kasbiy muvaffaqiyatga erishishni va mukofotni qo‘lga kiritishni, rag‘batlantirish hamda boshqalarni o‘z ichiga olgan holatda aniq kasbiy yutuqqa erishish.
3. Varaqning yuqori qismiga kasbiy maqsadingiz (yo‘lingizning yakuniy bekati) ni yozing.
4. “Yo‘l xaritangizda” oraliq bekatlaringizni o‘ylab toping va yozing.
5. Juftlikka bo‘linib sherigingizga kasbiy maqsadingizga erishish yo‘li haqida gapirib bering. Sherigingiz bilan birga xuddi shu maqsadga boruvchi muqobil (boshqa) yo‘lni ishlab chiqishga harakat qiling. Mana shu boshqa yo‘lni o‘z xaritangizda aks ettiring.
O‘tkazish jarayoni va trenerlarga tavsiyalar Ushbu mashg‘ulotni treningning istalgan qismida qo‘llash mumkin. Biroq ushbu mashqni murakkabroq bo‘lgan “Hayot xaritasi” mashg‘ulotidan avval mashq sifatida o‘tkazishni tavsiya qilamiz.