Har bir guruhga tegishli vazifalar alohida-alohida aytiladi. (bular ijodiy
daftarda ishlash, diafilmlar tuzish, matndan bosh g‘oyalarni ajratib yozish,
70
Nima sizga yoqmadi, siz qanday bo‘lishini xohlar edingiz?
Demak dars yakunida ertak g'oyasiga mos shunday xulosaga kelinadi:
„Boshingga qilich kelsa ham to'g'ri gapir". O'quvchilar ushbu maqol mazmunini
tushunib olishsa, o'zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari
mumkin.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o'rganish darslarining
qurilishi quyidagicha bo'lishi mumkin:
Ertak bilan tanishtirish:
O'quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
O'qituvchining ertakni ifodali o'qishi, yod aytib berishi va hokazo.
Ertakni o'quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash
maqsadida qisqacha suhbat o'tkazish;
Ertakni qismlarga bo'lib o'qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy
vositalar, ma'nodosh so'zlarni topish, lug'at ishi (ayrim so'zlar ma'nosini
tushuntirish);
Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o'qish);
Ertakni so'zlab berish;
Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g'oyasini ochish);
Ma'lum topshiriq asosida ertakni qayta o'qish (ijodiy va mustaqil
ishlar);
Vazifani tekshirish va yakunlash;
Uyda ertakni o'qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.
Dostları ilə paylaş: