2.1. Fanning mazmuni Fanni o‘qitish maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad – zamonaviy mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlar asosida avtomatlashtirish va boshqaruvning mikroprotsessorli vositalari va sistemalarini loyixalash va tadbiq etish bo‘yicha ko‘nikmalarni xosil kilishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarga mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlarning tuzilishi, ishlash prinsiplari va ular asosida avtomatlashtirish va boshkaruvning mikroprotsessorli qurilma va sistemalarini yaratish usullarini o‘rgatishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
«Avtomatlashtirishning mikroprotsessorli vositalari» o‘quv fanini o‘zlashtirish jaroayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
mikroprotsessorlarning hozirgi zamon o‘lchash qurilmalari, kimyo va oziq-ovqat sanoatida texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda va boshqarishda qo‘llash imkoniyatlari, fanning asosiy muammolari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
mikroprotsessorlar (MP), mikrokontrollerlar va mikroprotsessor komplektlari (MPK) buyicha asosiy tushuncha, atama va ta’riflarini;
mikroprotsessorlar, mikrokontrollerlar va mikroprotsessorli qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinsiplarini;
mikroprotsessorli vositalarning asosiy tashkil etuvchilarini belgilash usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirishda mikroprotsessorlar va mikroprotsessorli majmualarni ishlatish;
2.2. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) Fan tarkibi mavzulari:
1-ma’ruza. Kirish.
Mikroprotsessorlar (MP) va mikrokontrollerlar (MK). MPli nazorat qiluvchi, boshqaruvchi qurilmalar va sistemalar haqida umumiy tushunchalar. Mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlarning rivojlanish tarixi va ularning sinflanishi.