Reja: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan qo‘g‘irchoq teatr turlari



Yüklə 13,97 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü13,97 Kb.
#161854
Qo‘g‘irchoq teatri turlari.


6-mavzu: Qo‘g‘irchoq teatri turlari.
REJA:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan qo‘g‘irchoq teatr turlari.
2. Stol teatri. Soya teati.
3. Barmoq teatri. Qogirchoq- qolqop.
Tayanch so’zlar: Soya teatri, stol teatri, barmoq teatri, paxmoq teatr, qo’girchoq qo’lqop teatri, ertak qahramonlari.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko'ngil ochish soatlarida quyidagi teatr turiaridan foydalaniladi: Qo’g’irchoq teatrining 5 ta turi mavjud:
1. Soyali qo’g’irchoq teatri;
2. Qo’l qo’g’irchoq teatri;
3. Stol qo’g’irchoq teatri;
4. Marionetka qo’g’irchoq teatri;
5. Barmoqli qo’g’irchoq teatri;
48 Har qanday badiiy asar qo’g’irchoq teatri orqali ko’rsatilsa, bolalar uchun yanada tushunarli bo’ladi. Qo’g’irchoqlar turlari: 1. Qo’lqopli qo’g’irchoq turi. 2. Trossli qo’g’irchoq turi (simli). 3. Iplar yordamida (marionetka) boshqaradigan qo’g’irchoq turi. 4. Ochiq usulda boshqariladigan (planshetli) qo’g’irchoq turi. 5. Soyasi tushirilib o’ynatiladigan qo’g’irchoq turi. 6. Niqob (maska) bilan ishlanadigan qo’g’irchoq. Soyali qo’g’irchoq teatri: Soyali qo’g’irchoq teatri 2 xil bo’ladi: oq va qora. “Oq” teatr uchun qora doskaga gazlamalar tortilgan bo’ladi. Orqasiga yopishtiruvchi qog’oz yopishtiriladi. “Qora” teatr uchun qora rangli shirma tanlanadi. Qo’g’irchoq teatri qahramonlari cho’pga qoqiladi ular qora rangda bo’ladi orqadan chiroq yoqib turiladi. Soya teatrlarini sahnalashtirish - qo‘g‘irchoq sahnalashtirishning o‘ziga xos turlaridan hisoblanadi. Unda qo‘g‘irchoqlar emas balki shakllardan iborat o‘yinchoqlar o‘ynaydi. Tomosha qiluvchilar sahna ro‘parasida o‘tirib, ekranda yorug‘lik orqali harakatlanayotgan soyalar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko‘rishi mumkin. Soya teatri — qo'g'irchoq teatrining o'ziga hos turlaridan hisoblanadi. Tomosha qiluvchilar sahna ro'parasida o'tirib, ekranda yorug'lik orqali harakatlanayotgan soyalar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko'rishi mumkin. Sahnani yoritish katta ahamiyatga egadir. Ularni shunday joylashtirish kerakki, ular sahnani yoritsin-u nuri tomoshabinlarga tushmasin. 49 Soya teatri uchun odam va hayvon soyalarini bolalarning o'zlari chizib, qirqa oladilar. Bolalarga shakllar boshlari, dumlarini qimirlatadigan qilishni o'rgatish kerak, buning uchun tarbiyachi yordamida detallarni simlar bilan biriktirib, spiral holatda aylantirib qo'yiladi. Harakatlanuvchi qismlar qattiq simdan tayyorlanadi. Bunday o'yinchoqlarni shablon yordamida yoki o'zlari o'ylab, soya chizadilar. Bolalar detallarni qirqib olganlaridan so'ng figuraga ko'zini qilish kerakligi taklif etiladi. Tarbiyachi ko'z o'rnini o'tkir asbob bilan teshib beradi, bolalar qalam yoki mo'yqalam tayoqchasi bilan teshikchani kengaytiradi va yaltiroq qog'oz bilan ko'zini yelimlaydi. Bolalar yelimga qora bo'yoq aralashtirib ko'zini chizib qo'yishlari mumkin. Teatrni ko'rsatishlari uchun tarbiyachi ekranni yupqa matodan yoki kalka qog'ozidan 2x1,5 metrli ramkaga biriktirib tayyorlaydi. Buning uchun 100 voltli lampa kerak. Chiroq quti ichiga joylashtiriladi, ichi qora rangga bo'yaladi. Tarang qilib sirilgan matoga qog'ozdan dekoratsiya jihozini applikatsiya qilib qo'yish mumkin. Bolalar o'zlari tayyorlagan figuralarni ekranda ko'rib, shodliklari beqiyos bo'ladiki, ularning kichik shakllari mo'jiza kabi ko'rinadi. Soya teatrini bolalarga kattalar qo'yib beradilar. Avvalo karton yoki faner orqali ekran yasalib, ekran yupqa oq doka surp bilan tortib mahkamlanadi. So'ngra har bir guruh yoshiga mos ravishda ertakni tanlab, uning qahramonlarini kartonga tushirib, juda ehtiyotkorlik bilan qirqiladi. Keyin u qora guash bilan bo'yaladi va qirqiladi. So'ngra yorug'lik tushirilib, sahnalashtirilgan ertak namoyish qilinadi. Qo’l qo’g’irchoq teatri: Qo’l qo’g’irchoq teatrida qo’g’irchoqlar, ya’ni ertak qahramonlari qo’lga kiygizilgan bo’ladi. Qahramonlar shirma orqasida ko’rsatiladi. Barmoqli qo’g’irchoq teatri. 50 Barmoqli qo’g’irchoq teatrida qo’g’irchoqlar barmoqlarga kiygizilib qo’g’irchoq teatri ko’rsatiladi. Bolalar o‘z qo‘li bilan yasagan o‘yinchoqlaridan teatr, stol va barmoq teatrini sahnalashtirishda foydalanishi mumkin. Bunda bolalar oddiy tamoshabin, bo‘lib qolmasdan ular mehnat qiluvchi, ijodkorga aylanib, o‘zlaridan kichik guruh bolalariga sahnalashtirish ko‘rsatish bilan ularni xursand qiladilar. Pahmoq qo‘g‘irchoqlar yordamida ertaklarni sahnalashtirish qo'g'irchoqlar emas, balki shakllardan iborat o'yinchoqlar o'ynaydi. Stol qo’g’irchoq teatr: Stol qo’g’irchoq teatrining 4 xili bo’ladi: - Qog’ozdan yasaladi; - Kartondan yasaladi; - Taxtadan yasaladi; - Plastmassadan yasaladi. Stol teatrining bir necha turi mavjud: birida pyessa oddiy sahnada — pardasiz shirmada, boshqasi qutichaga o'xshash sahnada (karton teatr), uchinchisi, yassi teatrda namoyish qilinadi. Sahna ikki bo'lak kartondan qilinadi. Bu teatrlardagi «artistlar» qo'l bilan, tagliklar, sim va magnit orqali turlicha harakat qiladi. Shakllarning tuzilishi ham turlichadir. Ish ertak yoki masal tanlashdan boshlanadi, so'ngra unga mos personajlar tayyorlanadi. Jonivorlar shakllarini bolalar badiiy kitoblardan kalkaga ko'chirishlari mumkin. Kalkadagi rasm nusxa qog'oz yordamida ikkita oq qog'ozga tushiriladi. Bu rasmlar rangli qalam bilan bo'yab, bittasini kartonga yopishtiriladi va kartonni shu rasm tarhi bo'ylab qirqiladi. Kartonning ikkinchi tomoniga ikkinchi rasm yopishtiriladi, g'altak va cho'p orqali balandligi 9-10 sm bo'lgan taglik 51 tayyorlanadi. Cho'pning uchiga figura o'rnatiladi, g'altak yiqilib tushmasligi uchun uning tagiga doira qilib qirqilgan karton yopishtiriladi.Musiqa barcha teatr postanovkalarining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, teatr musiqali kirishdan boshlanadi. Musiqali tanaffus vaqtida dekoratsiya almashadi. Tovush va yorug'lik effekti bilan birikkan musiqa «Fonus xayol» teatrida ham, stol teatrida ham mukammal badiiy tasvirni yaratish imkonini beradi. Bu teatrlarda ovozga taqlid qilish, xo'rozning qichqirishi, mushukning miyovlashi, ayiqning o'kirishi hamda shovqin effektlari — yog'ayotgan yomg'ir ovozi, parovozning pishillashi va shu kabilardan foydalaniladi. Yoz oyida bolalarning o'z qo'llari bilan yasagan o'yinchoqlaridan o'yinchoq teatrlari, stol va barmoq teatrlari tashkil qilganda foydalanish mumkin. Bunda bolalar nafaqat oddiy tomoshabin bo'lib qolmasdan, ular mehnat qiluvchi, ijodkorga aylanib, o'zlaridan kichik ukalariga teatr ko'rsatish bilan ularni xursand qiladilar. Marionetka qo’g’irchoq teatri: Marionetka qo’g’irchoq teatri 3 xil bo’ladi: arqonli, temirli, cho’pli. Bu teatr turida qo’g’irchoqlarning qo’l va oyoqlari leska, ingichka sim yoki arqon bilan bog’langan holda teatr o’tkaziladi.

Nazorat savollar: 1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko'ngil ochish soatlarida qanday teatr turiaridan foydalaniladi? 2. Soya teatrlarini sahnalashtirishni o’ziga xos tomonlari nimada? 3. Barmoq teatrining boshqa teatrlardan farqi nimada ? 2. Barmoq teatrining qahramonlari nimalarda yasashi mumkin?
Yüklə 13,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin