Mavzu: Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lishi, tarixiy ildizlari va tarbiyaviy ahamiyati. Reja: Qo‘g‘irchoq teatri tarixi.
O‘zbekistonda qo‘g‘irchoq teatri qadimiy turlari.
Fonus xayol
Chodir jamol
Chodir xayol
Dunyo xalqlarining qadimiy milliy qo‘g‘irchoqlari haqida.
Qo‘g‘irchoq teatrlarining tarbiyaviy ahamiyati.
Qo‘g‘irchoq o‘yin tomoshalari butun dunyoning ko‘plab xalqlarining azaliy an’analaridir. Jumladan, O‘zbekistonda ham qo‘g‘irchoq teatrining uzoq o‘tmishi mavjud. O‘zbekistonda qo‘g‘irchoq teatri an’analari eramizdan avvalgi VI-IV asrga, Ahmoniylar hukmronligi davriga borib taqaladi. Biroq, qo‘g‘orchoq teatri XIV asrga, Amir Temur hamda Temuriylar hukmronligi davriga kelibgina keng tarqala boshlagan. Dunyo xalqlaridan Qadimgi qo‘g‘irchoq teatri Misrning bayramlari bilan bog‘liq tarixga ham ega. Xudo Osirisning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan sahna ko‘rinishlarini ko‘rishga ko‘plab odamlar yig‘ilgan. Shu lavhalarda qo‘g‘irchoqlardan foydalanilgan. Qadimgi Yunonistonda juda ko‘plab qo‘g‘irchoqlar yasalgan bo‘lib, ular qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan va bayramlarda harakatga keltirilgan. Yunonistonda kimdir old devori bo‘lmagan quti yordamida dunyoni tasvirlash g‘oyasini ilgari surgan. Sandiq ko‘rinishidagi sahnani o‘ylab topgan. Pastki qismida qo‘g‘irchoq o‘ynatishga moslashgan teshiklar bo‘lib, ular orqali qo‘g‘irchoqlar harakatga keltirilgan (bu er.av. VI-IV asrlarga to‘g‘ri kelgan). Shu-shu qo‘g‘irchoq teatri dunyoga keldi. Qo‘g‘irchoqbozlar butun dunyoda qo‘g‘irchoqlarni ertak, masal, hikoya, rivoyat, afsonalarni sahnalashtirgan va xalqlarning milliy qo‘g‘irchoq san’ati taraqqiy eta boshlagan.
Qo‘g‘irchoq teatri repertuarlarining ilgari yozma matni bo‘lmagan. Qo‘g‘irchoq tomoshalarning so‘zlari va harakatlarini yodlash orqali, uzoq mashqlar natijasida avloddan-avlodga, ustozdan shogirdga o‘tkazib kelingan. Qo‘g‘irchoq o‘yinlarining Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani G‘ishti qishlog‘ida yashab o‘tgan Xolmurod bobo (1897-1967), uning otasi Siddiq Kalon (1858-1840), bobosi Abdukarim (1800-1870)lar mashhur namoyondalaridan bo‘lishgan. Bundan tashqari toshkentlik Tursunboy Abdujabborov, samarqandlik Novvot lug‘takboz, Mahmud Mehtar, Hamro bobo, Buxorodan yana Zarif Misgar, Qori Hoji, Sharof Chala, Sadriddin Eshon, Rajab Meshkob kabi o‘nlab qo‘g‘irchoqbozlar o‘tishgan. Qo‘g‘irchoqbozlar asosan jamiyatdagi yomon illatlar, zo‘ravonlik, amaldorlar zulmini xalqqa kulgili qilib ko‘rsatib berishga harakat qilishgan. Oddiy mehnatkash xalqqa zavq, kulgu-tabassum ulashgan va asl haqiqatlar haqida odamlarga tushuncha bergan. Ayniqsa, XIX-asr o’rtalarida qo’g’irchoq o’yin satirasining tig’i o’tkirlashdi. Qo’g’irchoqbozlar faollashib, hukmron tabaqalarga nisbatan o’z munosabatlarini va baholarini dadil hamda oshkora ifoda qildilar. Satira tig’iga yirik amaldorlar, sutxo’rlar, o’g’rilar sharmandai sharmisor bo’ldilar[2]. Qo‘g‘irchoqbozlar mehnatkash xalq orasidan chiqqan bo‘lib, ular hech vaqt boy yashamagan, ularga amaldorlar tomonidan tayziqlar, tahqirlashlar, kamsitishlar, xo‘rlashlar bo‘lib turgan. Dindorlar esa qo’g’irchoq teatrini «shayton o’yini»‚ narigi dunyoda qo’g’irchoqlar jon talab qiladi, «qo’g’irchoqboz shakkok va diyonatsiz» degan gaplarni xalq orasida targ’ib qilib kelganlar.
Qo‘g‘irchoq o‘yinlari odamlar gavjum joylarda, bozorlarda, xalq bayramlarida namoyish etilgan. Qo‘g‘irchoq tomoshalari soddagina qurilgan (sahna)minbarlarda ko‘rsatib berilgan. Teatr mazmunini jamiyat: boy va kambag‘allar o‘rtasidagi munosabatlar, oddiy xalq hayoti, sevishganlar, do‘stlik-dushmanlik, yaxshilik-yomonlik, sadoqat-xiyonat kabi mavzular tashkil etgan.
K.S.Stanislavkiy iborasi bilan aytganda “Har bir san’at turi o‘z ifoda vositasiga tayanib inson ruhiyati, hayotini gavdalantirishdan iborat” - deb fikr keltirib o‘tgan [1]. Yana taniqli san’atshunos olim, professor Muhsin Qodirov “Qo‘g‘irchoq teatri – san’atning ajoyib, ta’sirchan turlaridan biri. Uning jozibadorligi, tomoshaviyligi, qandaydir sodda go‘zalligi “mo‘jizali” tabiatga ega bo‘lishidadir. Boshqa paytda oddiy bolalar o‘yinchog‘idan farq qiladigan qo‘g‘irchoq san’atkor qo‘liga qo‘ndirgach, jonlanadi, nafas ola boshlaydi, tafakkur hosil qiladi, ya’ni rosmana insoniy hayot bilan yashay boshlaydi”-deb yozgan edi[1]. Olimlarning teatr-tomosha san’ati va qo‘g‘irchoqlar teatrlari haqidagi fikrlaridan va amaliyotdan kelib chiqib qo‘g‘irchoqlar bolalarning o‘yinchog‘i-ovunchog‘i, bolalarga hamda kattalarga hayot to‘g‘risida fikr berguvchi, ta’lim-tarbiya ulashuvchi vositadir.1 XV- asrda Xuroson, Movarounnahrda boshqa san’atlar qatori qo‘g‘irchoq teatri ham taraqqiy etdi va uch turi keng tarqaldi: