O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   127
Psixologiya

Teri sezgilari tarkibi tuyish va xarorat turlaridan iborat bo‟lib, ularning bunday 
nomlanishining bosh omili - bu retseptorlarning teri va organizmning tashqi shilliq 
pardalarida joylashganligidir.
Tekkanni sezish yoki taktil sezgilar, terimizga tegib turgan narsani uning 
silliqligini yoki g‟adur-budurligini his etishdir. Harorat sezgisi issiq-sovuqni his 
etish demakdir. Harorat sezgisi harorati har xil darajali buyumlarning terimizga 
bevosita urilib turishidan paydo bo‟ladi. Terimizga tegib turgan buyumning 
harorati, terimizga nisbatan pastroq bo‟lsa - sovuqni, balandroq bo‟lsa - issiqni 
sezamiz. Og’riq sezgilari ichki va tashqi a‟zolarimizda bironta o‟zgarishga bog‟liq 
bo‟lgan xavfli xolatlarni ongimizda aks ettirish demakdir.
Adaptatsiya - (lot. «adapto» - moslanmok)
analizator sezgirligining unga uzoq 
ta‟sir etuvchi qo‟zg‟atuvchi ta‟sirida yoki ular ta‟sirining yo‟qligida o‟zgarishi muhim 


74 
ahamiyatga egadir. Adaptatsiya (moslashish) tufayli analizatorlar tashqi muhitning 
o‟ta o‟zgaruvchi sharoitlariga moslashishi mumkin.
Ko‟rish yoki eshitish sezgisining yo‟qotilganligi ma‟lum darajada 
sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to‟ldiriladi. Sezgi a‟zolari 
sezuvchanligining kuchayish hodisasi ba‟zi maxsus kasblar bilan uzoq vaqtdan bilan 
shug‟ullanadigan shaxslarda kuzatiladi. Bularning xammasi sezgilarimiz hayot 
sharoitlari va amaliy mehnat faoliyati talablari ta‟siri ostida rivojlanishining dalilidir. 
Idrokning umumiy ta`rifi va uning fiziologik asoslari
Idrok - sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‟lib 
hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar xossalar va inson 
ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‟nikmalar bir davrning 
o‟zida namoyon bo‟lad va aks ettirishda ishtirok qiladi.  

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin