O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Jamoa – shaxs ahloqiy kamolatining asosi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə37/47
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#41731
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Jamoa – shaxs ahloqiy kamolatining asosi.

Jamoa so‘zi lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, omma, birlashma, yig‘ilma, guruh ma’nolarini anglatadi. Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, jamoa bu kishilardan iborat guruh demakdir. SHaxsni shakllantirishda jamoaning etakchi ahamiyati to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davridanoq bildirilgan.

Kishilarning jamiyatda birga yashashi, o‘zaro bir-birini qo‘llab-quvvatlashi, ozchilikdan-ko‘pchilikning afzalligi haqida payg‘ambarimiz S.s.a.v.ning hadislarida: «Ikki kishi bir kishidan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to‘rt kishi uch kishidan yaxshi, ko‘pchilik bilan birga bo‘linglar. Tangri ummatlarini faqat to‘g‘ri yo‘lda borishlikka birlashtiradi», - deyilgan. Kishilarning boshiga yaxshi kun ham, yomon kun ham tushganda albatta xal, qarindosh-urug‘ madadkor bo‘ladi. Buni biz uruf-odatlarimizda ko‘rishimiz mumkin. M: hasharotlar, to‘yga to‘yona bilan kelish va hakazo.

SHaxsni shakllantirishning muhim omillari bo‘lgan jamoa to‘g‘risidagi ta’limot ahloq tarbiyasida muhim o‘rinni egallaydi. Buning uchun bolalarni asta-sekin, avval bir necha kichik-kichik guruhlarda uyushtirib, so‘ng birgalikda Biron ishni bajarishga tortish kerak. Bunda qo‘yilgan maqsad bolalarga tushunarli bo‘lishi kerak. Umumiy ish har bola ozgina bo‘lsa ham ishtirok etadigan qilib tashkil etilishi lozim. Bunday xususiyatlarni tarbiyalashda san’at, bolalar bayramlari, birgalikdagi mehnat va faoliyatlarning tutgan o‘rni kattadir.

Bolalar o‘yinlari va mehnatining jamoa tusida bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Bular bolalarni birga xarakat qilishga, o‘z intilishlarini umumiy maqsadga yo‘naltirishga, o‘z ishini va maqsadini boshqarish ishi va xarakatiga bo‘y sungan holda boshqarishga o‘rgatadi.

Bola yoshligan boshlab, o‘zida boshqalar bilan bolalar jamoasi bilan muloqotda, birgalikda bo‘lishga ehtiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani o‘zi tanlay olmaydi. U biron jamoaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi. YAshab turgan joydagi yoki ota-onasini ish joyidagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnay boshlaydi. Bu muassasalarga bola o‘z xoxishi bilan bormaydi. SHunga qaramay bola bu jamoaning qonun-qoidalariga bo‘y sunishi, uning tartiblariga rioya qilishi shart. Aks xolda uni jamoa kechirmaydi. Natijada bola o‘zi yashayotgan ahloq,, odob tadribalarini egallashga majbur bo‘ladi. SHuning uchun buyuk mutafakkir A.Navoiy bola yoshligidan oqil va fozil kishilar jamoasida qatnashib, ularning suhbatlaridan baxramand bo‘lishlarini tavsiya etadi.

Bolalar o‘zaro yashayotgan jamoaga bo‘lgan munosabatiga qarab bir necha guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh ijobiy xulqli bolalar bo‘lib, ularni jamoa a’zolari xurmat qiladilar. Bu toifadagi bolalar jamoasining faollari bo‘lib, tarbiyachi jamoa munosabatlarini o‘rnatishda ularga suyanadi.

Ikkinchi guruhga kiruvchilar faollar tashabbusiga qo‘shiladi, ammo barqaror bo‘lishadi.

Uchinchi guruhdagilar tortinchoq bo‘lib, o‘yinda qatnashmaydi, mashg‘ulotlarida ham sust bo‘lishadi, bunday bolalarga alohida e’tibor va yordam berish zarur.

Tarbiyachining har bir bolaga nisbatan diqqat e’tiborli bo‘lishi va pedagogik sharoit bilan yondashishi talab etiladi.

Jamoatchilikning tarbiyalash jarayonida ahloqiy sifatlarni takomillashtirish.



    1. Yüklə 0,74 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin