Bu yerda , , va HTML tilining deskriptorlari. - web-sahifa boshlanishini, esa, web-sahifa yakunlanganini anglatadi. Umuman, ko’rinishdagi deskriptor uchun deskriptori mavjud bo’lib, birinchisi biror amal boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi.
— sarlavha tugaganini bildiradi. Bu deskriptorda «H» belgisi «Heading» (sarlavha), 1-yuqori (birinchi) pog’ona ma'nosini bildiradi. HTML da bir necha pog’ona sarlavhalar tashkil qilish mumkin. Ular haqida keyingi mavzularda so'z yuritiladi.
Yuqorida kiritilgan matnni sahifa.html nomi bilan saqlab qo’yamiz. Endi uni biror web-brauzer yordamida ko’rish mumkin. Hosil qilgan web-sahifamizni Internet Explorer brauzerida ko’rish uchun, Internet Explorer dasturini ishga tushirib, sahifa.html faylini ochamiz (Bu vazifa Word, Excel, Paint kabi dasturlarga bag’ishlangan mavzularda batafsil ko’rib chiqilgan).
Web-sahifada nom va sarlavha
Web-sahifaga kiritilishi lozim bo’lgan yana bir element — web-sahifa nomi. Web-sahifaga nom kiritish uchun deskriptori qo’llaniladi. Web-sahifada bu diskreptor bir marta ishlatiladi. Web-sahifa nomi web-brauzerning sarlavha satrida aks etib, web-sahifaning o’zida ko’rinmaydi. Shu sababli uni web-sahifaning istalgan joyiga yozish mumkin. Ammo web-sahifa nomini web-sahifa boshiga yozish maqsadga muvofiq. Web-sahifa nomi diskreptori bilan yakunlanadi. Web-sahifaga istagan nom, masalan, o’z ismingizni berishingiz mumkin.
Web-sahifada bir necha mavzu yoritilishi mumkin. Shunga ko’ra, bir necha sarlavha ishlatishga to’g’ri keladi. Masalan, shaxsiy web-sahifangizga o’zingiz haqingizda, qiziqishlaringiz, yoqtirgan kinofilm yoki kompyuter o’yinlari haqida ma'lumot kiritsangiz, mos ravishda «O'zim haqimda», «Qiziqishlarim», «Yoqtirgan kinofilmlarim» kabi sarlavhalar qo’yishingiz mumkin. Bir sarlavha matnini yirik harflar bilan yozish kerak bo’lsa, boshqasini maydaroq shriftda yozish zarur bo’lib qoladi. HTMLda 6 ta pog’ona sarlavha qo’yish imkoni bor. Buning uchun HTML da quyidagi deskriptorlar mavjud:
Dostları ilə paylaş: |