191
Fond birjalari o‗zini o‗zi tartibga soluvchi tashkilotlar jumlasiga kiradi. Bu
shuni anglatadiki, birjalar qimmatli qog‗ozlar bilan birja savdolari qoidalarini,
birjaning tarkibiy tuzilmalari, ularni a‘zolarining ishini tartibga soluvchi hujjatlarni
mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biroq bularning barchasi qimmatli
qog‗ozlar bozori to‗g‗risidagi amaldagi qonun hujjatlari doirasida amalga oshirilishi
lozim. Xususan, birja operatsiyalarining qoidalari majburiy tartibda qo‗yidagi
ta‘riflarni nazarda tutishi kerak:
5. muayyan birjada qimmatli qog‗ozlar bilan savdo–sotiq qilish tamoyillari;
6. birja savdolari ishtirokchilarining tarkibi va ularga nisbatan qo‗yiladigan
talablar; birja yig‗ilishlarining joyi va yili haqida axborot;
7. qimmatli qog‗ozlarning birja savdolariga ruxsat etilishi tartibi;
8. birja bitimlari;
9. mijozlarning brokerlarga topshiriqnomalari (buyruqlari)ning turlari;
10. savdolarni tashkil etish;
11. bitimlarni ro‗yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi;
12. bitimlarni tuzishda foydalaniladigan shartnomalar, arizalar, hisobotlar,
xabarnoma shakllari va boshqa birja hujjatlarining namunalari.
Dostları ilə paylaş: