204
- Xalqaro kapital qo‗yilmalar sohasidagi menejerlar ularning qimmatli
qog‗ozlari maksimal foyda keltirishini doimiy kuzatib turgan holda, qimmatli
qog‗ozlarni bir valyutadan boshqasiga o‗tkazadilar.
- Markaziy banklar mamlakat xorijiy valyutasining asosiy egasi hisoblanadi va
zarurat tug‗ilgan hollarda mamlakat hukumatini moliyalashtiradi. Markaziy banklar
milliy valyuta qiymatining tebranishlarini yumshatish maqsadida ko‗pincha valyuta
birjasida vositachi sifatida qatnashadi, ba‘zida esa milliy valyutaning qadrsizlanishi
bilan bog‗liq salbiy jarayonlarni ortga qaytarishga harakat qiladi.
Valyuta bitimlari bilan birja operatsiyalari orasida AQSH dollari bilan
operatsiyalar eng katta hajmga ega. Iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan
mamlakatlarnning valyutalari konvertatsiyalanadigan valyuta deb ataladi va butun
dunyoda faol qo‗llanadi. Qisman konvertatsiyalanadigan valyutalar jahon
iqtisodiyotiga jalb etiladi, faqat milliy bozordan tashqarida o‗ta cheklangan hajmda.
Konvertatsiyalanmaydigan valyutalar hukumat tomonidan nazorat qilinadi, bunday
valyutalarni sotish yoki juda cheklangan, yoki umumna taqiqlangan bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: