O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix04.01.2020
ölçüsü0,65 Mb.
#30049
1   2   3   4
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari


 

Ayrim  vaqtlarda  VI  –  VII  sinf  o’quvchilariga  dastlab  sinfda  muhokama 

qilinmagan biror masalani darslikdan o’qib va undagi tegishli rasm va xaritadan 

foydalanib  mustaqil  ravishda  o’rganish  vazifasi  beriladi.  Bunday  topshiriqlar 

o’quvchilarda  darslikdan  mustaqil  foydalanish  malakalari  va  ko’nikmalarini 

rivojlantirish,  ularning  fikrlash  qobiliyatini  o’stirish  uchun  zarurdir.  Biroq 

mustaqil  o’rganish  uchun  beriladigan  materialning  hajmi  katta  bo’lmasligi  va 

mazmuni o’qituvchining izohlarisiz tushunarli bo’lishi kerak. 

Ba’zan  uy  topshiriqlarini  ayrim  o’quvchilarning  bilim,  malaka, 

ko’nikmalariga  qarab  differensiyalshtirib  berish  juda  muhimdir.  Masalan, 

o’qituvchi  o’rganilayotgan  voqealar  sodir  bo’lgan  joyni  tarix  xaritasidan 


 

 

35 



35 

topishga  qiynalayotgan  o’quvchilarga  kontur  xaritada  bajariladigan  maxsus 

topshiriqlar  berishi,  reja,  sxema,  va  diagrammalar  tuzishga  qiynaladigan  yoki, 

aksincha,  bunday  ishga  ko’proq  qiziqadigan  o’quvchiga  esa  reja,  sxema,  va 

diagrammalar  tuzish  yuzasidan  qo’shimcha  mashqlar  berishi  mumkin.  Tarixga 

juda  ham  qiziqadigan  o’quvchilarga  sinfda  ishlatish  uchun  ko’rsatmali  o’quv 

quroli  (maket,  sxema,  jadval)  yasash,  o’qish  kitobi,  Bolalar  ensiklopediyasi, 

badiiy – tarixiy asarlardan foydalangan holda, o’zlarini qiziqtitgan ayrim masala 

haqida  qisqaroq  og’zaki  axborot  tayyorlash  kabi  kichikroq  topshiriqlar  berish 

mumkin. 


O’qituvchining  uyga  berilgan  topshiriqlar  qanday  bajarilganini  har  kuni 

tekshirib  borishi  –  o’quvchilarning  uyda  muvaffaqiyat  bilan  muntazam  dars 

tayyorlashlarining zarur shartidir. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

36 



36 

 

X U L O S A . 

 

O’quv jarayonining yuqorida ko’rib o’tilgan hamma  tarkibiy qismlari bir 



–  biri  bilan  chambarchas  bog’liqdir.  Yangi  materialni  o’rganishga 

tayyorlanishda  ilgari  o’tilgan  material  takrorlanadi  va  xotirada  yanada 

mustahkamlanadi, shu bilan bir vaqtda o’quvchilarning bilimi ham taekshiriladi 

va  umumlashtiriladi.  O’quvchilar  orttirgan  bilim  va  malakalarini  o’quv 

jarayonining hamma qismlarida albatta ishga soladilar. 

 

O’quv  jarayonining  asosiy  elementlari  dars  oldiga  qo’yilgan  maqsadga 



qarab turli xilda birga qo’shilishi darsning tuzilishi va tipini belgilaydi. 

Maktabda “Jahon tarixi” va “O’zbekiston tarixi” ni o’qitish milliy ong va 

tafakkurni o’stirishda, ma’naviy barkamol shaxsni, haqiqiy vatanparvar insonni 

tarbiyalab  voyaga  yetishtirishda  katta  ahamiyatga  egadir.  Jahonda  qadim 

zamonlardan  buyon  bir  necha  o’nlab  millat  va  elatlar  yonma  –  yon  yashab 

mehnat  qilib  kelgan.  XX  asr  intihosida  dunyoning  qariyb  uchdan  ikki  qismida 

misli ko’rilmagan hodisalar sodir bo’ldi. 

 

Prezident  I.  Karimov  “Buyuk  kelajagimizning  huquqqiy  kafolati” 



risolasida  “o’zbek  millati  azaldan  o’z  fikrlari,  o’z  istiqloli  uchun  kurashib 

yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning 

fidoiy, o’z yo’lidan, maslagidan, so’zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi 

lozim. Bilishimiz shart bo’lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz 

uchun  ham  qarz,  ham  farz”

10

  deganda  ana  shu  holatni  nazarda  tutadi. 



Xalqimizning hamda jahon xalqlarining uzoq tarixi o’tmishida ozodlik, istiqlol 

uchun  tinimsiz  kurash  olib  borilganidan  guvohlik  beradi.  “Jahon  tarixi”  ni 

o’rganish  o’quvchilarga  jahon  xalqlari  tarixiy  taraqqiyotining  hamma 

bosqichlarida  millatlararo  munosabatlar  madaniyatining  yuksak  darajasi  va 

insonparvarligi doimo ular turmush darajasi hamda jamiyat ma’naviy sofligining 

eng  muhim  ko’rsatgichi  bo’lib  kelganligini  chuqur  anglab  olishlarida  yordam 

beradi  va  ularni  bu  an’analarga  nisbatan  hurmat  ruhida  tarbiyalaydi.  Bundan 

                                                 

10

 I. Karimov.  “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. T. “O’zbekiston”. 1998 yil. 18 – bet. 



 

 

37 



37 

tashqari  o’quvchilar  nafaqat  jahon  xalqlari,  balki  o’zbek  xalqining 

mehnatsevarligi,  erksevarligi  va  odamiyligi,  ma’rifatparvarligi,  ota  –  onaga 

mehribonligi, oilaga sadoqati, bolajonligi, Vatanga, el – yurtga , tabiatga mehr – 

muhabbati  kabi  olijanob  xislatlari  bilan  ham  tanishadilar.  O’zbekiston 

hududdining  boy  tabiiy  shart  –  sharoiti,  xalqning  mehnatsevarligi,  o’z  yurtiga 

mehr  –  muhabbat,i  sadoqati  bilan  uyg’unlashib,  tarixiy  taraqqiyotni 

tezlashtirgan,  xalq  faollarining  aql  –  zakovati,  ilm  –  fan  va  madaniyat 

rivojlanishiga sabab bo’lgan. 

 

Osiyo  bilan  Yevropa  o’rtasidagi  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalarning 



Movarounnahr orqali olib borilgani ham yurtimiz tarixiy, madaniy taraqqiyotiga, 

xalqimiz  iqtisodiy,  ma’naviy  rivojlanishida  muhim  ahamiayt  kasb  etgan, 

xalqimizning,  ayniqsa  insonparvarlik,  ma’rifatparvarlik  kabi  oliyjanob 

an’analari  mazmunana  boyishiga  sabab  bo’lgan  va  o’z  navbatida  bu  an’analar 

umuminsoniy  qadriyatlarga  muhim  hissa  bo’lib  qo’shilgan.  “Jahon  tarixi” 

hamda  “O’zbekiston  tarixi”  darslarida  ana  shu  aniq  ma’lumotlarni  jalb  qilish 

ta’lim – tarbiya jarayonini insonparvarlasjtirish, o’quvchilarda yuksak ma’naviy 

fazilatlarni  tarbiyalash  vazifalarini  muvaffaqiyatli  hal  qilish  imkonini  beradi. 

O’quvcilar e’tiborini o’tmish ota – bobolarimizning ulkan madaniy va ma’naviy 

merosiga  jalb  etish,  jahon  ilmiy  tafakkuri  va  madaniyati  taraqqiyotiga  katta  va 

o’lmas  hissa  qo’shgan  Beruniy,  Farg’oniy,  Ibn  Sino,  Ulug’bek,  Navoiy  kabi 

madaniyatimizning  benazir  allomalari  nomlarini  hurmat  bilan  tilga  olish,  ular 

bilan faxrlanishga, milliy iftixor tarbiyasini amalga oshirishga yordam beradi. 

