O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi farg’ona viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 15 Mb.
səhifə73/75
tarix14.10.2023
ölçüsü15 Mb.
#155295
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
1.08 Kompyuter grafikasi va Web-dizayn2 Асосиййййййййййййййййййй

enter yoki ctrl+enter.



29-mavzu. Ma’lumotlarni aks ettirishda ularning o‘lchamini optimallashtirish. Dinamik saytlar hosil qilish (4 soat laboratoriya ishi).

Tinglovchilarda ma’lumotlarni aks ettirishda ularning o‘lchamini optimallashtirish, dinamik saytlar hosil qilish to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish.




Nazariy qism.

Gipermatnli ma’lumotlar tizimi ma’lumotlar bo’inlari to’plamlari, shu bo’inlarda aniqlangan gipermatnli aloqalar to’plamlari va bo’inlar va aloqalarni boshqarish instrumentlaridan tashkil topgan. World Wide Web texnologiyasi bu – gipermatnli taqsimlangan sistemalarni Internetga kiritish texnologiyasi va shundan kelib chiqib, u bunday tizimlarning umumiy ta’rifiga mos kelishi kerak. Bu shuni bildiradiki, gipermatnli tizimlarning yuqorida keltirilgan barcha komponentalari Web da ham bo’lishi kerak.
Webga, gipermatnli tizim sifatida, ikki xil nuqtai nazardan qarash mumkin. Birinchidan, o’zaro gipermatnli o’tishlar (ANCHOR konteyneri) vositasida bolangan tasvirlanishi kerak bo’lgan sahifalar t’plami sifatida. Ikkinchidan, tasvirlanayotgan sahifalar (matn, grafika, uyali kod va hokazolar) ni tashkli qiluvchi elementar ma’lumot ob’ektlarining to’plami sifatida. So’nggi holatda sahifaning gipermatnli o’tishlar to’plami – bu matnga ichki qo’yilgan rasm kabi ma’lumot bo’lagi.
Ikkinchi yondashuvda gipermatnli tizim elementar ma’lumot ob’ektlari to’plami uchun gipermatnli aloqalar rolini o’ynovchi HTML-sahifalarning o’zi tomonidan aniqlanadi. Bu yondashuv tayyor komponentalardan tasvirlanayotgan sahifalarni qurish nuqtai- nazaridan ancha serhosilroqdir.
Webda sahifalarni ayratishda “klient-server” arxitekturasi bilan bogliq muammo yuzaga chiqadi. Sahifalarni ham klient tomonida, ham server tomonida yaratish mumkin. 1995 yilda Netscape kompaniaysi muttaxasislari JavaScript dasturlash tilini ishlab chiqib, sahifalarni klient tomonida boshqarish mexanizmini yaratishdi.
Shunday qilib, Javascript – bu Webni gipermatnli sahifalarini klient tomonida ko’rish tsenariyalarini boshqarish tili. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsa, Javascript – bu na faqat klient tomonidagi dasturlash tili. Liveware Javascript tilining avlodi bo’lib, Netscape serveri tomonida ishlovchi vosita bo’ladi. Ammo Javascript tilini mashhur qilgan narsa bu klient tomonida dasturlashdir.
Javascriptning asosiy vazifasi – HTML-konteynerlar atributlarining qiymatlarini va ko’rsatuvchi muhitining hossalirini HTML-sarlavxalarni ko’rish jarayonida foydalanuvchi tomonidan o’zgartirish imkoniyatlarida, boshqacha aytganda ularni dinamik sarlavxalar qilish (DHTML). Yana shuni aytish joizki, sarlavxalar qayta yuklanmaydi
Amalda buni, masalan, quydagicha ifodalash mumkin, sarlavxaning fonini rangini yoki xujjatdagi rasmni o’zgartirish, yangi oyna ochish yoki ogoxlantirish oynasini chiqarish.
JavaScript” nomi Netscape kompaniyasining hususiy maxsuloti. Microsoft tomonidan amalga oshirilgan til rasman Jscript deb nomlanadi. Jscript versiyalari Javascriptning mos versiyalari bilan mos keladi (aniqroq qilib aytganda oxirigacha emas).
Javascript – ECMA (European Computer Manufacturers Association – Evropa Kompyuter Ishlab Chiqaruvchilar Assotsiyatsiyasi) tomonidan standartlashtirilgan. Mos standartlar quydagicha nomlanadi ECMA-262 va ISO-16262. Ushbu standartlar bilan Javascript 1.1ga taqriban ekvivalent ECMAScript tili aniqlanadi. Eslatish joizki, bugungi kunda Javascript ning hamma versiyalari ham ECMA standartlariga mos kelavermaydi. Mazkur kurs yoki qo’llanmada barcha hollarda biz Javascript nomidan foydalanamiz.
Javascriptning asosiy hususiyatlari. Javascript – bu Internet uchun katta bo’lmagan klient va server ilovalarni yaratishga mo’ljallangan nisbatan oddiy ob’ektga yo’naltirilgan til. Javascript tilida tuzilgan dasturlar HTML-xujjatning ichiga joylashtirilib ular bilan birga uzatiladi. Kurish dasturlari (brauzerlarbrowser ingliz suzidan) Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer xujjat matniga joylashtirilgan dasturlarni (Scriptkod) uzatishadi va bojarishadi.
Shunday qilib, Javascript – interpritatorli dasturlash tili xisoblanadi. Javascriptda tuzilgan dasturlarga foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarni tekshirayotgan yoki xujjatni ochganda yoki yopganda biror bir amallarni bagaruvchi dasturlar misol bo’lishi mumkin.
JavaScript da yaratilgan dasturlarga misol sifatida foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlarn tekshiruvchi, dokumentni ochish yoki yopish vaqtida qandaydir amallarni bajaruvchi dasturlarni keltirish mumkin. Bunday dasturlar foydalanuvchi tomonidan berilgan kursatmalarga – sichqoncha tugmachasini bosilishiga, ma’lumotlarni ekran orqali kiritishiga yoki sichqonchani sahifa buylab siljitilishiga kura ish bajaradi. Bundan tashqari JavaScript dagi dasturlar brauzerning uzini va dokumentning atributlarini ham boshqarishi mumkin.
JavaScript dasturlash tili sintaktik jihatdan Java dasturlash tiliga, ob’ektli modellashni istisno qilgan holda, o’hshab ketsada, lekin ma’lumotlarni statik tiplari va qat’iy tiplashtirish kabi hususiyatlarga ega bulmaydi. JavaScript da Java dasturlash tilidan farq qilib, sinf (klass) tushunchasi bu tilning asosiy sintaktik qurilmasi hisoblanmaydi. Bunday asos sifatida foydalanilayotgan tizim tomonidan qullab-quvvatlanayotgan, oldindan aniqlangan ma’lumot tiplari: sonli, mantiqiy va satrli; mustaqil ham bulishi, ob’ektning metodi (JavaScripda metod tushunchasi funktsiya/qism-dastur ning uzi) sifatida ham ishlatilishi mumkin bulgan funktsiyalar; katta sondagi uz hossalariga va metodlariga ega bulgan oldindan aniqlangan ob’ektlardan iborat ob’ektli model va yana dastur ichida foydalanuvchi tomonidan yangi ob’ektlarni berish qoidalari hisoblanadi.
JavaScript da dasturlar yaratish uchun hech qanday qo’shimcha vositalar kerak bulmaydi – faqatgina tegishli versiyadagi JavaScript qullanishi mumkin bulgan brauzer va DHTML-dokumentlarni yaratishga imkon beruvchi matn muharriri kerak bo’ladi. JavaScript dagi dastur bevosita HTML –dokumentlarni ichiga joylashtirilganligi uchun dastur natijasini dokumentni brauzer yordamida kurish orqali tekshirish mumkin va kerakli holda uzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Yüklə 15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin