O‘zbekiston yozuvchilar



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/25
tarix28.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#103986
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Omon Matjon. Maqsudam (2021)

NOZIM HIKMAT ZINALARI
Nozim Hikmat bir gal Toshkentga kelgani-
da nashriyotga kirishi lozim bo‘lib qoldi. Lekin 
binoning yangi – zinalari bitmagan, o‘rniga 
taxtalar tashlab qo‘yilgan edi. Shoirning yuragi 
ham ancha charchab qolgan paytlar...
To‘rtinchi qavatga uni qo‘lda ko‘tarib chiq-
dilar.
Uni eltar ekan mehrli qo‘llar,
oyoqlar ostida taxta lapanglab,
xayollar ichradir mening turk og‘am,
Xizr bobo yanglig‘ o‘zda nur jamlab.
Bu zinalar gapmi?!
Moviy ko‘z ustoz
azob yo‘llarining o‘tgan baridan – 
turmalar, tergovlar, o‘ch, razolatning
turfa qabatlari, zinalaridan.
Oh, sening taqdiring!
Ozmi jahonda,
Shoirga qatag‘on qilguvchi turqlar!
Ozmi inqilob, deb yo ozodlik deb,
Tilidan, elidan quvilagan turklar?!
Qaydaki erksizlik, xiyonat hokim,
Kasofat mirshabdir, tulkilar to‘ra.
Jahonning jamiki sotqinlariga,
Shoir o‘t ochishdan tinmaydi sira.
www.ziyouz.com kutubxonasi


MAQSUDAM
87
O‘tmishdan kelarmi, kelajakdanmi,
la’nat jaholatga!
Senga ham la’nat,
Shoirning qo‘lini tishlagan kishan,
yangroq so‘zni yovi – biqqi sukunat!
She’riyat! Bardam bo‘l!
Yuksalmoqdamiz
so‘ngsiz zinalardan! Qaytmasmiz izga!
Bizga cho‘zilmoqda minglab mard qo‘llar,
Yuraklar ergashib kelmoqda bizga.
Doim shu ishtiboh, doim shu gina, 
Hayoning oldida dunyo kichkina.
Bir sazo kutibsan mendan jimgina, 
Men oldga bir qadam o‘taqolmabman.
Na elchim bor mening, na tarjimonim, 
Tilsizligim bois ortar armonim. 
Xayoldan bo‘lakka yetmas farmonim, 
Yuragimni vakil etaqolmabman.
Bori el baribir so‘zlarlar bizdan, 
Yolg‘iz o‘y sursak-da, kelarlar izdan. 
Hechsa, borligimni gizlab yot ko‘zdan, 
Soyangni bir nafas tutaqolmabman.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Omon MATJON
88

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin