O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/31
tarix06.07.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#62671
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
constitution oz

(93-modda birinchi qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 apreldagi 
O‘RQ-284-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 16-son, 159-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
(93-moddaning birinchi qismi 13-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 maydagi 
O‘RQ-430-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 22-son, 406-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
14) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar 
va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi 
raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy 
kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi;


(93-moddaning birinchi qismi 14-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 apreldagi 
O‘RQ-426-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 213-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
15) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini 
hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. 
Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-
harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod 
etishga haqli; 
(93-modda birinchi qismining 15-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 apreldagi 
O‘RQ-284-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 16-son, 159-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
16) respublika davlat boshqaruvi organlarining va hokimlarning qabul qilgan 
hujjatlarini ular qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda to‘xtatadi, bekor 
qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli; 
(93-modda birinchi qismining 16-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi 
O‘RQ-366-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda) 
17) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga o‘z 
e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli; 
18) O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa 
qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati 
e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining tasdig‘iga kiritadi; 
19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy 
ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, 
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy 
etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan 
belgilanadi; 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti 
to‘g‘risida»gi Qonunning 
24-moddasiga
va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi Qonunning 
26-moddasiga
 qarang. 
20) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, 
Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy 
unvonlar beradi; 
21) O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, 
O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi; 
22) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid 
masalalarni hal etadi; 
23) amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari 
tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
24) Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik 
shu masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga 
kiritadi; 
(93-modda birinchi qismining 24-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi 
O‘RQ-366-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda) 
25) ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan 
boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 


Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga 
topshirishga haqli emas. 
(93-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda — 
Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda) 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin