O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   127
Psixologiya

Ko’rish sezgilari. Inson tomonidan rang va yorug‟likni sezish ko‟rish sezgilari 
tarkibiga kirib, uning organi - ko‟z hisoblanib, u ko‟z soqqasi va undan chiqib 
keladigan ko‟ruv nervlaridan tashkil topgan. 
Insonning hayoti va faoliyatida kurish sezgilarining roli benihoya katta. 
Ko‟rish hodisasini vujudga keltiruvchi fizik sabab har xil uzunlikda bo‟lgan 
elektromagnit tulqinlaridir. Odamning ko‟zi 390 millimikrondan 800 
millimikrongacha uzun elektromagnit tulqinlari taassurotini seza oladi. Ko‟z 
murakkab tuzilgan sezgi a‟zosi bo‟lib, u ko‟z kosasida joylashgan va maxsus ko‟z 
mushaklari yordami bilan har tomonga burila oladi. Ko‟zimizga ko‟rinadigan har 
bir narsaning o‟ziga xos rangi bor. Faqat juda tiniq narsalarning rangi yo‟q, 
shuning uchun ham ular ko‟zga ko‟rinmaydi.
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo‟lib, musiqaviy va shovqinli 
tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, 
ularning birinchisi bir tondan ikkinchisi esa bir necha tonlardan tashkil topadi. Insonlar 
uchun eshitish sezgilari katta ahamiyatga ega, chunki nutqni o‟zlashtirish 
tovushlarni yaxshi eshitish va ularni ajratishga bog‟liq. Ona tilimizda 
ishlatiladigan tovushlarni kichik yoshdan eshitib, ularga odatlanib qolam iz, 
shuning uchun ularni bir-biridan ajrata bilamiz va tug‟ri talaffuz qilamiz. Ammo 
chet tilidagi tovushlarni tez ajrata olmaymiz, ularni talaffuz etishda qiynalamiz, 
chunki ularga qulog‟imiz o‟rganmagan.
Hid bilish sezgilari har qanday narsalarning hidini ongimizda aks ettirish 
demakdir. Odam to‟rt yuz mingga yaqin turli hidni seza oladi. Hid bilish sezgilariga 
hidlarni his qilish kiradi.
Ta’m bilish (maza) sezgilari - shirin, achchiq, nordon, sho‟r singari mazalarni 
his qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiritilgan va kiritilmagan xilma-
xil turlarga ega bo‟lib, narsalarning, moddalarning nomlari bilan yuritiladi: nonning 
mazasi, qovunning mazasi kabilar. Maza va hid sezgilari bir-biriga chambarchas 
bog‟langan bo‟lib, bir-biriga ta‟sir ko‟rsatadi. Qattiq tumov vaqtida ovqatning hidi 
sezilmagani uchun uning mazasi ham yo‟qday ko‟rinadi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin