O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə34/47
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#41731
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

9.BOB. Ahloqiy tarbiya
9.1 Ahloqiy tarbiya
Ahloq so‘zi lotincha «moros», ya’ni moral, mantiq so‘zidan kelib chiqib, u hech qaerda qa’tiy yozib qo‘yilmagan ijtimoiy qonundir. Inson kundalik hayotida undan (ahloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Ahloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo‘ladi Ahloqiy tarbiyada kishi ahloqiy bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o‘zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar ahloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Ahloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy motivlar shakllangan bo‘ladi. Bu motivlar esa o‘sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag‘batlantiradi. YOsh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, ahloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Ahloqiy bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina o‘quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Ahloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasi turlichadir. Jumladan: 1. Ahloqiy onglilik, 2. Ahloqiy qadriyatlar, 3. Ahloqiy his-tuyg‘ular.

Ahloq ijtimoiy ong shakllanishidan biri bo‘lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo‘lgan ma’lum xatti-harakat qoidalari yig‘indisidir.

Ahloq odamlarning bir-biriga. jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo‘ladi.

Ahloq - kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo‘lsa, odob-shaxsning ko‘zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlarida namoyon bo‘ladi.

Qadimgi faylasuflar-u, donishmandlar ijodida odob-ahloq malasalari markaziy o‘rinni egallab kelgan. Ular ahloq-odobni jamiyatning «poydevori» deganlar. SHuning uchun jamiyatning har bir a’zosining xulqi-odobiga alohida e’tibor bilan qaraladi.

Muqaddas Qur’oni Karimda va payg‘ambarimiz Muhammad Alayhissalomning xadislarida insoniy ahloq-odobning barcha qirralarida ifodasini topgan.

Quyidagi hadislarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin:

«Farzandlaringiz izzat-ikrom qilish bilan birga ahloq-odobini ham yaxshilangizlar».

«Men barcha yaxshi ahloqni takomillashtirish uchun yuborilganman».

«Mo‘min kishida quyidagi ikki xislat bo‘lmasligi kerak: baxillik va ahloqsizlik».

Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud Ahloq» kitobining «Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to‘g‘ri so‘zlikni insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola tarbiyasida o‘sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alohida e’tibor beriladi.

A.Navoiy ijodida ham ahloq-odob masalalariga katta ahamiyat berilgan.

«Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog‘idir» - deydi mutafakkir A.Navoiy.

A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, ahloqqa oid g‘oyalar ilgari surilgan. Insonparvarlik g‘oyalari ulug‘langan.

Pedagogika fani yosh avlodni ahloqiy rivojlanishida tarbiya va ta’limni muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhiyatga oid tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, maktabgacha tarbiya davri bolaning ma’naviy shakllanashida eng muhim bosqichidir. SHu davrda ma’lum maqsadga tilgan ta’lim-tarbiya ta’sirida shaxsning ahloqiy sifatlari shakllana boshlaydi. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shakli yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo‘ladigan munosabatlarida egallab olgan ahloq normalariga asoslangan xolda ish tutadigan bo‘lib qoladi. SHuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab ahloqiy tarbiya berish borish muhimdir.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin