O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining mazmuni va mohiyati


-rasm. Respublikamizda qishloq xo’jaligi rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari



Yüklə 79,01 Kb.
səhifə10/12
tarix19.12.2023
ölçüsü79,01 Kb.
#186697
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Haraka-fayllar.org

3-rasm. Respublikamizda qishloq xo’jaligi rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari12
Agrar sektorda amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlar natijasida o’tgan 2000-2019 yillar oralig’ida yalpi ichki mahsuloti tarkibida qishloq xo’jaligining salmog’i va qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining yillik o’sish sur’atlarini tahlil qilib o’tamiz (3-rasm).
2019-yilda bu ko’rsatkichning yillik o’sish sur’ati 2,5% ni tashkil etib, hisob- kitoblarga ko’ra buning natijasida 2000-2019 yillar oralig’ida yillik o’rtacha o’sish sur’ati 5.89% aylandi. 2000-2012 yillarda oralig’ida mamlakat yalpi ichki mahsulotida qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining salmog’i kamayib borish tendensiyasi kuzatilgan bo’lsa, oxirgi besh yilda barqaror dinamik o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda, ya’ni 2012-2019-yillar oralig’ida o’rtacha 17,1% ulushga ega ekanligini aytish mumkin.
Mamlakatimiz qishloq xo’jaligiga respublikamizdagi har bir hududlarni tahlil qilish orqali baho beramiz. 2019-yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 224,3 trln. so’mni yoki 2018 - yilning mos davriga nisbatan 102,5 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar - 217,2 trln. so’mni (102,4 %), o’rmon xo’jaligi - 5,7 trln. so’mni (101,8 %), baliq xo’jaligi - 1,4 trln. so’mni (127,0 %) tashkil qildi.
3-rasm. Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining taqsimlanishi (%)13
Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsulot (xizmat) lar umumiy hajmining 96,9 %i dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar, 2,5 %i - o’rmon xo’jaligi, 0,6 %i - baliq xo’jaligi hissasiga to’g’ri keladi (3-rasm).
2019 – yilning yanvar – dekabr oylarida hududlar kesimida qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Samarqand (30,3 trln. so’m) va Andijon (24,4 trln. so’m) viloyatlariga to’g’ri kelmoqda. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Sirdaryo viloyati (7,3 trln. so’m), Qoraqalpog’iston Respublikasi (8,1 trln. so’m) va Navoiy viloyatini (10,3 trln. so’m) keltirib o’tish mumkin (4-rasm).


Yüklə 79,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin