O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


Kabel tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə25/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

Kabel tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar


  1. Mazkur Qoidalar kuchlanishi 220 kV gacha bo‘lgan yuqori kuchlanish kabel tarmoqlariga (keyingi o‘rinlarda — KT) taalluqlidir.

Barcha KT EQTQ talablarini qondirishi shart.

  1. Yangi qurilayotgan KTni ekspluatatsiya qilishga qabul qilishda EQTQ talablariga muvofiq sinovlar o‘tkazilishi shart.

  2. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot, montaj qiluvchi tashkilot qurayotgan barcha kuchlanishli KT yotqizilayotganda va montaj qilinayotganda texnik nazoratni olib borishlari shart.

Shlang qoplamali zirhsiz kabellar o‘tkazilishini nazorat qilganda va ekspluatatsiya qilishda, asosiy e’tibor shlangning holatiga qaratilishi shart. Teshib o‘tgan uzilishlari, yoriqlari va tirnalgan joylari bo‘lgan shlangli kabellar ta’mirlanishi yoki almashtirilishi shart.

  1. Har bir KT mazkur Qoidalarning 155-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni o‘z ichiga olgan pasportga, dispetcherlik raqamiga yoki nomiga ega bo‘lishi shart.

Ochiq o‘tkazilgan kabellar, shuningdek, barcha kabel muftalari yorliqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Tarmoq boshidagi va oxiridagi kabel yorliqlarida tarmoqning markasi, kuchlanishi, kesimi, raqami yoki nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi, ulash muftasi yorlig‘ida esa mufta raqami, montaj sanasi ko‘rsatilishi shart.

Yorliqlar atrof-muhit ta’siriga chidamli bo‘lishi shart. Yorliqlar ochiq o‘tkazilgan kabellarda tarmoqning uzunligi bo‘yicha har 50 metr oraliqda, shuningdek, trassa burilishlarida va olovga chidamli to‘siqlardan hamda yopmalardan kabellarning o‘tish joylarida (har ikkala tomonida) joylashtirilishi shart.



  1. Har bir KT uchun ishga tushirishda ruxsat etilgan eng katta tok yuklamalari belgilanishi shart. Yuklamalar eng yomon issiqlik sharoitidagi, uzunligi 10 metrdan kam bo‘lmagan trassa uchastkasi bo‘yicha belgilanishi kerak. Ushbu yuklamalarni oshirishga issiqlik sinovlari asosida kabel tolalarining harorati davlat standartlarida yoki texnik shartlarda davomiy ruxsat etilgan haroratdan ortmaganda ruxsat etiladi. Bunda kabellarni qizishi, trassaning eng yomon sovitish sharoitiga ega bo‘lgan uchastkada tekshirilishi kerak.

Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan kabelning o‘rniga kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kabeldan foydalanish man etiladi.

  1. Avariyani bartaraf qilish davrida kuchlanishi 10 kV gacha bo‘lgan shimdirilgan qog‘oz izolatsiyali kabellarni tok bo‘yicha 30 foizga, 5 sutka mobaynida, sutkada 6 soatdan ko‘p bo‘lmagan, lekin bir yilda 100 soatdan ortiq bo‘lmagan davrda o‘ta yuklanishiga ruxsat beriladi. Agar sutkaning qolgan davrida yuklama ruxsat etilganidan oshmagan bo‘lsa, 15 yildan ortiq ekspluatatsiyada bo‘lgan kabellar uchun o‘ta yuklanish 10 foizgacha kamaytirilishi kerak.

Kuchlanishi 35 kV bo‘lgan qog‘oz izolatsiyali KT o‘ta yuklanishiga ruxsat berilmaydi.

  1. Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan moy to‘ldirilgan kabellar uchun tolalarning haroratini

80 oS dan oshirmay o‘ta yuklanishga ruxsat beriladi. Bunda uzluksiz yuklamaning davomiyligi 100 soatdan oshmasligi, davomiylikining yig‘indisi esa yilda 500 soatdan, o‘ta yuklanishlar orasidagi tanaffus — 10 sutkadan kam bo‘lmasdigi kerak. Havoda o‘tkazilgan, kuchlanishi 110 kV bo‘lgan KL uchun tolalarini 80 oS harorat bilan ishlash davomiyligi cheklanmagan.

  1. Moy to‘ldirilgan kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan har bir KT yoki uning seksiyalari uchun tarmoqning profiliga bog‘liq ravishda mahalliy yo‘riqnomalar bilan moy bosimining ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlari belgilangan bo‘lishi shart. Ulardan chetga chiqqanda, KT o‘chirilishi va faqat buzilish sabablari aniqlangandan va bartaraf etilgandan keyin ulanishi shart. Past bosimli KT uchun kabeldagi moy bosimining ruxsat etilgan bosimi 100 — 300 kPa (1 — 3 kgs/sm2) chegarasida bo‘lishi kerak.

  2. Moy to‘ldirilgan kuchlanishi 110 kV va undan yuqori bo‘lgan kabellardan moy va plastmassa izolatsiyali kabellarning tugallovchi muftalaridan suyuqlik sinash uchun yangi tarmoq ulanishi oldidan, ulangandan keyin 1 yildan so‘ng, keyin 3 yildan so‘ng va keyinchalik har 6 yilda olinishi shart. Moy va suyuqlikning tekshirilayotgan qiymatlari Elektr uskunalarini SQ va M talablariga mos kelishi shart.

  3. Neytrali izolatsiyalangan yoki kompensatsiyalangan tarmoqlarda yerga bir fazali tutashuv sodir bo‘lganda, xodim bu haqida zudlik bilan ta’minlovchi podstansiya navbatchisiga yoki elektr bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmoq bo‘yicha navbatchisiga xabar berishi va keyinchalik ularning ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilishi shart.

Generator kuchlanishi tarmoqlarda, shuningdek, kuchlanishi 35 kV bo‘lgan KTda ko‘rsatilgan rejimda ishlashga 2 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtga ruxsat beriladi. Alohida hollarda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot ruxsati bilan bu muddat 6 soatgacha uzaytirilishi mumkin.

  1. KTdagi yuklamalar Elektr uskunalarini SQ va M talablariga mos ravishda belgilangan muddatlarda davriy o‘lchanishi shart. Ushbu o‘lchovlar asosida KL rejimlari va ishlash

sxemalari belgilanishi kerak.

  1. Kuchlanishi 35 kV gacha bo‘lgan KTni ko‘zdan kechirish quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi kerak:

erda, estakadalar, tunnellar, bloklar, kanallar, galereyalar va binolar devorlari bo‘ylab o‘tkazilgan kabel trassalari — mahalliy yo‘riqnoma bo‘yicha, lekin kamida 3 oyda 1-marta;

kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan KTning tugallovchi muftalari 6 oyda 1-marta, 1000 V va undan past kuchlanishli KTning tugallovchi muftalari 1 yilda1-marta;

transformator xonalarida, taqsimlovchi punktlarda va podstansiyalarda joylashgan kabel muftalari boshqa uskunalar bilan bir vaqtda ko‘rikdan o‘tkaziladi:

kabel quduqlari 1 yilda 2-marta;

suv osti kabellari mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq.

Muhandis-texnik xodimlar KT tanlab, davriy ravishda, lekin kamida 6 oyda 1-marta ko‘rikdan o‘tkazilishlari shart.

Podstansiyadagi kollektorlar, shaxtalar va kanallar mahalliy yo‘riqnomalar bo‘yicha ko‘rikdan o‘tkaziladi (doimiy tezkor xizmat ko‘rsatuvda oyda kamida 1-marta ko‘rik o‘tkazilishi shart). Ko‘rikda aniqlangan nosozliklar haqidagi ma’lumot nuqsonlar jurnaliga qisqa muddatda bartaraf qilish uchun kiritilishi shart.

Navbatdan tashqari ko‘riklar toshqin davrlarida va seldan keyin o‘tkaziladi.

Kabel inshootlarida va boshqa xonalarda doimiy ravishda kabelning issiqlik rejimi, havo harorati va ventilatsiya qurilmalari ishlashining nazorati tashkil qilinishi shart.

Yozgi vaqtlarda kabel tunnellari, kanallari va shaxtalari ichidagi havo harorati tashqi havo haroratidan 10 oS dan ortiq bo‘lmasligi shart.


  1. Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan KTlar quyidagi muddatlarda ko‘rikdan o‘tkazilishlari

shart:
erda o‘tkazilgan kabel trassalari 1 oyda kamida 1-marta;

kollektorlarda va tunnellarda o‘tkazilgan kabel trassalari kamida 3 oyda 1-marta; stoporlaydigan va yarim stoporlaydigan muftali kabel quduqlari 3 oyda 1-marta;

moy (suyuqlik) bosimi signalizatsiyasi mavjud bo‘lgan qo‘shimcha moy bilan ta’minlovchi



punktlar kamida 1 oyda 1-marta;

kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kabel muftalarining ko‘rigi elektr uskunaning har bir ko‘rigida o‘tkazilishi shart.



  1. Mahalliy yo‘riqnomalar bilan kabel inshootlaridagi mavjud yong‘inni avtomatik ravishda o‘chirish va xabar berish qurilmalarining ishga yaroqliligini tekshirish muddatlari belgilanishi shart.

  2. Tunnellar, kollektorlar va boshqa kabel inshootlari toza saqlanishi shart. Kabel inshootlarida o‘tkazilgan kabellarning ruxlanmagan metall zirxlari va kabellar o‘tkazilgan nometall qoplamali metall konstruksiyalar davriy ravishda yonmaydigan zanglashga qarshi tarkib bilan qoplanishi shart.

Kabel inshootlarida biron-bir materiallarni saqlash man etiladi.

Suv tushadigan kabel inshootlari yer osti va yomg‘ir suvlarini chiqarib tashlash vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.



  1. Doimiy navbatchi xodimlari bo‘lgan podstansiyalarda tunnellar (kollektorlar), shaxtalar va kanallarning ko‘riklari 1 oyda kamida bir marta o‘tkazilishi shart. Doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan podstansiyalarda bu inshootlarning ko‘riklari mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq, korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi.

  2. KTda metall qobiqning elektr, tuproq yoki kimyoviy zanglash tufayli buzilish xavfi payqalganda, uni bartaraf qilish choralari ko‘rilishi shart.

KLning himoya qurilmalari ustidan mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq kuzatish o‘rnatish

shart.


  1. Yerda handaqlarni qazish vaqtida sxemada ko‘rsatilmagan quvurlar, noma’lum

kabellar va boshqa kommunikatsiyalar aniqlanganda, ishlarni to‘xtatish va bu haqida elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsga xabar berish zarur. Kabellar bor joydagi xandaqlar, chuqurliklar va yer osti inshootlarini o‘ta ehtiyotkorlik bilan 0,4 metr va undan ortiq chuqurlikda esa faqat belkurak bilan qazish kerak.

  1. Qishda kabellar o‘tgan joylarda 0,4 metrdan ortiq chuqurlik tuproqni qizdirish orqali qazilishi shart. Bunda qizdirilayotgan qatlam yuzasidan kabelgacha 0,3 metrdan kam bo‘lmagan qalinlikda tuproq qatlami saqlanishini kuzatish zarur. Erigan tuproqni belkurak bilan olib tashlash kerak.

Lom va shunga o‘xshagan asboblarni qo‘llash man etiladi.

  1. Kabeldan 1 metrdan yaqin masofada yer kovlovchi mashinalar bilan qazishni amalga oshirish, shuningdek, normal chuqurlikdagi kabellar ustidagi tuproqni yumshatish uchun uruvchi bolg‘alardan, lomlar va cho‘kichlardan 0,3 metrdan ortiq chuqurlikda foydalanish

man qilinadi.

Uruvchi va titrab-ortuvchi mexanizmlarni qo‘llashga kabellardan 5 metrdan kam bo‘lmagan masofada ruxsat beriladi.

Ishlar boshlanmasdan oldin KTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning elektrotexnik xodimlari nazorati ostida trassada kabellar joylashishi va chuqurligini aniqlash uchun nazorat ochishlari o‘tkazilishi kerak.

Portlash ishlarini o‘tkazish uchun qo‘shimcha texnik shartlar berilishi shart.



  1. Kuchlanishi 20 — 35 kV bo‘lgan kabellarning vertikal uchastkalarida izolatsiyaning qurishi natijasida elektrdan teshilishning oldini olish uchun ularni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish yoki stoporlovchi muftalar o‘rnatish zarur.

Oqmaydigan shimuvchi massa va plastmassa izolatsiyasiga ega bo‘lgan yoki gaz bilan to‘ldirilgan 20 — 35 kV kuchlanishli KT vertikal uchastkalarining izolatsiya holatini qo‘shimcha tekshirish va ularni davriy almashtirish talab qilinmaydi.

  1. Ishlashda izolatsiyaning elektrdan teshilishi yoki profilaktik sinashlarda shkastlangan kabel namunalari va shikastlangan kabel muftalari laboratoriya tadqiqotlariga shikastlanish sabablarini o‘rganish va ularni bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun berilishi shart. Ishlab chiqaruvchi zavodga e’tiroz bildirilganda, zavod nuqsonlari borligi natijasida shikastlangan namunalar ekspertlar ko‘rigi uchun saqlanishi shart.

  2. Xonalarda, tunellarda, kollektorlarda, estakadalar bo‘yicha galereyalarda, kanallarda joylashgan shikastlangan KTlarni kuydirishda, kabel inshootlaridagi kabellarni kuzatish — xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilgan holda olib boriladi.

  3. Kuchlanish ostidagi ekskavator va shlang kabellarini xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan rezinali qo‘lqoplar va etiklarda yoki dielektrik dastakli tutqichlar bilan olib yurishga ruxsat beriladi.

Bu holda kuchlanishi 10 kV gacha bo‘lgan tarmoqlar shikastlangan KTni bir fazali yerga tutatish holatida o‘chirib qo‘yadigan himoya bilan jihozlangan bo‘lishlari shart.

Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga

    1. ILOVA

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin