137
vazifalari kо‘proq botanikadan bо‘lishi mumkin. Ularni bajarish uchun taxminan
necha kun kerakligi quyida keltirilgan
Gerbariy quritish uchun – 7 kun
Urug‘ning har xil sharoitda unib chiqishi – 7 kun
Ildizning о‘sishini kuzatish – 10 kun
Qalamcha va parxishdan о‘simlik о‘stirish uchun – 14 kun
Tajribalar natijasini о‘quvchilar о‘qituvchining kо‘rsatmasiga binoan tegishli
darslarga olib keladilar. Tajribalar haqida ma’lumot beradilar. О‘z tajribasini
о‘qituvchi bajarayotgan tajriba bilan taqqoslaydilar. Zoologiya bо‘yicha amaliy
ishlar asosan kuzatishlar bilan bog‘liqdir. Masalan: qushlarning in qurishi, tuxum
bosib yotishi, qaldirg‘ochlarning jо‘jalariga hasharotlar olib kelishi kabilardir.
Odam va uning salomatligi kursidan uy vazifalari ham amaliy va tadqiqiy
mazmunda bо‘lishi mumkin. Bularga uy sharoitlarida suyaklarni kuydirish, ularni
kislotaga solish, hayvonlarda shartli reflekslar hosil qilish kabilarni olish mumkin.
Umumiy biologiya kursidan ham tabiiy obektlar bilan ishlash bо‘yicha har xil
mustaqil topshiriqlar bо‘lishi mumkin. Bunday topshiriqlar organizm shakllarining
xilma-xilligini о‘zgaruvchanligini va moslanishlarini har xil ekologik omillarini
organizmga ta’sirini о‘rganish yuzasidan bо‘lishi mumkin. Uyda о‘tkazilgan
tajriba natijalari tо‘plangan gerbariy va kolleksiyalar darslarda foydalaniladi.
О‘quvchilarning axborotlari о‘qituvchi bayon qiladigan materialga kiritiladi.
O’quvchi yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish, shu jumladan dunyo
bozoriga milliy an’analarimiz asosida maktablarda fan to’garaklarining faoliyati,
o’quvchilar tomonidan yaratilgan mahsulotlarni namoyish qilish, maktabdan
tashqari ta’limga o’quvchilar qamrovini oshirish, o’quvchilar qiziqishlariga ko’ra
to’garaklarni tashkil etish va doimiy faoliyat olib borishiga jiddiy e’tibor berish
aytib o’tilgan.
Dostları ilə paylaş: