Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining subyektlari



Yüklə 35,49 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü35,49 Kb.
#208095
4 мавзу


XO`JALIK (TADBIRKORLIK) HUQUQINING SUBYEKTLARI

Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi subyektlari tushunchasi, belgilari va tasnifi



Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining subyektlari – bu xo`jalik (tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshirishga vakolatli bo`lgan shaxslardir. Xo`jalik (tadbirkorlik) faoliyati subyektlari tushunchasi va maqomini aniqlash uchun «huquq subyekti» va «fuqarolik huquqi subyekti» tushunchalarining mohiyatini chuqur anglab olish lozim bo`ladi. Huquq subyekti keng huquqiy kategoriya hisoblanib, uning tarkibiga amaldagi qonun hujjatlariga binoan huquq va majburiyatlarga ega bo`lgan ijtimoiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari kiradi. O`z navbatida har bir huquq tarmog`ining o`z subyektlari (davlat huquqida–saylovchilar va saylanuvchilar, mehnat huquqidaish beruvchi va xodim, moliya huquqida soliq to`lovchi va soliq organi, jinoyat prosessual huquqida surishtiruvchi, tergovchi, gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchi, mahkum va h.k.) bo`lganidek, xo`jalik huquqining ham o`z subyektlari bor.
Fuqarolik huquqining barcha subyektlari fuqarolik huquqi fanida yagona «shaxslar» degan umumiy nom bilan ifodalanadi.1 «Shaxslar» ham o`z navbatida uch guruhga bo`linadi: birinchisi, fuqarolar (jismoniy shaxslar) bo`lib, u o`z ichiga O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni oladi, ikkinchisi, yuridik shaxslar bo`lib, u o`z ichiga foyda olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo`lmagan tashkilot) larni oladi va bunday tashkilotlar O`zbekiston Respublikasi, chet el yoki aralash (qo`shma) korxonalar shaklida bo`lishi mumkin, uchinchisi, davlat bo`lib, u alohida subyekt sifatida bevosita o`z nomidan, shuningdek uning nomidan mamuriy hududiy tuzilmalar yoki davlat organlari ishtirok etishlari mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslar fuqarolik huquqiy munosabatlarda tadbirkor sifatida, shuningdek bunday maqomga ega bo`lmasdan ham ishtirok etishlari mumkin. Shuning uchun fuqarolik huquqi subyektlari bir vaqtning o`zida ham xo`jalik huquqi, ham tadbirkorlik huquqi subyektlari hisoblanishi mumkin, ammo xo`jalik va tadbirkorlik huquqi subyektlari bir-biridan farq qiladi. Farq shundaki, tadbirkorlik huquqiy munosabatlarda subyekt har doim tavakkal qilib, o`z javobgarligini zimmasiga olib, foyda olishni maqsad qilgan holda faoliyat yuritadi, xo`jalik huquqi subyektlari esa xo`jalik yuritish, xo`jalikni boshqarish bilan bog`liq va iqtisodiyotning davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlarini tartibga soladi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar xo`jalik huquqining subyekti bo`lib faqatgina sosialistik tashkilotlar va ularning bo`linmalarigina bo`lishi mumkin edi, ammo fuqarolarning xususiy xo`jalik faoliyat yuritishlari man qilingan edi.
Xo`jalik faoliyati keng jabhalari hozirda tadbirkorlik faoliyatiga aylantirilishi bilan turli mulk shakllariga ega bo`lgan korxonalar xo`jalik munosabatlarining ishtirokchilari bo`lib qolmay, balki yakka tadbirkorlar ham bo`lishi mumkin. Chunki, huquqiy munosabatlarning subyektlari tarkibini shu munosabatlarning xarakteri belgilaydi. Hozirgi sharoitda esa ushbu munosabatlarning asosiy xarakteri - foyda olish maqsadida xo`jalik faoliyatini amalga oshirishdan iborat.
Xo`jalik huquqi subyektining eng asosiy belgisi-bu uning o`z mol- mulkiga ega bo`lishidir. O`z mol-mulkiga ega bo`lishning huquqiy shakli mulk huquqidir.
Bazi xo`jalik yurituvchi subyektlar (masalan, unitar korxonalar, davlat korxonalari) o`z mol-mulkiga ega bo`lmasdan ashyoviy huquq asosida (xo`jalik yuritish, operativ boshqarish huquqi) o`ziga biriktirib qo`yilgan mol-mulkka ega bo`lishlari mumkin.
Mulk huquqi uning sohibiga tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish, shuningdek, tashkil etilgan korxonaga rahbarlik qilish, ularning faoliyatini amalga oshirish shartlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Mulkdor bo`lishlik, mulkdorning shu mulkka nisbatan huquqlari shakliga ham ko`p jihatdan bog`liq, xususan xo`jalik yuritish huquqi, operativ boshqarish, ijara huquqi, ichki xo`jalik yuritishga egalik huquqi paydo bo`lmasdan turib, xo`jalik huquqi subyektining vujudga kelishi va taraqqiy etishi mushkul. Shaxs mulkiy baza bo`lgan taqdirdagina subyekt tashkil etishga intilib, iqtisodiy manfaatdorlikka erishishga harakat qiladi va rivojlanadi.
Foyda ko`rish maqsadida, tavakkal qilib tovar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko`rsatish) bilan shug`ullanish ixtisoslashgan faoliyatga aylangan taqdirdagina bunday faoliyatning ishtirokchilarini tadbirkorlar deb hisoblash mumkin. Agar fuqaro bunday harakatlarni alohida hollardagina (vaqti-vaqti bilan) foyda ko`rishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ymay amalga oshirgan taqdirda, masalan, o`zidagi ortiqcha qishloq xo`jalik mahsulotlarini yoki keraksiz bo`lgan boshqa ashyolarni sotishi, yoki ishlarni bajarib berish uchun shartlashib va u bajarilganligi uchun haq olinadigan bo`lsa, bunday faoliyatni tadbirkorlik faoliyati deb bo`lmaydi, chunki bu kabi munosabatlar fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Shuningdek, bank muassasalariga foiz olish maqsadida jamg`arma qo`ygan fuqarolar, qimmatli qog`ozlar sotib olgan shaxslar ham tadbirkorlar hisoblanmaydi.
O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»1gi qonunining 4-moddasiga ko`ra, tadbirkorlik faoliyati subyektlari belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar bo`lib hisoblanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari bo`lishi mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2000 yil 28-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq qonunchilikni qo`llash sud amaliyoti to`g`risida”gi 2-sonli qaroriga ko`ra, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, shu jumladan, chet el fuqarolari yoki yuridik shaxslari, shuningdek fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlaridir. Tadbirkor yuridik shaxsni tashkil etgan holda yoki tashkil etmasdan ham tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy asosda shug`ullanuvchi jismoniy shaxsdir (yakka tartibdagi tadbirkordir)2.
Xo`jalik huquqi subyektlarining asosiy belgisi ularning davlat ro`yxatidan o`tgan bo`lishligi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda muayyan faoliyat turlari bilan shug`ullanishlari uchun albatta ruxsatnoma (lisenziya)ga ega bo`lishlari lozimligi talab etiladi.
Xo`jalik huquqi subyektlarini yana bir belgisi bilan boshqa subyektlardan ajratish mumkin, bu ularning xo`jalik huquq va majburiyatlariga ega bo`lishligidir. Bunday huquq va majburiyatlarning doirasi O`zbekiston Respublikasi qonunlari bilan hamda ularga muvofiq qabul qilingan mazkur xo`jalik yurituvchi subyektlarining tasis hujjatlari bilan aniqlanadi.
Xo`jalik huquqi subyektlarining navbatdagi belgisi shuki, ular o`z faoliyatlari uchun mustaqil javobgar hisoblanadilar. Javobgarlik uning o`z mol-mulki doirasida amalga oshiriladi.
Xo`jalik huquqi subyektlari o`z faoliyatlariga o`zlariga tegishli mol- mulk doirasida javobgar bo`lishlari bilan birga, o`zlarining buzilgan
huquqlarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatiga ega ekanliklari to`g`risidagi qoidalar qonun hujjatlarida mustahkamlangan.
Xo`jalik huquqi subyektlarining turlari to`g`risida so`z ketar ekan, avvalo, shuni aytish joizki, ularni bir necha turlarga ajratish mumkin. Subyektlarni turkumlash ularning mulkchilik shakliga, vakolatlariga, faoliyat turiga qarab belgilanadi.
Mulk shakllarining xilma-xilligidan kelib chiqib, xo`jalik huquqining subyektlarini quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
1. Fuqarolarning xususiy mulkiga asoslangan xo`jalik yurituvchi subyektlar;
2. Jamoa mulki ko`rinishidagi xususiy mulkka asoslangan xo`jalik yurituvchi subyektlar (jamoa, oila, mahalla, ishlab chiqarish kooperativlari, aksiyadorlik jamiyatlari, masuliyati cheklangan jamiyatlar, shirkatlar) va boshqalar;
3. Davlat mulkiga asoslangan xo`jalik yurituvchi subyektlar (respublika mulkiga, mamuriy-territorial tuzilmalarning mulkiga asoslangan);
4. To`la yoki ulush qo`shib ishtirok etishga asoslangan (qo`shma korxonalar) xo`jalik yurituvchi subyektlar;
5. Mulkchilikning aralash shakliga asoslangan xo`jalik yurituvchi subyektlar.
Xo`jalik huquqining subyektlaridan biri xususiy korxonalardir.
