TRANSFORMATORLARNING ISh REJIMLARI Transformatorning salt ishlashi Agar transformatorning birlamchi chulg`ami sinusoidal kuchlanish (i= UIm sIn w t) ga ulansa, lekin ikkilamchi chulg`am qismalariga iste’molchi ulanmasa, bunda transformator salt ishlaydi. Bunda transformatorning ikkilamchi chulg`ami qismalari ochiq holda qoladi, ya’ni ikkinchi chulg`am toki I2 = 0 bo`ladi (3.1.–rasm).
T ransformatorning salt ishlashi o`zgaruvchan tok zanjiriga ulangan ferromagnit o`zakli g`altakning ishlashidan farq qilmaydi. Transformator salt ishlaganda uning birlamchi chulg`am toki IIsalt ishlash toki deyiladi. Salt ishlash tokini Io bilan belgilaymiz, ya’ni bunda I1 = I0bo`ladi.
Transformator salt ishlaganda birlamchi chulg`am toki, ya’ni salt ishlash toki Io birlamchi chulg`amning magnitlovchi kuchi Io w1 ni hosil qiladi. Bu magnitlovchi kuch transformatorning asosiy magnit oqimi F ni hosil qiladi. Asosiy magnit oqimning maksimal qiymatini magnit zanjiri uchun Om qonuni asosida quyidagicha aniqlanadi:
(3–6)
bu yerda Rt - transformator ferromagnit o`zagining magnit qarshiligi.
Magnitlovchi kuch Io • w1asosiy magnit oqimi F ni hosil qiladi. Magnit oqimining qiymati U1 (U1 E1 ) birlamchi chulg`am o`ramlari soni w1 ga va chastotaga bog`liq bo`ladi, ya’ni . Magnit oqimi transformator chulg`amlarida Ye1va Yegasosiy va sochilma EYuK Yes1ni hosil qiladi. Oqimning bir qismi qisman birlamchi chulg`am o`ralgan sterjenь (o`zak) va havo bilan qurshaladi. Bu oqimni birlamchi chulg`amning sochilma oqimi deyiladi va FsI bilan belgilanadi. Sochilma magnit oqimining qiymati juda kichkina bo`ladi, asosiy magnit oqimi F ning bir necha protsentinigina tashkil qiladi. Sochilma magnit oqimi birlamchi chulg`amda sochilma EYuK YesIni hosil qiladi. Sochilma EYuK ning qiymati birlamchi chulg`amning sochilma induktiv qarshiligida kuchlanish pasayishi bilan e’tiborga olinadi, ya’ni Yes1=-jÈ2 = Ù2I0x1. Transformator salt ishlaganda ikkilamchi chulg`am kuchlanishi (U2) ikkilamchi chulg`am EYuK Yeg ga teng bo`ladi, ya’ni È2 = Ù2. Salt ishlash sharoitida transformatorga tarmoqdan beriladigan kuchlanish, asosan, birlamchi chulg`amda hosil bo`ladigan o`zinduktsiya EYuK Ye1bilan hamda juda oz qismi, birlamchi chulg`amning aktiv va induktiv qarshiliklarida kuchlanishning pasayishi (Ì0R1 va jÌ0x1) bilan muvozanatlashadi. Shunday ekan, transformatorning` salt ishlashi uchun EYuK lar va t o k l a r t ye n g l a m a s i n i quyidagicha yozish mumkin:
Ù 1 = (È1) + j I0x1. + Ì0R1
Ù2= È2, (3-7)
Ì1 = Ì0 E ndi transformatorning salt ishlash rejimi uchun vektor diagrammasini quramiz. Vektor diagrammani qurishda vektorning uchi va oxiri tushunchasi kiritiladi. Odatda, vektorning yo`nalishini ko`rsatuvchi tomoni uning oxiri, vektor boshlanadigan nuqta uning boshi deb qabul qilingan. Vektor diagrammani qurishdan oldin unda qatnashuvchi kattaliklar uchun masshtab tanlanadi.
Salt ishlash rejimi uchun vektor diagramma qurishni asosiy magnit oqimi Ft ning vektorini tanlangan masshtabda biror O nuqtadan istalgan yo`nalishda, masalan, gorizontal yo`nalishda chizamiz (3.2.–rasm).
Transformatorlarning salt ishlash toki birlamchi chulg`amning nominal tokiga nisbatan juda kichkina bo`ladi va amalda nominal tokning 2 ... 10% idan oshmaydi.
Salt ishlash toki ikki qismdan iborat bo`ladi: salt ishlash tokining reaktiv qismi IOr va salt ishlash tokining aktiv qismi IOa. Salt ishlash tokining reaktiv qismi transformatorning ferromagnit o`zagida uning magnit oqimini hosil qiladi. Shuning uchun ham tokning bu qismini ko`pincha magnitlovchi tok (Ia) deyiladi. Magnitlovchi tok salt ishlash tokining asosiy qismini tashkil qiladi. Magnitlovchi tokning qiymati transformatorning magnit zanjirini hisoblash yo`li bilan aniqlanadi. Vektor diagrammada esa bu tokning (ya’ni, IOr yoki Ia) vektori magnig oqimi vektori yo`nalishida chiziladi.
Transformator ishlashi uchun salt ishlash rejimida o`zgaruvchan tok manbaidan qandaydir aktiv quvvatni qabul qiladi. Bu quvvat, asosan, magnitlanish protsessiga sarflanadi. Ferromagnit o`zakda magnit oqimi doimo o`zgarib turganligi uchun bu aktiv quvvat qayta magnitlanishga (gisterezisga) hamda uyurma toklar hosil bo`lishiga sarflanadi. Bu quvvat transformatorning po`latida sarflanadigan yoki isrof bo`ladigan quvvat deyiladi. Salt ishlash quvvati, taxminan po`latda isrof bo`ladigan quvvatga teng, ya’ni R0 = ∆rpbo`ladi. Po`latda isrof bo`ladigan quvvat qancha katta bo`lsa, salt ishlash tokining aktiv qismi ham shuncha katta