148
kuzatuv kengash‖ bo‗lib, u yagona va bosh regulyator hisoblanadi). Bunga
qaramasdan, Komissiya rasmiy ravishda bosh regulyator hisoblanadi.
Ammo, Germaniyada bozorning professional qatnashchilari banklar bo‗lgani
uchun, bozorni tartiblashtirishda asosiy rolni ―Banklar ustidan Federal nazorat
palatasi‖ o‗ynaydi. Aynan shu federal organ fond bozorining barcha qatnashchilari
faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. shunga o‗hShash banklarning
regulyativ organi (Bank inspeksiyasi) shvetsiyada mavjud bo‗lib, bu organ qimmatli
qog‗ozlar bozorida yagona va bosh regulyator hisoblanadi.
Shunday qilib, Germaniyada biramasiga bir nechta regulyator mavjud.
Hozirda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya va ba‘zi boshqa
davlatlarning qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirish organlari vakillari
tomonidan qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq operatsiyalar ustidan nazorat qilish
bo‗yicha millatlararo organ tuzish masalasi ko‗rilmoqda, ajab emas yaqin kelajakda
bunday xalqaro regulyator paydo bo‗ladi.
Bu borada xalqaro tashkilotlarning xizmati katta (6.5 paragrafga qaralsin).
Misol tariqasida MVF, Jahon banki, XMK, IOSCO, IHRT (6.5 paragrafdagi Xalqaro
o‗ttizlik guruhi tavsiyalariga qaralsin).
Bunda IOSCO tashkiloti tomonidan tavsiya qilingan regulyatorlarning
ikkilamchi bozorlarga nisbatan qo‗yiladigan talablarini keltirish o‗rinli24.
Ko‗rinib turibdiki, bu talablarning barchasi savdo tizimlarida transparentlik,
samaralilik, ishonchlilik va risksizlilik darajasini oshirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: