O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   127
Psixologiya

1-rasm. 2-rasm. 
Agar diqqatimizni shaklga nisbatan hajman kattaroq bo‟lgan oq fonga qaratsak, 
rasmda bizga qarab turgan ayol yuzini ko‟rishimiz mumkin. 
2-rasm. Ushbu rasmda ham avvalgi rasmda bo‟lgani kabi ikki kishi tasvirlangan. 
Biri – yosh qiz. Uni biz rasmning oq foniga e‟tibor berib ko‟rishimiz mumkin. 
Ikkinchisi – keksa ayol. Uni esa qora shakllarga qarab payqay olamiz.
 


 
3-rasm. 4-rasm.
3-rasm. Ushbu rasmda psixologiyada juda mashhur bo‟lgan tasvirlardan biri 
ifodalangan. Uning siri oddiy. Agar diqqatimiz markazidagi oq rangli shaklga qaratilsa, 
kimdir ajoyib guldonni, yana ba‟zilar oddiy ko‟zani ko‟rishi mumkin. Bordi-yu, 
diqqatimiz qora fonga qaratilsa, u erda biz bir-biriga tikilib turgan ikki kishining yuzini 
ko‟ramiz.
4-rasm.
Diqqat bilan rasmning qora rangli shakllariga qaratsak, biz chap 
tomonga nigoh tashlagan xindyning tasvirini ko‟ramiz. Rasmdagi qora rangli shaklar 
oq fonga hajman kichikroq bo‟lgani sababli biz eng avvalo, aynan xindu tasvirini 
ko‟rib turibmiz.


77 
Agar diqqatimizni shaklga nisbatan hajman kattaroq bo‟lgan oq fonga qaratsak 
(bu biroz qiyin bo‟lishi tabiiy), rasmda bizga orqasi bilan o‟girilib turgan shimol 
xalqlaridan biri (deylik eskimoslar)ning vakili yoki shunchaki qishning sovug‟ida qalin 
kiyingan kishining tasvirini ko‟rishimiz mumkin.
Shu kabi ko‟rish illuziyalariga misol bo‟la oladigan rasmlarni hayotimizda juda 
ko‟p uchratishimiz mumkin. Ularni ko‟rganingizda rasmlaga qarab, biroz mulohaza 
yuritib ko‟ringchi. Fon xususiyatlari sababli hosil bo‟ladigan illuziyalar nafaqat fon va 
undagi shakl hajmiga, balki har ikkisining fazodagi joylashuviga ham bog‟liq bo‟ladi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin