O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining mazmuni va mohiyati


-rasm. Hududlar kesimida qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsulot (xizmat)larining hajmi



Yüklə 79,01 Kb.
səhifə11/12
tarix19.12.2023
ölçüsü79,01 Kb.
#186697
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Haraka-fayllar.org

4-rasm. Hududlar kesimida qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsulot (xizmat)larining hajmi14
Respublika ko’rsatkichidan (102,5 %) yuqori o’sish sur’atlari Qoraqalpog’iston Respublikasi (106,6 %), Xorazm (105,7 %), Surxondaryo (104,6 %), Buxoro va Jizzax (104,3 %), Farg’ona (104,2 %), Andijon (103,4 %) viloyatlarida kuzatildi. Toshkent (93,8 %), Sirdaryo (101,2 %), Qashqadaryo (101,5 %), Samarqand (102,2 %) va Navoiy (102,3 %) viloyatlarida esa aksincha o’sish sur’atlari pastligi kuzatildi (5-rasm).
Ma’lumki, 2019-yildagi yalpi ichki mahsuloti tarkibidagi qishloq, o’rmon va baliq xo’jaliklari mahsulotlari 28,1% ulushga ega (1-jadval). Qishloq xo’jaligiga to’liq baho berish maqsadida har bir hududda qishloq xo’jaligining o’rni va mamlakatimiz qishloq xo’jaligini rivojlantirishga ta’sirini tahlil qilamiz.

5-rasm. Hududlar bo’yicha qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsulot (xizmat)larining o’sish sur’ati15
Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi tarmog’i muhim ahamiyatga ega. Chunki respublikamiz aholisining 48,4 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ulaming turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog’liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida ham qishloq xo’jaligi tarmog’i sezilarli salmoqqa ega.
Qishloq xo’jaligi tarmog’i mamlakatimiz agrosanoat majmuasining muhim bo’g’ini bo’lib, uning quyidagi ahamiyati mavjud:
1-jadval
2017-2019-yillarda iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha YaIMning tarkibi (jamiga nisbatan % da)16


2017-yil


2018-yil


2019-yil


I. YalM, jami


100,0

100,0

100,0

shu jumladan:







Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati


88,5

88,8

90,9

Mahsulotlarga sof soliqlar

11,5

11,2

9,1

II. Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati

100,0

100,0

100,0

Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi

34,0

31,5

28,1

Sanoat (qurilishni qo’shgan holda)

27,9

32,6

36,4

sanoat

22,2

26,5

30,0

qurilish

5,7

6,1

6,4

Xizmatlar

38,1

35,9

35,5

savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar

8,0

7,4

6,9

tashish va saqlash, axborot va aloqa

9,5

8,5

7,7

boshqa xizmat tarmoqlari

20,6

20,0

20,9


Birinchidan, u aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda mazkur tarmoqning o’ini beqiyosdir, chunki aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari asosan qishloq xo’jaligi tarmog’ida yetishtiriladi.

Ikkinchidan, qishloq xo’jaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyoning asosiy qismini yetkazib beradi. Qishloq xo’jaligi tarmog’ining rivojlanish darajasi sanoat ushbu sohalarining ishlab chiqarish miqdori va samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Mutaxassislaming hisob-kitoblariga ko’ra, to’qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlaming 40 foizini qishloq xo’jalik xomashyosi tashkil qilsa, ushbu ko’rsatkich qand ishlab chiqarish sanoatida 70 foizni, sut va yog’ mahsulotlari ishlab chiqarishda esa 80 foizga yaqinni tashkil qiladi.


Uchinchidan, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi mamlakat og’ir sanoatining rivojlanish sur’atiga va darajasiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligi tarmog’i yirik miqdorda ishlab chiqarish vositalarini iste’mol qilgani holda, qishloq xo’jalik texnikalari va melioratsiya mashinalari ishlab chiqaruvchilar hamda qishloq xo’jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniqsa mineral o’g’itlar ishlab chiqarishga faol ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan moddiy xarajatlaming asosiy qismini sanoat tarmog’i yetkazib beradigan ishlab chiqarish vositalari tashkil qiladi (YMM, ehtiyot qismlar, mineral o’g’it, omuxta yem va boshqalar).
To’rtinchidan, qishloq xo’jaligi tarmog’i mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashda ham katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 50 foizga yaqini qishloq joylarda istiqomat qiladi. Aholini ish bilan ta’minlash, ularning turmush farovonligini oshirish ko’p jihatdan mazkur tarmoqda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming natijalariga bevosita bog’liqdir. Bu tarmoqda 2000-yilda 3,7 mln. kishi band bo’lgan bo’lib, u iqtisodiy faol aholining 38 foizini tashkil etgan. Keyingi yillarda qishloq xo’jaligida band bo’lganlaming jami mehnat resurslaridagi salmog’i pasaygan bo’lsada, ushbu tarmoq qishloq aholisini ish bilan ta’minlash va ulaming turmush farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Beshinchidan, qishloq xo’jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi roli yana shu bilan aniqlanadiki, u mamlakatning iqtisodiy salohiyatini belgilab bemvchi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarda ham sezilarli salmoqqa ega. Bu tarmoqda mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismi yaratiladi. 2019-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 28,1 foizi qishloq xo’jaligi tarmog’ida yaratilgan (1-jadval). Kelajakda boshqa tarmoqlar izchil rivojlanishi natijasida qishloq xo’jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi kamayishi mumkin. Lekin mamlakatimiz iqtisodiyotida mazkur tarmoqning o’rni va ahamiyati sezilarli darajada qolaveradi.
Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlami shakllantiradigan, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlash imkoniyatini beradigan tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Bunda sohaga oid turli dasturlarning qabul qilinib, hayotga tatbiq etilishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Natijada qishloq xo’jaligining yuqori sur’atlarda rivojlanishini ta’minlash va shu orqali respublika iqtisodiyotini yuksaltirishga erishilmoqda.


Xulosa
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalar Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo’nalishida keltirilgan hamda sohada amalga oshirilishi belgilangan muhim yo’nalishlar yoritilgan.
Qishloq xo’jaligi moddiy ishlab chiqarishning ikkinchi yirik tarmog’idir. U kishilik jamiyatining eng qadimgi xo’jalik sohasi hisoblanadi. Shu bilan birga, bu ishlab chiqarish tarmog’i barcha davrlarda insonning kundalik iste’mol mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondiruvchi asosiy manba bo’lib xizmat qilgan. Shu sababli, jahonda bironta mamlakat yo’qki, unda qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq bo’lgan o’rmon, ovchilik, baliqchilik xo’jaliklari tashkil topmagan bo’lsin. Hozirgi vaqtda bunday xo’jalik tarmoqlarida hammasi bo’lib 1,2 mlrd. dan ortiq kishi yoki jami iqtisodiy faol aholining 70 foizidan ko’prog`i ish bilan band.
Qishloq xo’jaligining asosiy xususiyatlaridan biri uning joylardagi tabiiy iqlim sharoiti bilan chambarchas bog’liq ekanligidir. Boshqacha aytganda, tabiiy iqlim sharoiti imkon bersagina muayyan hududlarda bug’doy, sholi, paxta, meva, choy kabi mahsulotlarni yetishtirish mumkin bo’ladi. Shu sababli, qishloq xo’jalik tarkibi va tarmoqlarining hududiy joylashish holati turlicha bo’ladi.
2018 yilda O’zbekistonning 70 foiz ekin maydonlari paxta va bug’doy yetishtirish uchun ishlatilgan. Oxirgi bir necha yillarda ba’zi yer maydonlari paxta va bug’doy yetishtirishdan chiqarildi. Lekin qishloq xo’jaligini rivojlantirishda unumdorlikni oshirish uchun hozirgi kunda mazkur ikki mahsulot ekish uchun ishlatilayotgan qo’shimcha maydonlardan keyinchalik boshqa yanada foydali ekinlarga, xususan, meva va sabzavotlar ekish uchun foydalanish lozim.
Jahon banki hisob-kitoblariga ko’ra, O’zbekiston paxta va bug’doy maydonlarini qisqartirish, masalan ularni 50 foizgacha kamaytirish qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 51 foizga, qishloq xo’jaligida bandlikning 16 foizga, suv tejamkorligining 11 foizga oshishiga olib keladi.
2019 yilda O’zbekiston agro oziq-ovqat mahsulotlari eksport qiymati bor-yo’g’i 1,2 mlrd dollarni yoki har gektar mahsuldor yerga nisbatan 305 dollarni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, o’sha yili Vetnam 40 mlrd dollarlik qishloq xo’jalik mahsulotini eksport qilgan. Bu davlatning eksportdan olgan foydasi har bir gektar mahsuldor yerga 6100 dollarni tashkil qiladi.
Boshqa davlatlar qishloq xo’jaligiga YAIMning nisbatan kichikroq ulushini ajratadilar. O’rta daromadli mamlakatlar YAIMning o’rtacha 0,6 foizini sarflaydi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) yuqori daromadga ega mamlakatlarida yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida mablag’ ajratiladi. 2019 yilda Qozog’iston qishloq xo’jaligiga YAIMning 0,8 foizini, Vetnam esa 0,5 foizini sarfladi. Xatto yigirma yil avval ham o’rta daromadli mamlakatlar kambag’al bo’lganida, ularning qishloq xo’jalik byudjetlari YAIMga nisbatan 1,3 foiz ni tashkil qilar edi.
2019-yilda YaIM tarkibida qishloq xo’jaligining salmog’i o’sish sur’ati 2,5% ni tashkil etib, hisob- kitoblarga ko’ra buning natijasida 2000-2019 yillar oralig’ida yillik o’rtacha o’sish sur’ati 5.89% aylandi. 2000-2012 yillarda oralig’ida mamlakat yalpi ichki mahsulotida qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining salmog’i kamayib borish tendensiyasi kuzatilgan bo’lsa, oxirgi besh yilda barqaror dinamik o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish orqali ekologik toza, hosildorligi yuqori bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish natijasida mamlakat eksport salohiyatini va aholi farovonligini oshirish nazarda tutiladi.


Yüklə 79,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin