129
Yuqorida ko‗rsatilgan birja savdosida uchrashi mumkin bo‗lgan risklardan
tashqari unda (bozorning hisob-kitob va depozitariy tizimlari yaxShi rivojlanmagan
bo‗lsa) kliring va qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq hisob-kitoblar jarayonida vujudga
keluvchi risklar ham mavjud bo‗lishi mumkin. Bunday risklarga (ularning kelib
chiqish manbalariga qarab) quyidagilarni kiritish mumkin.
Likvidlilik riski(ingl,
liquidity risk) – qimmatli qog‗ozlar sifatini baholashdagi
o‗zgarishi tufayli ularni sotish chog‗ida paydo bo‗luvchi yo‗qotishlar bilan bog‗liq
risk.
Yyyetkazib berilishi riski – savdo sodir bo‗lganidan keyin sotuvchidagi
qimmatli qog‗ozlarni haridorga o‗z vaqtida yyetkazib bermaslik riski.
Operatsion risk – savdo vaqtida kompyuter tizimidagi nosozliklar yoki birja
personali ishini past sifati evaziga sodir bo‗ladigan yo‗qotishlar bilan bog‗liq risk.
Kliring riski – savdo vaqtida kliring tizimidagi kamchiliklar va hisob-kitob
texnologiyasini buzish evaziga sodir bo‗ladigan yo‗qotishlar bilan bog‗liq risk.
Qoplash bo„yicha zarar ko„rish riski (ingl,
replacement cost risk) – uchinchi
shaxslar oldidagi majburiyatlarni savdo jarayonida sotuvchiga tegishli pul
mablag‗larni ololmaganligi evaziga qoplay olmaslik riski.
Qarzning asosiy summasini yo„qotish riski (ingl,
principal risk) – savdo natijasi bo‗yicha
bir vaqtning o‗zida sotilgan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha pul to‗lovi va ularni haridorga
yyetkazib berilmaslik evaziga sodir bo‗luvchi yo‗qotishlar bilan bog‗liq risk. Bunday
risk sotuvchining to‗lov qobiliyatini yo‗qotishi holatida ro‗y berishi mumkin. Bu risk
―to‗lov natijasiga ko‗ra yetkazish‖ tamoyili asosida yo‗qotilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: