O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi farg’ona viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 15 Mb.
səhifə27/75
tarix14.10.2023
ölçüsü15 Mb.
#155295
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
1.08 Kompyuter grafikasi va Web-dizayn2 Асосиййййййййййййййййййй

Tasvir masshtabi. Tasvirni tahrirlash jarayonida uning masshtabini hujjat oynasida ko’p marotaba o’zgartirish zarurati tug`iladi. CorelDraw masshtabni 1 dan 405651 % gacha o’zgartirish imkoniyatiga ega. Unda masshtabni o’zgartirishning turli usullari mavjud:
Hujjat ochiladi va uskunalar panelidan masshtablashtirish uskunasi ishga tushirilganda ko’rinadigan xossalar panelidan, kattalashtirish darajasida turli xil foizlar tanlanib, illyustratsiya tahrir uchun tayyorlanadi.







Masshtabning katta qiymatida tasvir to’laligicha ekranga sig`maydi, faqat uning bir qismi ko’rinadi. Uning kerakli qismi gorizontal yoki vertikal yuritgich yordamida topiladi. Masshtabdan foydalanishda shuni qayd qilish lozimki, Zoom (masshtab) uskunasi yordamida hujjat o’lchamlarini o’zgartirish uning asl nusxasidagi o’lchamlarini o’zgartirmaydi.


CHizg`ichlar va ulardan foydalanish. CHiziqlar va ulardan foydalanishda illyustratsiyaning asl o’lchamlarini foydalanuvchi uni yaratish va tahrirlash davrida aniqlaydi. Bu holda unga hujjatning yuqori va chap qismida joylashgan to’g`ri burchakli koordinatalar sistemasini aniqlovchi chizg`ichlar yordam beradi. Koordinata markazi sifatida ishchi sahifaning chap pastki nuqtasi (0,0 – koordinatali nuqta sifatida) olinadi. Zarurat tug`ilganda uni ishchi sahifa yoki ish stolining ixtiyoriy nuqtasiga ko’chirish mumkin. Agar hujjatda chizg`ich mavjud bo’lmasa «Vid» menyusidan «lineyka» buyrug`ini tanlash lozim.



  1. Gorizontal va vertikal chizg`ichlarning kesish nuqtasidagi koordinatalar piktogrammasiga kursorni olib borish.

  2. Sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va kursor ishchi sahifaga olib o’tishda kesiluvchan punktir chiziqlar ko’rinadi. Bu chiziqlarning kesilish nuqtasi yangi koordinatalar sistemasi markazini beradi.

  3. Gorizontal va vertikal chizg`ichlarning kesish nuqtasidagi koordinatalar piktogrammasida kursorni ikki marta bosish koordinatalar markazini boshlang`ich holatini qaytaradi.

  4. CHizg`ichning xossalarini quyidagi muloqot oynasidan ham o’zgartirish mumkin, jumladan uning o’lchov birliklarini tanlash rasmda ko’rsatilgan. O’lchov birliklarini o’zgartirganda chizg`ichdagi bo’linma chiziqlari ham o’zgaradi.







Yüklə 15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin