Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan
ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga
iste’foga chiqadi.
Yangi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari
bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi
qonun
bilan
belgilanadi.
(98-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi O‘RQ-366-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)
Dostları ilə paylaş: