O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə12/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlari


  1. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan HT faqat barcha asosiy va yordamchi inshootlar va qurilmalarning qurilishi, montaji tugagandan so‘ng hamda foydalanishga EEFQ talablariga muvofiq kiritilgandan keyin ekspluatatsiyaga qabul qilinishi mumkin.

Kuchlanishi 1000 V dan 220 kV gacha bo‘lgan HTni ekspluatatsiya kilishga qabul qilishda topshiruvchi tashkilot ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. HTning loyihasini qurilish jarayonida loyiha tashkiloti bilan kelishilib kiritilgan hisoblashlar va o‘zgartirishlar bilan;

  2. loyihadan chetga chiqishlar ro‘yxatini;

v) loyiha bo‘yicha tugallanmagan ishlar ro‘yxatini;

g) loyihaning energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishilganini;



  1. yopilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalarini;

  2. o‘tish va kesishish joylarini qabul qilish dalolatnomalarini;

j) HT trassasining masshtabi 1:10000 dan kam bo‘lmagan, barcha tayanchlar sxemalari keltirilgan, ularning turlari va tartib raqami, shuningdek, barcha kesishish va o‘tishlar ko‘rsatilgan ijro rejasini.

Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan HT uchun — HTning ijro profili;

z) HT trassasi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilganini (yer uchastkasi egasi, suv-oqova tarmoqlari, issiqlik tarmoqlari, elektr aloqa tarmoqlari uzeli va boshqalar bilan);



i) o‘ta kuchlanishlardan himoya qurilmalari tuzilishi sxemasini va yashindan himoya qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasini;

  1. sinashlar va o‘lchashlar bayonnomalarini;

  2. tayanchlar ostiga poydevor qurish bo‘yicha ishlar, tayanchlar yerga ulagichlarining montaji, simlarni ulash, ankyer uchastkalarida simlar va trosslarning montaji, presslash

usuli bilan tortish va ta’mirlash qisqichlarining montaji jurnallarini;

  1. HTning barcha elementlariga muvofiqlik sertifikatlarini (tayanchlarga, izolyatorlarga, simlarga, trosslarga, armaturaga va boshqalarga);

  2. o‘rnatilgan shakldagi HT pasportini;

  3. ekspluatatsiyaga topshirilayotgan uskunalar, materiallar va asboblarning avariyaviy zaxirasi ro‘yxatini;

  4. qishloq joylarda yer resurslari bo‘yicha tuman xizmatlari tomonidan, shaharlarda va qishloqlarda ko‘chmas mulkni kadastrli bo‘lishda va yer uchastkalarini kadastrli chizmaga olishda ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan berilgan qarorni;

r) yer uchastkasining kadastr planida HT loyihasi qayd etilganligi nusxasi.

  1. HTga kuchlanish berib, tarmoqqa ulash EEFQ talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan HTni ulash mazkur HT ulanayotgan elektr qurilma egasi bilan kelishilgan ulash dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi.

  1. HTni ekspluatatsiya qilishda quyidagilar amalga oshiriladi: ko‘rikdan o‘tkazishlar, tekshiruvlar, profilaktik o‘lchovlar, ularning ishonchli ishlashini ta’minlashga, saqlab turishga va EQTQning tegishli bo‘limlari talablariga to‘liq hajmda rioya qilinishiga qaratilgan joriy va kapital ta’mirlar.

  2. HTni davriy ko‘rikdan o‘tkazish HTni ekspluatatsiya qilishni mahalliy sharoitlari hisobga olgan holda, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ish jadvali bo‘yicha o‘tkaziladi.

Ko‘riklarning davriyligi quyidagicha bo‘lishi shart:

elektr montyorlar tomonidan 6 oyda kamida 1-marta;

muhandis-texnik xizmatchilar tomonidan 1 yilda kamida 1-marta.

Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan HTlarida yuqoridagi ko‘riklar simlar va trosslarning qisqichlardagi va distansion tirgaklardagi holatlarini tanlash yo‘li bilan elektr xo‘jaligiga javobgar tomonidan tasdiqlangan ish jadvallari bo‘yicha, lekin 6 yilda kamida 1- marta amalga oshiriladi.

HT yoki uning uchastkalarida navbatdan tashqari ko‘riklar quyidagi hollarda o‘tkaziladi: simlar, trosslarda muzlash paydo bo‘lganda yoki simlar qattiq tebranganda, daryolarda

muz ko‘chishlar va toshqinlar boshlanganda, trassa zonasida yong‘in bo‘lganda, kuchli bo‘ron, dovul, sovuq bo‘lgandan hamda boshqa tabiiy ofatlardan keyin;

tarmoqning releli himoyasi ta’sirida HT avtomatik o‘chgandan keyin — zudlik bilan, muvaffaqiyatli qayta ulashdan keyin esa zarurat bo‘yicha.


  1. HTda o‘tkazilgan yuqoridagi va boshqa ko‘riklar va profilaktik sinashlarda aniqlangan nuqsonlar haqidagi ma’lumot nuqsonlar jurnaliga (yoki nuqsonlar ro‘yxatiga) ularni bartaraf qilish muddatini ko‘rsatib yozib qo‘yiladi. Ushbu ma’lumotlar asosida korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan HTda ta’mirlash ishlarini o‘tkazish rejalari tuziladi.

  2. Kuchli ifloslanishga moyil uchastkalardagi izolyatorlarni tozalash ishlari korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlagan ish jadvali bo‘yicha bajariladi.

Izolatsiya moslamalari qushlar tomonidan kuchli ifloslantiriladigan zonalarda va ularning yoppasiga uyalash joylarida qushlarni girlyandalar ustiga o‘tirishlariga yo‘l qo‘ymaydigan

yoki ularni cho‘chitadigan qurilmadan foydalanish kerak.



  1. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari, odatda kompleks holda, HT ni minimal muddatga o‘chirish bilan tashkil qilinishi kerak. Ular HTni va bir fazani o‘chirib (fazalar bo‘yicha ta’mir) va kuchlanish olinmasdan o‘tkazilishi mumkin.

HTda bir fazani o‘chirib va kuchlanish olinmasdan bajariladigan ishlar maxsus yo‘riqnomalar bo‘yicha amalga oshirilishi shart.

HTga texnik xizmat ko‘rsatishda, uni ta’mirlashda maxsus mashinalar, mexanizmlar, transport vositalari, takelaj, asboblar va moslamalar qo‘llanilishi kerak.

HTda ishlarni bajarayotgan brigadalar o‘z korxonalari va dispetcherlik punktlari bilan aloqa qilish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.

HT trassasini davriy ravishda daraxt va butalardan tozalash hamda yong‘inga nisbatan xavfsiz holatda saqlash zarur; loyihada belgilangan so‘qmoq kengligini saqlab turish va daraxtlarni kesib turish kerak.

Simlarga bevosita yaqin o‘sayotgan daraxtlar HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona tomonidan kesiladi.

Simlar va tayanchlarga ag‘anash xavfi bor daraxtlar keyinchalik ushbu o‘simliklar tegishli bo‘lgan tashkilotlarga xabar berilib, kesilishi kerak.

Ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotganda, asossiz va korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning ruxsatisiz HT elementlari konstruksiyasini va tuproqda tayanchlarni mahkamlash usullarini o‘zgartirish taqiqlanadi.

Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan HTda bunday o‘zgartirishlar loyiha tashkiloti bilan kelishilishi shart.



  1. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori HT tayanchlariga boshqa maqsadga mo‘ljallangan tarmoqlarni birgalikda osishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tayanchlarda boshqa korxonaga tegishli, kuchlanishi 1000 V dan past, boshqa maqsadga mo‘ljallangan HT simlari birgalikda osilganda, HTni rejali ta’mirlash ushbu korxonalar bilan kelishilgan muddatlarda o‘tkazilishi shart. Avariyalar yuz berganda, ta’mirlash ishlari ushbu korxonalarga xabar berilgan holda o‘tkazilishi kerak.

O‘ziga tegishli simlarda ishlar olib borayotgan boshqa tashkilot ishlar boshlanishidan kamida uch kun oldin HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona bilan ularni o‘tkazilishini kelishib olishi shart.

  1. HTni qayta qurish yoki mexanik buzilishdan himoyalash zaruratini keltirib chiqaradigan ishlarni olib boruvchi tashkilot qayta qurishni yoki himoya ishlarini o‘zining materiallari va mablag‘lari hisobidan hamda HTni egasi va uni ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot bilan kelishgan holda amalga oshirishi shart.

  2. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish xavo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, mazkur Qoidalarga 2-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin