Qo‘g‘irchoq teatri jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida saxnalashtirish
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida saxnalashtirish tarixi
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida o‘g‘irchoq teatrining sahnadagi xatti-harakati haqida gap ketganda shuni ta'kidlash lozimki, drama teatrida artist o‘zi ijro etayotgan rolning ichki kechinmalarini ochish uchun qo‘g‘irchoqqa xos va mos bo‘lgan harakatlar qilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Lola” qo‘g‘irchoq teatrida “mening qo‘g‘irchog‘im qanday harakat qiladi” degan qonun bor.
“Kachal Polvon”
O‘zbek an'anaviy qo‘g‘irchoq teatri qahramonlaridan biri “Kachal Polvon” hisoblanadi. Kachal Polvon qo‘g‘irchog‘i, asosan, qo‘lga kiyib o‘ynatilgan. Uning bosh qismi yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, egnida ko‘ylak, chopon, boshida do‘ppi bo‘lgan. Tashqi ko‘rinishi qirra burun, qoshli. U oddiy xalq vakili sifatida “chodir jamol” turi tamoshalarida qatnashgan. Ushbu tomoshalar XIV asrdan boshlab xalqning e'tiboriga tushgan.
2.Qo‘g‘irchoq teatri jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotida muhim tutgan o`rni
Qo‘g‘irchoq teatri jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Shu bilan bir qatorda qo‘g‘irchoq teatri, uning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish tarixi xususida olimlarimiz bir qator izlanishlar olib borganlar.
Chimkent kichik qo‘g‘irchoq teatri. Chimkentda Katta machit mahallasida yashovchi qo‘g‘irchoqboz Saidazimxo‘ja Islomxo‘jaevdan sotib olingan. Kolleksiya 18 qo‘g‘irchoqdan iborat.
Toshkent qo‘g‘irchoq teatri
Toshkent kichik qo‘g‘irchoq teatri.Toshkentda Sebzor daha, Xo‘ja Paroshkon mahallasida yashovchi qo‘g‘irchoqboz Orifjon Otajonovdan sotib olingan. Kolleksiya 10 qo‘g‘irchoqdan tashkil topgan.
Toshkent katta qo‘g‘irchoq teatri. Bu kolleksiya ham Orifjon Otajonovdan sotib oligan bo‘lib, 47 qo‘g‘irchoqdan iborat.
Qo‘g‘irchoq teatrining saxnalashtirish tarixidan ma'lumki, qadim zamonlarda odamlar yog‘ochdan va uning po‘stloqlaridan, sopoldan turli hayvonlar, qushlar, shuningdek, mabudlarning qo‘g‘irchoqlarini yasab, ularga sig‘inganlar, harakatga keltirganlar, o‘ynatganlar. O‘rta Osiyo, shu jumladan, O‘zbekiston sarhadlarida ham VIII asrgacha otashparastlik, Budda dinlariga sig‘ingan kishilar o‘zlari yoqtirgan ma'budalarning haykalchalarini e'zozlab, ular bilan jonli mavjudot sifatida muloqotda bo‘lib kelishgan. Ya'ni o‘ziga xos qo‘g‘irchoq teatri hosil bo‘lgan. Musulmonlik davridan boshlab qadimgi diniy marosimlar, urf-odatlar, tomoshalar va bayramlar qo‘g‘irchoq teatri sahnalariga ko‘chgan hamda o‘yin shaklida bolalar dunyosiga kirib kelgan.
Qo‘g‘irchoq teatrining saxnalashtirish
Dastlabki qo‘g‘irchoqlar qo‘lga kiyilib, barmoqlar yordamida harakatga keltirilgan yoki bo‘lmasa dastasidan ushlab o‘ynatilgan. O‘zbekistonda bunday qo‘g‘irchoq turi chodir jamol deb, uning qahramoni Polvon Kachal deb atalgan.
O‘zbek xalq teatri o‘tgan asrda asosan ikki xilda namoyon bo‘lgan:
mazharaboz-qiziqchilar hamda qo‘g‘irchoq teatri. Birinchi xili asli bir necha janrlardan: kichik satirik mazmundagi sahnalarni bajaruvchi mas’haraboz-qiziqchilardan, sahnalashtirilgan chiqishlar bajaruvchi yirik vakillardan, ya'ni askiyaboz, dorboz, muallaqchi, nayrangboz (fokuschi), yog‘ochoyoq va musiqachilardan iborat bo‘lgan.
Ikkinchi xili qo‘g‘irchoq teatri yoki qo‘g‘irchoq o‘yin hamda qo‘l qo‘g‘irchog‘i. Ya'ni qo‘l bilan boshqarilgan chiqishlar hamda ip bilan boshqariladigan qo‘g‘irchoq o‘yin (chodir hayol ) dan tashkil topgan. Barcha xalq teatri san'atkorlari – mazharabozlar, qiziqchilar, qo‘g‘irchoq o‘yinlari, sozandalar bir uyushmaga birikkanlar. Bir uyushma ”mehtarlik” yoki ”korxonai sozanda” deb nomlangan va o‘zining risolasiga ega bo‘lgan, uning boshida maxsus saylangan oqsoqol - mehtarboshi turgan