142
Ekskursiyani о‘tkazish usuli.
Biologiyadan ekskursiya о‘tkazishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
Ekskursiya о‘qituvchini kirish suhbati bilan boshlanadi.
Bunda ekskursiya
mavzusi, maqsadi va о‘tkazish tartibi tushuntiriladi. Keyin о‘quvchilar guruhlarga
bо‘linib, ularning har biriga mustaqil ish tо‘g‘risida tegishli topshiriq beriladi.
Ekskursiya
jihozlari
о‘quvchilarga
javobgarligi
tayinlangan
holda
taqsimlanadi.Maktabda ekskursiya joyiga borish har xil bо‘lishi mumkin.
Transport harakati kо‘p bо‘lgan shaharlar va qishloq kо‘chalaridan о‘quvchilar
tashkiliy ravishda borishlari ma’qul. Dala kо‘chalari va sо‘qmoq yerlardan erkin
holda yurishga ruhsat beriladi. Ekskursiyaning asosiy
qismi ekskursiya joyidagi
obektlarni о‘rganishdir. Bunda avvalo ekskursiya joyining xarakteri (bog‘, park,
dala, о‘tloq, suv havzasi, qir va xokazo) aniqlanadi.
О‘quvchilar
e’tibori
tabiatning jumladan о‘simlik va xayvonlarning mavsumiy xolati va har joyning
о‘ziga xos gо‘zalligiga estetik tomonlarga qaratiladi.
Ekskursiya joyidagi obektlar 2 xil usul: Illyustratsiya
va mustaqil ishlar
tashkil qilish usuli bilan о‘rganiladi. Illyustratsiya usuli – о‘qituvchining
ekskursiya joyidagi obektlarni frontal ravishda kо‘rsatish tushuntirib berishni
nazarda tutadi. Bunda о‘qituvchi о‘simlik
va hayvonlarni, ularning ayrim
qismlarini, hayot xodisalarini izchillik bilan birma-bir kо‘rsatib, о‘quv materialini
tushuntiradi, ayrim masalalar esa suhbat yо‘li bilan hal qilinadi.
Ekskursiya joyini mustaqil ishlar uyushtirish usuli – bilan о‘rganadilar
о‘quvchilar mо‘ljallangan о‘simlik yoki hayvonni mustaqil о‘rganiladilar, material
yig‘adilar. Bu ishlar yuzasidan о‘quvchilar tegishli topshiriq olgan bо‘lishlari
kerak.
Topshiriq aniq, qisqa va о‘quvchilar uddalay oladigan bо‘lishi kerak. Bu
topshiriqlar quyidagicha bо‘lishi mumkin:
1.Ekskursiya davomida о‘quvchilarning maxsus daftar yuritishlari zarur. Ular
daftarga о‘zlari olib borgan kuzatish natijalarini о‘rganilgan va yig‘ilgan о‘simlik
yoki xayvonning nomlari, xarakterli
belgilari va xususiyatlari, qanday sharoitda
uchragani, hamda boshqa tafsilotlarni yozib boradilar.
143
2.Ekskursiya obektlarini о‘rganish oxirida mashg‘ulotga
dastlabki yakun
yasaladi, bunda о‘rganilgan о‘quv materiali qisqacha takrorlanadi,
mustaqil ish
bо‘yicha topshiriqlarning qanday bajarilganligi tо‘g‘risida zveno (gruppa)
boshliqlarining axborotlari tinglanadi, о‘kuvchilar faoliyatidagi
ijobiy va salbiy
tomonlar qayd qilinadi.
3.Ekskursiya davomida yoki unga yakun yasalayotganda о‘quvchilar
mavzuga bevosita aloqador bо‘lmagan xilma-xil savollar berishlari mumkin.
Bunday xollarda qanday yо‘l tutish kerak? Agar har qanday savollarga tо‘liq javob
beriladigan bо‘lsa, asosiy mavzudan chekinishga tо‘g‘ri keladi. Javob qisqa va
aniq bо‘lsin.
4.Ekskursiyadan qaytish unga borish tartibida bо‘ladi;
ekskursiyaning
yakunlanishi ham albatta tashkiliy ravishda bо‘lmog‘i lozim. О‘qituvchi
ekskursiyaning tamom bо‘lganligi tо‘g‘risida e’lon qiladi. Eng yaxshisi,
ekskursiyani maktabga qaytib kelgandan keyin tugallangani ma’qul.
5.Ekskursiyadan yig‘ib kelingan materiallar ularni kelgusida о‘rganish uchun
tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: