"TIQXMMI" MTUNING QARSHI IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI GIDROMELARATSIYA FAKULTETI 203-GURUH TALABASI Narzullayev quvonchbekning GIDROTEXNIKAGA KIRISH FANIDAN qilgan MUSTAQIL ISHI
MAVZU:Gidrotexnika tunnellari. REJA: 1.Gidrotexnika tunnellari turlari 2.Tog`bosimi 3.Bosimsiz tunnellar.
1. Gidrotexnika tunnellari turlari Qobig`ida joylashgan yopiq ko`ndalang kesimli, qazish ishlari yer ostida olib boriladigan suv eltuvchi inshootga gidrotexnika tunneli deb ataladi. O`qlarning joylashuvi va tog` massasini ishlab chiqarishga ko`ra gidrotexnika tunellarining quyidagi turlari mavjud:O`qlari gorizontal yoki bir oz qiya joylashgan asosiy tunellar uncha katta bo`lmagan yordamchi tunnellar – shtolnyalar; qisqa tunellar, yo`laklar, asosiy tunelga borish va ish qurollarini tashish uchun xizmat qiladigan tunnellar – shreklar; o`qlari tik yoki bir oz og`ma tunellar – shaxtalar.
Tunnel qoplamasi o`lchamlarini aniqlash uchun statik hisoblar bajariladi. Qoplamaga ta`sir etuvchi asosiy kuchlarga quyidagilar kiradi: 1) tog`bosimi; 2) qoplamaning o`z og`irligi uning qalinligi bo`yicha aniqlanadi, ushbu qalinlik esa oldindan belgilanadi yoki mavjud tunellardagi singari qabul qilinadi, yoki 10.4-rasmda keltirilgan grafik bo„yicha topiladi; 3) oldindan kuchaytirilishdan tushadigan yuklama; 4) grunt suvlari bosimi; 5) tunnel ichidagi suv bosimi.
Tunnellar, tonnel (ing. tunnel — quvur) — transport yurishi, suv utishi, kommunikatsiyalar joylashishi va boshqa maqsadlarga moʻljallangan, yotiq yoki qiya joylashgan yer osti yoki suv osti sunʼiy inshooti. Uzunligi koʻndalang oʻlchovlaridan birmuncha katta boʻladi. Vazifasi, yer yuzasiga nisbatan joylashishi, chuqurligi va qurish usullari boʻyicha turlarga boʻlinadi.
Tunnel boʻshligʻi, odatda, sunʼiy mustahkamlashni, yaʼni qoplama qurishni talab qiladi. Qoplamalar metall (poʻlat yoki choʻyan), tabiiy va sunʼiy toshlar, beton va temirbetondan qilinishi mumkin. Metall qoplamalar yigʻma elementlar — tyubinglardan yigiladi, beton va temirbeton qoplamalar maxsus qoliplarga quyilib tiklanadi. Keyingi yillarda sunʼiy boʻshliqni oʻrab turgan togʻ massiviga ankerlar va sim toʻrlar yerdamida mahkamlanadigan sachratmabeton qoliplar keng qoʻllanmoqda.
Tunnel xavosi, odatda, ortiqcha namlangan va yuqori traga ega boʻladi. Uning havosi tarkibini meʼyoriy holatga keltirish, zararli gazlar va yuqori traning odamga taʼsirini kamaytirish va Tunneldagi koʻrinishga taʼsir qiladigan tutun bosimini yoʻqotish maqsadida Tunnelni shamollatish tizimi kullaniladi. Uz. 50–60 m gacha bulgan Tunnellarda tabiiy shamollatish, katta uzunlikdagi Tunnellarda esa markazdan qochirma va markaziy oʻq boʻylab taʼsir koʻrsatuvchi ventilyatorlardan foydalanilgan sunʼiy shamollatish qoʻllanadi.