Bu deskriptorlarning har biri uchun mos ravishda yopiluvchi (yakunlovchi) deskriptorlar (
, ..., ) ham bor.
Web-sahifaga matn kiritish Web-sahifaga matn kiritish matn muharriridagi kabi amalga oshirilishi mumkin. HTML-hujjatga kiritilgan matnni web - brauzer ma’lumotlar maydoni o’lchamiga moslab formatlab oladi. Shu sababli kiritgan matn brauzerda biroz shakli o’zgargan holda namoyon bo’lishi mumkin. Matn web - sahifada ayni biz hohlagandek joylashishi uchun HTML da matn formatiga ta'sir etuvchi maxsus deskripiorlar mavjud.
Web-sahifada abzas va satrlarni belgilash. Web-sahifada abzaslarni belgilash uchun
deskriptori ishlatiladi. Bu deskriptor abzas boshlanishida yoziladi va o’zidan keyin yozilgan matndan oldin bo’sh satr qoldiradi.
deskriptor yopilishi shart bo’lmagan deskriptorlar sirasiga kiradi. Ya'ni abzas
deskriptor bilan yakunlanmaydi. Bu deskriptorni matnda bo’sh satr qoldirish uchun ham ishlatish mumkin. Matnda yangi satrga o’tish uchun
deskriptoridan foydalaniladi.
Matnning biror qismiga e'tiborni jalb etish maqsadida ba'zi so’zlar ajratib ko’rsatiladi. Bunga matndagi ma’lum so’zlarni quyuq (qora), og’ma (kursiv) yoki tagiga_chizilgan ko’rinishda yozish bilan erishish mumkin. Buning uchun HTMLning quyidagi deskriptorlaridan foydalaniladi:
— (quyuq) qora shrift (Bold),
- og’ma (kursiv) shrift (Italik),
— tagiga chizish (Underline).
Bu deskriptorlar uchun mos ravishda , va yakunlovchi deskriptorlar mavjud. Yuqorida keitirilgan deskriptorlarni birgalikda ishlatib, matnni quyuq og’ma, og’ma va tagiga chizilgan va hokazo ko’rinishga keltirish mumkin.
Web-sahifada matnning joylashishi Matnni sahifada turlicha joylashtirish mumkin. Ya'ni, matn sahifaning chap qismida, o’ng qismida, o’rtasida yoki sahifa kengligi bo’yicha joylashishi mumkin. Matnni sahifada bunday joylashti-rish usullari bilan Word matn protsessori mavzusida tanishgan edik. HTMLda matnni web-sahifada turlicha joylashtirish
deskriptoriga ALIGN (tekislash) buyrug’ini qo’shish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu buyruq quyidagicha yoziladi: