O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi


Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha 2-trening mashg‘uloti



Yüklə 484,92 Kb.
səhifə4/6
tarix26.11.2022
ölçüsü484,92 Kb.
#70687
1   2   3   4   5   6
7-8-sinflar uchun kasbiy trening

Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha 2-trening mashg‘uloti

Kasblar zanjiri”.


Maqsad: turli xil kasblar va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, mehnat faoliyatining umumiy va ayrim turlari haqida ma’lumot berish hamda o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish.
Mashg‘ulot sharti:
Mashg‘ulot guruh xonasida o‘tkaziladi. Qatnashuvchilar soni
6-8 nafardan 10-15 nafargacha bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulot davomiyligi
7-10 daqiqadan 15 daqiqagacha.
Mashg‘ulotning borishi:
Hozir biz sizlar bilan “Kasblar zanjiri”ni hosil qilamiz. Men birinchi kasbni aytaman, siz esa, o‘xshashlik tomoni bor bo‘lgan navbatdagi kasbni aytib o‘yinni davom ettirasiz.
Masalan: metallurg kasbiga o‘xshashlik tomoni bo‘lgan oshpaz kasbi, eng asosiysi, ishtirokchilar kasblar o‘rtasidagi o‘xshashliklarni aytishi va boshqalar uni tushunishi kerak. Misol uchun, metallurg bilan oshpaz kasbining o‘xshashlik tomonlari, ikkalasi ham yuqori haroratli pechlarda, o‘t bilan ishlaydi.
Olib boruvchi navbat bilan quyidagi yo‘nalishda aniqlovchi savollarni o‘rtaga tashlaydi:
“Sizlar aytayotgan kasblarning, oldingi aytilgan kasblar bilan o‘xshashlik tomonlari bormi?” Bunda shu narsa ko‘zda tutiladiki aytilgan kasbning to‘g‘riligiga, guruh qatnashchilari tomonidan ishonch hosil qilinishi kerak.
O‘yinni muhokama qilish vaqtida, qatnashuvchilar diqqatini turli xil kasblar o‘rtasida umumiy o‘xshashliklar uchrashi mumkinligiga jalb qilish kerak. Misol uchun: o‘yinning boshida metallni qayta ishlash bo‘yicha kasb aytilgan bo‘lsa (yuqoridagi misol), o‘yin o‘rtasida – avtotransport bilan bog‘liq bo‘lgan kasb, o‘yin oxirida balet bilan bog‘liq bo‘lgan kasbga bog‘lanadi. Buni tasdiqlash uchun “Kasb zanjiri” o‘yinidan misol keltiramiz:
Metallurg – qassob – slesar’ (bular ham – kesadi, lekin metallni emas) - avtoslesar’ – taksist – estarada janri bo‘yicha qiziqchi (bular ham boshqalar kabi jamoa bilan muomala muloqotida bo‘ladi) – drama teatri artisti – balet artisti xok...). Turli xil kasblar o‘rtasidagi o‘xshashlikni boshqa kasblarda ham ko‘rish mumkin. Siz tanlagan kasbingiz orqali boshqa kasblarni ham o‘rganish imkoniyati tug‘iladi.
O‘yin yumor ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Misol uchun trolleybus haydovchisi bilan Oliy ta’lim muassasidagi professorning o‘xshashlik tomonini olib ko‘radigan bo‘lsak, har ikkalasi ham jamoatchilik joyida chiqish qiladi, hatto trolleybus haydovchisi ko‘p odamlar jamoasi bilan muloqot qiladi. Agar o‘quvchilar kasblar o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlikni tahlil qilishni o‘rganishsa, bu o‘yinning natijalari bo‘layotganidan dalolat beradi.



Yüklə 484,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin