O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta’lim berishning o‘ziga xosligi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə32/47
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#41731
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

8.4 Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta’lim berishning o‘ziga xosligi.
Ta’lim – maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatlarining muntazam – rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog‘chasi tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta’lim etakchi rol o‘ynaydi. CHunki u ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim – bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning singchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. Bog‘chada bolalarga madaniy – gigienik ko‘nikmalar, asosiy xarakatlar o‘rgatiladi, ular madaniy ahloqiy qoidalarini o‘zlashtirib oladilar.

Ta’lim jarayonida bolalarda o‘quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi.

Ta’limni ikki yo‘l bilan amalga oshirish muvofiqdir:

Birinchi yo‘l - bolalarni bilim, malaka, ko‘nikmalarni kattalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi orqali egallab borishidir. Bu muomala mehnat faoliyati vash u kabilar bilan belgilanadi.

Ikkinchi yo‘li – maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus o‘quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan rejali ravishda xabardor bo‘lib borishidir. Bunday yo‘l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bo‘lgan Fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.





    1. Yüklə 0,74 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin