2. Korxonalarda iqtisodiy tahlil o’tkazishning tartibi.
3. Tashqi tahlil o’tkazish vakolatiga ega bo’lgan byurolar
Korxonalarda tsex yoki brigada ma’lumotlari bo’yicha iqtisodiy tahlilni, shu bo’lim
Korxonalarda tsex yoki brigada ma’lumotlari bo’yicha iqtisodiy tahlilni, shu bo’lim
boshliqlari va hisobchilari tashkil etishlari kerak bo’ladi.
Viloyat, tuman yoki tarmoqlar bo’yicha ma’lumotlarni umumlashtirib iqtisodiy tahlilni
o’tkazishga istiqbolni belgilash va statistik tashkilotlari yoki yuqori tashkilotlar tarkibida tashkil etilgan iqtisodiy kengashlar ish yuritadilar.
Boshqaruvning hamma bo’g’inlarida umumiy ishlab chiqarish sohasini samaradorligini oshirishda analitik ishni tashkil etish va iqtisodiy tahlilning roli oshib bormoqda. Ushbu holatdan kelib chiqib iqtisodiy tahlil tashqi va ichki tahlil turlariga bo’linadi.
Korxona va birlashmalarni ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatining tashqi tahlilini quyidagilar olib boradilar:
Korxona va birlashmalarni ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatining tashqi tahlilini quyidagilar olib boradilar:
Yuqori boshqaruv organlari o’z nazorati ostidagi korxona va uyushmalarning ishlab chiqarish faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilib turishadi. Buning uchun esa reja va hisobot ma’lumotlari, tekshiruv natijalari va boshqa ma’lumotlar kerak bo’ladi.
Bank muassasalari doimiy ravishda kredit olgan korxona va birlashmalarning ish faoliyatini, ulardagi asosiy va sifat ko’rsatkichlarini tahlil qilib turadi. Korxonalarda bank kreditlarining ishlatilishini, mehnat haqi fondini, to’lov intizomi holatini tahlil qilib o’rganadi.
Bank muassasalari doimiy ravishda kredit olgan korxona va birlashmalarning ish faoliyatini, ulardagi asosiy va sifat ko’rsatkichlarini tahlil qilib turadi. Korxonalarda bank kreditlarining ishlatilishini, mehnat haqi fondini, to’lov intizomi holatini tahlil qilib o’rganadi.
Iqtisodiy tahlil ishlarini korxona va birlashmalar olib borishi bilan bir qatorda boshqa
Ichki tahlilni esa korxona va birlashmalarni ishchi xodimlari olib boradilar va ularning turli tarkibiy bulinmalari o’zlariga tegishli funktsiyalarni belgilab oladilar. Iqtisodiy tahlil ko’p qirraliligi bilan ajralib turadi. Korxonani barcha faoliyatida mavjud bo’lgan rezervlarni izlab topish, majburiyatlarni aniq bajarilishi va uni amalga oshirishda ma’suliyatni his etish lozim bo’ladi.
Bozor munosabatlari sharoitida har qanday xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z tasarrufidagi barcha moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari harakatini hamda ulardan foydalanish samaradorligini to’g’ri boshqarishni ta’minlashi zarur bo’ladi.
Bugungi kunda korxonalardagi boshqaruv sub’ektlariga faqat axborotga ega bo’lishning o’zigina kifoya qilmaydi. Bu axborotlar bilan ishlash, to’g’ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo’ladi. Samarali boshqarishda eng muhimi axborot va undan foydalana bilishdir.
Korxonalarda iqtisodiy tahlilni tashkil etish ixtiyoriylik va amaliyotdagi tajriba hamda talabdan kelib chiqqan holda tashkil etiladi. Tahlilni tashkil etishda o’rganiladigan mavzularning ko’lami va ahamiyatiga qarab iqtisodchilar bilan bir qatorda korxonaning barcha mutaxassislari hamda oddiy ishchisigacha ishtirok etishlari mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy tahlilni tashkil etishning zaruriyati hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada ortadi. Chunki, har bir faoliyatning korxona uchun manfaatlilik darajasini aniqlash, bu faoliyatning iqtisodiy nuqtai nazaridan to’g’ri tashkil etilganligiga baho berish tahlil vositasida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tahlilni korxona miqyosida to’liq tashkil etishga bevosita javobgar korxona boshqaruvchisi, rahbarning iqtisodiy masalalar bo’yicha o’rinbosari, iqtisodchisi yoki bosh hisobchisi bo’lishi mumkin.