  

Jahon  xalqlarining  o’tmish  tarixini  o’rganganimizda,  bizga  uzoq  vaqt 



singdirib kelingan g’oya, tarixni sinfiy kurashlar nuqtai nazaridan baholash yoki 

noo’rin bo’rttirib ko’rsatishlardan saqlanmog’imiz zarur. Sababi qadimgi dunyo 

va  o’rta  asrlar  davrida  siyosiy  vaziyat,  mafkura  doirasi  o’zgacha  bo’lganligi 

hammamizga  ma’lum.  Qolaversa,  davr  mahsuli:  tarixiy  shaxslar,  oddiy 

fuqarolardan  tortib  qirollargacha  hamma  –  hammalarining  o’z  g’oyalari, 

tushunchalari,  maqsad  va  intilishlari  bo’lganligi  tabiiy.  O’tmishdagi  har  bir 

jamiyat  o’zidan  avvalgisiga  nisbatan  ilg’orroq  bo’lib,  unda  yashagan  barcha 


 

 

38 



38 

insonlar  hamisha  yaxshilikka,  ezgu  niyatlar  sari  intilganlar.  Tarixiy  taraqqiyot 

insoniyatning  asrlar  osha  to’plangan  bilimlarini,  ongi,  maqsadlari,  talablari 

ko’payib borishi bilan uzviy bog’liqdir. Biz o’rta asrlar tarixini chuqur o’rganish 

borasida o’zimiz uchun ushbu qonuniyatlarni kashf etamiz.  

 

Ma’lumki,  o’tmishni  o’rganmay  turib  kelajakni  yaratib  bo’lmaydi.  Zero, 

bugunning qadru – qimmati, mohiyati va salmog’i kechagi kun tarozisi orqaligina 

to’liq  idrok  etiladi.  Darhaqiqat,  tarixdan  kelajakka  xizmat  qiladigan  amaliy 

xulosalar chiqarilmaguncha hech bir jamiyat ilgarilab rivojlanmaydi. 

 

Fanda  jahon  tarixi  insoniyat  taraqqiyoti  haqida  to’la  va  batafsil  tasavvur, 



bilim  hamda  tishunchalar  berib  yoshlarning    har  tomonlama  barkamol  shaxs 

bo’lib  yetishishida  muhim  o’rin  tutadi.  Zotan,  komil  inson  tarbiyasi  davlatimiz 

siyosatining  ustivor  sohasidir.  Jahon  xalqlarining  tarixiy  tajribalaridan 

foydalanish, ya’ni tarixda bo’lib o’tgan voqealardan, hodisalardan, turli shaxslar 

hayotidan, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidan, yangi va farovon jamiyat qurish 

yo’lida insonlarni fozil, komil kishilar qilib tarbiyalashda foydalanish va hozirgi 

davrga xizmat qildirish eng dolzarb vazifalarimizdan hisoblanadi. 

 

Biz  insoniyatning  o’tmish  tarixini  o’rganganimizda  uni  sobiq  sovetlar 



davrida  hukmron  bo’lgan  g’oya,  ya’ni  tarixni  sinfiy  kurashlar  nuqtai  nazaridan 

talqin  etishlardan  yoki  noo’rin  bo’rttirib  ko’rsatishlardan  saqlanishimiz  zarur. 

Chunki,  “Biz  xalqni  nomi  bilan  emas,  balki  madaniyati  orqali  bilamiz, 

tarixning  tag  –  tomirigacha  nazar  tashlaymiz” 

11

.  Binobarin,  haqqoniy  tarix 

dillarga  hayot  qonini  quyuvchi,  tillarga  so’z  baxsh  etuvchi,  kunpayakun 

saltanatlarni  qayta  yaratuvchi,  o’tib  ketgan  asrlar  silsilasini    butun  hayajonlari, 

egalari  bilan  ko’z  o’ngimizda  namoyon  etib,  hayotimiz  sarhadlarini 

kengaytiruvchi  mo’jizadir.  Uning  ma’naviy  qudrati  ila  biz  barcha  kechmish 

zamonlarning  odamlariga  hamdamu  hamnafas  bo’lamiz,  ular  bilan  goh  suyib, 

goh  kuyib,  dilimizni  rag’batlantiruvchi,  hislarimizga  ozuqa  beruvchi  turli 

voqealar, ajabtovur fe’l – atvorlar dunyosiga  oshno bo’lamiz. 

                                                 

11

 I. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. “Sharq” , 1998 yil, 4 – bet. 



 

 

39 



39 

 

Tarixni  insoniyat  taraqqiyotining  dardu  quvonchlari,  g’alabalaru 



mag’lubiyatlari, yaratuvchilik qudratiyu barbod etuvchi qora kuchlari, jasorat va 

xiyonat,  oq  va  qoraning  shiddatli  to’qnashuvlari  haqida  hikoyalar  bitilgan 

kundalik daftar deyish mumkin. 

Shubhasiz, Harqanday sivilizatsiya ko’pdan – ko’p xalqlar, millatlar, 

elatlar  faoliyatining  va  samarali  ta’sirining  mahsulidir.  Bir  so’z  bilan 

aytganda,  ko’chmanchilar,  bosqinchilar  kelib  ketaveradi,  lekin  xalq  boqiy 

bo’lib  qolaveradi,  uning  madaniyati  abadiy  yashaydi

12

.  Umuman,  to’g’ri 

anglab yetilgan, chuqur idrok etilgan tarix ulkan ma’naviy kuchga aylanib, buyuk 

kelajakni yaratish omili bo’ladi. 

 

Ma’lumki, G’arb adabiyotlarida Yevropa mamlakatlarida XI – XV asrlarda 



keskin  madaniy  yuksalish  bo’lganligi  uqtiriladi.  Biroq  ko’pchilik  mualliflar 

Sharqda  shunday  jarayon  bo’lganligidan  ko’z  yumadilar.  Holbuki,  IX  –  XII 

asrlarda  Markaziy  Osiyoda  Yevropadan  bir  necha  asr  ilgari  madaniy  yuksalish 

yuz berganligini hech kim inkor eta olmaydi. “U Yevropadagidek yangi siyosiy 



–  iqtisodiy  jarayon,  ya’ni  burjua  munosabatlarining  vujudga  kelishi  bilan 

bog’liq  bo’lmagan  bo’lsa  –  da,  madaniyat  tarixida  so’nmas  iz  qoldirdi  va 

Yevropa Renessansining vujudga kelishiga katta ta’sir ko’rsatdi”

13

 

 

Shu  narsani  yana  alohida  ta’kidlab  o’tishimiz  joizki,  bugungu  ta’lim 



sohasida  bir  qancha  o’zgarishlar  olib  borilayotgan  davrda  “Jahon  tarixi”  ni 

oqitish va o’rganishning alohida vazifalari Davlat ta’lim standartlarida ko’rsatib 

berilgan.  “Jahon  tarixi”  fani  Davlat  ta’lim  standartlariga  muvofiq  insoniyat 

taraqqiyoti haqida to’la tasavvur berishi lozim

 

“Jahon  tarixi”  fanini  o’qitish  jarayonida  yangi  pedagogik    texnologiya 



usullaridan  foydalangan  holda  o’quvchilarda  ijodiy  fikrlashni  kuchaytirib, 

voqealarni  ma’lum  sinf  va  partiyalar  manfaatlari  nuqtai  nazaridan  emas,  balki 

umuminsoniy  manfaatlarga  mos  holda  xolisona  holda  ilmiy  ravishda  yoritib 

berilishi lozim.  

                                                 

12

 I. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. “sharq”,  1998 yil, 21 – bet. 



13

 Ma’naviyat yulduzlari. A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti. 2001. 11 – bet. 



 

 

40 



40 

“Tarixda  shaxslarning  roli”  degan  tushunchaga  yangicha  yondashish 

hamda  tarixda  shaxslarning  buyuk  rol  o’ynashi  mumkinligi  va  o’ynayotganligi 

tarixiy va ilmiy jihatdan asoslanishi kerak. 

 “Jahon tarixi” fanini o’qitishda uning davrlarini O’zbekistonning davrlari 

bilan birga taqqoslagan holda bog’lab yoritish hamda Jahon tarixida O’zbekiston 

tarixining  tutgan  or’ni  aniq  va  ravshan  ifoda  etilishiga  erishmoq  zarur.  Tarixiy 

voqealarni  bosqichma  –  bosqich,  ya’ni  izchillikka  rioya  qilgan  holda  ochish, 

xususan,  davr  va  zamon  ruhini  berish  hamda  mustaqil  O’zbekistonning 

istiqboldagi  taraqqiyotini  ko’zda  tutgan  holda  bayon  etilishiga  erishmoq  kerak. 

“Jahon tarixi” fanini insonparvarlashtirish masalasiga jiddiy e’tibor berish, ya’ni 

tarix  faqat  qarama  –  qarshi  sinflar  kurashidangina  iborat  deb  insoniyatni  ikkiga 

bo’lib,  bir  –  biriga  qarshi  qo’ymasdan,  balki  ularni  umuminsoniy  qadriyatlar 

asosida  o’zaro  totuvlikka,  bir  –  birlariga  yordam  berishga,  tinch  va  osoyishta 

yashash taraqqiyotning garovi ekanligiga ishontirish zarur. 

 

Xullas,  “Jahon  tarixi”  fani  orqali  xalqlarning  tarixiy  taraqqiyot 



rivojlanishini  o’rganish  yoshlarni  milliy  tiklanish  mafkurasi  ruhida, 

baynalmilalchi,  vatanparvar,  mehnatsevar  qilib  tarbiyalashga  xizmat  qilishi 

lozim.  “Jahon  tarixi”ni  o’qitish  va  o’rganishning  metodologik  asosini 

umumbashariy  va  milliy  qadriyatlar  ustivorligi,  tarixiylik,  xolisonalik, 

insonparvarlik  va  hozirgi  davrning  eng  ilg’or  ilmiy  –  nazariy  xulosalari  tashkil 

etadi.  “Jahon  tarixi”  fani  materiallari  kishilarda  yuksak  axloqiy  fazilatlar: 

o’zligini anglash, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, insof, diyonat, 

iymon, intizomlilik, o’z qadrini bilish, go’zallikni sevish kabi xislatlarni  kamol 

toptirish vositasidir. 

 

 



Bitiruv 

malakaviy 

ishimizni 

yozib 


tugatish 

arafasida 

yuqoridagilardan  xulosa  chiqargan  holda,  hozirda  yoshlarda  mustaqillik 

ma’naviyatini  tarbiyalash  barcha  tarixiy  –  madaniy  boyliklarning  asosiy 

tomonlarini  o’rganish,  milliy  madaniyatimiz  rivoji,  davrlari,  taraqqiyot 

qonuniyatlari,  ma’naviy  boyliklarni  yaratgan  yirik  siymolar,  donishmand 

adiblarning  merosini  o’zlashtirish,  boshqa  rivojlangan  mamlakatlar  madaniyati 


 

 

41 



41 

yutuqlarini o’rganish, ularga hurmat  – izzatda bo’lishni, bu masalalar bo’yicha 

keng  ta’lim,  o’quv  –  o’qituv  ishlarini  olib  borish  talab  etadi.  Bu  mustaqillik 

sharoitida  yosh  avlodni    milliy  –  madaniy  boyliklarini  yaxshi  bilgan,  milliy 

g’urur,  vatanparvarlik  hissi  bilan  yo’g’rilgan,  dunyo  madaniy  rivojlanish 

darajasidan  xabardor  bo’lib  yetishuvida  yetakchi  omil  bo’lib  xizmat  qiladi, 

degan  xulosaga kelindi.  Bunda o’quv  jarayonining barcha  tarkibiy  qismlaridan 

unumli  va  samarali  foydalanish  bugungi  zamonaviy  tarix  fani  o’qituvchisining 

oldiga qo’yilgan asosiy talablardan biri hisoblanadi.  

 

Zero bugungi yosh avlodni tarbiyalash o’qituvchi oldidagi muhim vazifa 



ekan,  ularni  kelajakda  o’z  yurtining  sodiq  farzandi  bo’lib  yetishishi  uchun, 

Prezidentimizning  “...  farzandlarimiz  bizlarga  nisbatan  kuchli  bo’lsin, 



bizlarga nisbatan dono bo’lsin, bilimli bo’lsin va albatta bizlarga nisbatan 

baxtli  bo’lsin!”

14

,  degan  iboralariga  amal  qilgan  holda  faoliyat  ko’rsatish 



zamonaviy o’qituvchining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                 

14

 Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi.Toshkent. “O’zbvekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 



2000. 237 – bet. 

 

 

42 



42 

Foydalanilgan adabiyotlar. 

 

1.  O’zbekiston  Respublikasining  «Ta`lim  to’g`risida»  gi  qonuni.  Barkamol 

avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1998 yil. 

2.  Karimov I.A. «Ma`naviy yuksalish yo’lida» T., «O’zbekiston». 1998 yil. 

3.  97 – bet.  

4.  Karimov  I.A.  «O’zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda»  T.,  «O’zbekiston» 

1999 yil. 315 – bet. 

5.  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., «Sharq». 1998 yil. 28  – 

bet. 

6.  Karimov  I.A.  “Barkamol  avlod  orzusi”.  “O’zbekiston  Milliy 



Ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. T. 2000 yil. 245 bet.  

7.  Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga 

xizmat etsin. «Tafakkur», 1998 yil, 2- son. 

8.  Azizxojayeva  N.N.  Pedagogik  mahorat  va  pedagogik  texnologiyalar.  T., 

2004. 214 bet. 

9.  Bespalko  V.P.  Pedagogika  i  progressivnie    texnologii  obucheniya  .  M., 

«Pedagogika», 1995. 233 bet. 

10. Bespalko  B.P.  Slagaemie  pedagogicheskoy  texnologii.M.,  1989  g.  189 

bet. 

11.  Klarin  M.V.  Pedagogicheskaya  texnologiya  v  uchebnom  prosesse.  M., 



1989 g. 234. 

12.  Lewy  Itross,  Bathory  Z.  The  Toxonomy  of  Educational  obyektiv  in 

Continental. Evrop, Univ. of Chikago.1994.P.146-163/ 

13.  Nazarova T.S. Pedagogicheskaya texnologiya: noviuy etap evolyutsii.

 

 T., 


1999,  st. 

14.  Ochilov  M.  Yangi  pedagogik  texnologiyalar.  Ma`ruzalar  matni.  Qarshi, 

«Nasaf», 2000 yil. 

15.  Podlasiy I.P. Pedagogika. Noviy kurs.  Kniga 1. M., «Vlados»,  2000 g. 

16.  Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. T., «Moliya», 2003y.  


 

 

43 



43 

17.  SOROS  xalqaro  ochiq  jamiyatining  «Tanqidiy  fikrlashni  rivojlantirish 

asoslari» fanlararo dasturi. T. 2004.  

18.  Farberman  B.L,  Musina  R.G,  Jumaboyeva  F.A.  Oliy  o’quv  yurtlarida 

o’qitishning zamonaviy usullari. T., 2002 yil. 89 bet.  

19.  Farberman  B.L.  Progressinie  pedagogicheskie  texnologii.-T.,1999.  165 

bet. 

20.  B. Farberman  Ilgor pedagogik texnologiyalar FAN T., 2000. 179 bet.  



21.  Ziyomuxammedov B.G. Abdullayeva SH. Ilg’or pedagogik texnologiya. 

T., Abu Ali ibn Sino, 2001. 122 bet.  

22.  Aganov  I.G.  K  voprosu  o  formirovaniye  kriticheskogo  obrazovaniye. 

2001.№2. 

23.  Farberman  B.L,  Musina  R.G,  Jumaboyeva  F.A.  Oliy  o’quv  yurtlarida 

o’qitishning zamonaviy usullari. O’quv-uslubiy qo’llanma. T., 2002. 124 

bet.  

24.  Podlasuy I.P. Pedagogika M.,Vlados, 2002. 



25.  Xaydarov  B,  Nuriddinov  B,  Rasulov  A.  va  boshqalar.  Ta’lim 

samaradorligini  oshirish  yo’llari.  Treninglar  uchun  qo’llanma.  T., 

UMKXTRI, 2002. 167 bet.  

26. Nishonov  A,  Xaydarov  B,  Nuriddinov  B.  va  boshqalar.  Baholash 

metodlari. O’quv metodik qo’llanma. T., 2003. 190 bet. 

27. Sh.  Mo’ydinova.  Q.  Kenjayeva.  Dars  va  texnologiya.  “Xalq  ta’limi” 

jurnali. 2012 y. 5 – son.  

28.  Yo’ldoshyev 

J. 

Yangi 


pedagogik 

texnologiya: 

yo`nalishlari, 

muammolari, yechimlari. // «Xalq ta`limi», 1999 yil, 4-son, 4-11 betlar.   



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin