O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə20/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Abu Ali Ibn Sino

Ibn Sino oʻz davri olimlaridan farqli oʻlaroq, chalkash mulohazalar va diniy aqidalar taʻsiriga berilmasdan, faqat tajriba va amaliyotda haqiqiy ilmning obyektiv asosi boʻlishini talqin va targʻib etdi. Sharqda “ash-Shayx” - Donishmand, Ilohiy ustoz yoki “ar-Rais” – Boshliq; koʻproq esa har ikki sifat – “ash-Shayx ar-Rais”, Yevropada Avi­senna nomi bilan mashhur boʻlgan. Uning toʻla ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh as-Hasan ibn Ali ibn Sino boʻlib, 980-yil avgust oyining ikkinchi yarmida (hijriy 370-yil safar oyining boshida) dunyoga keladi.18


U 10 yoshga yetar-yetmas Qurʻon va adab, arifmetika va algebra darslarini oʻqib, toʻla oʻzlashtirib oladi. Uyida yana Abu Abdulloh an-Natiliy rahbarligida mantiq, geometriya va astronomiya fanlarini oʻqiydi. Shu davrda Ibn Sino tabiiy, ayniqsa, fizika va metafizika fanlarini ham oʻrgana boshlaydi.
Olim Aristotelning “Metafizika”sini (“Mo baʻda at-tabia”) oʻrganish jarayonida kutilmagan qiyinchilliklarga duch keladi. Biroq yosh Ibn Sino kitob bozorida 3 dirhamga sotib olgan Abu Nasr Forobiyning “Metafizika” asarini sharhlab beruvchi risola - falsafiy asarini mutolaa qilgandan keyin uning nozik tomonlarini oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi.
Ibn Sino 17 yoshidayoq Somoniylar davlati boshliʻgi Nuh Ibn Mansurni davolaydi va evaziga Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. 997-yilda Abu Rayhon Beruniy bilan ilmiy munozaralarda Ibn Sino Aristotel fizikasining bilimdoni emas, balki himoyachisi ekanligini isbotladi. 1002-yilda Ibn Sino Urganchga ketadi, 1008- yildanIbn Sinoning darbadarlik hayoti boshlandi. Ibn Sino taxminan 1010-yilda Xorazmdan maxfiy ravishda chiqib Xuroson tomon yoʻl oladi. Xurosondagi chegara shahar Gurgonda “Tib qonuni” ning I qismini yozishga kirishadi. Bu kitobida olim asarlari arab tiliga tarjima qilingan yunon va rimlik tabiblardan Gippokrat (eramizgacha 460-355-yy.), I asrda yashagan Dioskorid, Jolinus (Galen, 129-20- yy.), Oribaziy (325-402- yy.), Pavel (615-690-yy.)lar haqida batafsil maʻlumotlar keltiradi. Bu yerda oʻzining ilmiy ishlari va tabiblik faoliyatini boshlab yuboradi.
1014-yili Ibn Sino Gurgonni tark etadi va bir muddat Ray, Qazvin shaharlarida turadi. Taxminan 1014-1015-yillarda u Hamadonga keladi va buvayqiylar hukmroni Shams-ud-Davla (997-1021-yy.) xizmatiga kiradi.Davlat ishlari bilan band boʻlishiga qaramay mashhur falsafiy qomusi “Kitob ash-shifo” ni (1015-1024-yillar) yozishga kirishadi. 1023-1024-yillarda Ibn Sino Isfaxon shahriga koʻchadi va “Ki­tob ash-shifo” ni shu yerda tugatadi. “Kitob ash-shifo” 4 qismdan iborat: 1. Mantiq. 2. Tabiiy fanlar (bu qismda minerallar, oʻsimliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohida-alohida boʻlimlarda gap yuritiladi). 3. Matematika, yaʻni riyoziyot ilmlari (bunda arifmetika, handasa, astro­nomiya va musiqa fanlari haqida bahs borali). 4. Metafizika yoki ilohiyot.

Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin