadilar. TMKlar chet eldagi o‗z
investitsiyalari (to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar – TXI) orqali qiymat
zanjirlarining yaratuvchilari hisoblanib, ularda har xil ishlab chiqarish turlari turli
mamlakatlar bo‗yicha joylashtirilgan. TMKning bir ko‗rinishi sifatida transmilliy
banklar, nafaqat nomoliyaviy TMKlarni ularning chet eldagi faoliyatiga hamrohlik
qiladilar, balki shuningdek, mamlakatlar orasida ulkan qimmatli qog‗ozlar va
kreditlar oqimini ko‗chirib, globallashuvda katta mustaqil o‗ringa ega bo‗ladi.
TMKning iqtisodiy globallashuvda ishtirok etishi transmilliylashuv deb ataladi.
BMT ekspertlarining fikricha transmilliy korporatsiyalar (TMK) ―jahon
mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishidagi asosiy dvigatellari‖ dan biri bo‗lib
hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalarning asosiy qismi
AQSH, YI davlatlari va Yaponiyada joylashgandir. Rossiyalik iqtisodchilar, odatda,
quyidagi ta‘riflarni beradilar: transmilliy korporatsiyalar - bu xorijiy aktivga ega
bo‗lgan milliy monopoliyalardir. Ularning ishlab chiqarish va savdo-sotiq
faoliyatlari bir davlat chegarasidan chiqib ketadi. Jahon iqtisodiyotida kuchli ishlab
chiqarish bazasiga ega bo‗lgan transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqarishni, tovar
bozorlarini samarali rejalashtirishni ta‘minlovchi ishlab chiqarish-savdo siyosatini
60
yurgizadilar. Rejalashtirish bosh kompaniya doirasida amalga oshiriladi va sho‘ba
korxonalariga tarqatiladi. TMK iqtisodiyotining shakllariga ko‗pincha quyidagilar
kiritiladi:
- litsenziya berish;
- franchayzing;
- boshqaruv shartnomalari;
- texnik va marketing xizmatlarni ko‗rsatish;
- korxonalarni ―kalit ostida‖ topshirish;
- vaqt bo‗yicha cheklangan qo‗shma korxonalar tuzish haqidagi shartnomalar va
alohida operatsiyalarni amalga oshirish bo‗yicha kelishuvlar va boshqalar.
Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati. Chet el investitsiyalari –
kapital eksport qiluvchi mamlakatlarning importyor mamlakatlarning iqtisodiy
sub‘ektlari hamda qo‗shma korxonalarning real va moliyaviy aktivlariga kiritgan
mablag‗lardir. Chet eldan investitsiyalash kapital oqimining bir iqtisodiyotdan
boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni yanada foydaliroq shartlarda
joylashtirish va investitsiyalar chet ellik kapital egasiga qaytishiga qadar nisbatan
uzoq vaqt davomida mablag‗lar oqimini ta‘minlash maqsadlarini nazarda tutadi.
Ularga oqib o‗tish, qochish, ya‘ni mamlakatlararo ko‗chib yurish xosdir. Chet el
investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli ravishda mamlakat, valyuta,
milliylashtirish, rekvizitsiya kabi qo‗shimcha tavakkalchilikka to‗qnashish ehtimoliga
ega bo‗ladi. Demak, chet el investitsiyalarining risk doirasi ancha kengdir. Xorijiy
investitsiyalar kapitalni qulayroq joylashtirish hamda uzoq muddat davomida undan
foyda ko‗rish maqsadida eksport qiluvchi mamlakatlarning kapital qabul qiluvchi
mamlakatlarning real va moliyaviy aktivlariga qo‗yilishini bildirgan holda bir
iqtisodiyotdan ikkinchisiga o‗tayotgan kapital oqimidir. Xorijiy investitsiyalarning
o‗ziga hos xususiyatlaridan biri ularning mamlakatlararo ko‗chishi, faqat o‗z
maqsadini ko‗zlashi, amal qilish sharoitlarining o‗zgarishi, ancha qulay shartlar bilan
qo‗yilishi, ishonch qozonishi hisoblanadi.
61
Tayanch so„zlar: Baynalminallashuv, transmilliylashuv va globallashuv,
xalqaro savdo, tashqi iqtisodiy aloqalar, xalqaro migratsiya, ishlab chiqarish, xalqaro
mehnat taqsimoti, xalqaro ishlab chiqarish.
Dostları ilə paylaş: |