Xususiy korxona qonunda belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan kundan boshlab yuridik shaxs huquqini oladi.
Jamoa korxonasi, shirkat, oila, mahalla, shuningdek, kooperativlar, ijara korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari, diniy tashkilotlar, xo`jalik jamiyatlari va uyushmalar hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan boshqa bir-lashmalar xo`jalik huquqi subyektlaridir.
Oila xo`jalik huquqi subyekti sifatida shu oila azolarining birgalikdagi ehtiyojlarini qondirish, uy-ro`zg`or va yordamchi xo`jalik yuritish hamda daromad olish maqsadidagi qonun ruxsat bergan faoliyat uchun zarur bo`lgan ishlab chiqarish vositalari, istemol buyumlari va yaratilgan mahsulotlarga ega bo`ladi. Oilaviy mulk o`z subyektlarining har biriga aynan tegishli bo`lgan shaxsiy va xususiy mulkdan iborat bo`lishi mumkin.
Mahallada istiqomat qiluvchi aholi mahalla mulkining subyektidir. O`zi saylab qo`ygan organlar mahalla mulkini to`la xo`jalik yuritish asosida egallaydi va tasarruf etadi.
Xo`jalik huquqining subyekti sifatida kooperativ, xo`jalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shug`ullanish uchun azolik asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulkiga ega bo`ladi.
Jamoa korxonasining mulki mehnat jamoasining ijaraga olingan mol- mulki, sotib olingan yoki qonunda ko`zda tutilgan boshqa usullar bilan mol-mulk qo`lga kiritilgan taqdirda vujudga keladi.
Xo`jalik jamiyati va shirkatning mulki bu yuridik shaxs hisoblangan xo`jalik jamiyatlari va shirkatlarning asosiy va oborot fondlari, pul mablag`lari, qimmatli qog`ozlar shuningdek boshqa mol-mulklardan hosil bo`lishi mumkin.
Xo`jalik huquqining subyekti sifatida jamoat bir-lashmalari siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, shu jumladan, kasaba uyushmalari, xotin- qizlar, veteranlar, yoshlar tashkiloti, ko`ngilli jamiyatlar va boshqalardir.
Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablag`lari hisobidan ularning ustavlarida ko`rsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiradigan korxonalar ham bo`lishi mumkin.
Diniy tashkilotlar xo`jalik huquqi subyekti sifatida binolar, diniy buyumlar, ishlab chiqarish ijtimoiy va hayriya ahamiyatiga ega bo`lgan obyektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini taminlash uchun zarur bo`lgan pul mablag`lari va boshqa mol-mulklarga ega bo`lishi mumkin.
Malumki, O`zbekiston Respublikasining davlat mulki tarkibiga Respublika mulki, mamuriy-hududiy tuzilmalarining mulki, yani munisipal mulk kiradi. Respublika mulkining obyektlari bo`lib yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, o`simliklar va hayvonot dunyosi, hokimiyat va davlat idoralarining mol- mulki, madaniy va tarixiy boyliklari, budjet mablag`lari, Respublika va davlat ahamiyatidagi banklar, sug`urta, rezerv fondlari va boshqalar kiradi.
Xalq respublika mulkining subyekti hisoblanib, mulk huquqini xalq nomidan Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlari amalga oshiradilar.
Davlat mulki bo`lgan va davlat korxonasiga biriktirib ko`yilgan mol- mulk xo`jalik yuritish huquqi asosida korxonaga tegishlidir. Korxona o`z mol-mulki bilan to`la xo`jalik yuritish huquqini amalga oshirar ekan, mazkur mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi, unga nisbatan o`z xoxishi bilan qonunga zid kelmaydigan har qanday harakatlarni amalga oshiradi.
Davlat mol-mulkini boshqarish vakolati berilgan davlat idoralari har xil korxonalarni vujudga keltirish, uning faoliyat maqsadlarini aniqlash, qayta tuzish va tugatish masalalarini hal etadilar.
Ommaviy mulk davlat mulki sifatida O`zbekiston Respublikasining shaxsan o`ziga va uning mamuriy-hududiy tuzilmalariga tegishli mulkdan (munisipial) iborat.
Fuqarolik kodeksi va boshqa tegishli qonun normalarida ommaviy mulkning vujudga kelish asoslari, bunday mulk obyektlarining turlari (yer, yer osti boyliklari suv, havo bo`shlig`i, o`simlik, hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy boyliklar; davlat hokimiyati va boshqaruvi mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan madaniy va tarixiy boyliklar, O`zbekiston budjetining mablag`lari, oltin zahirasi, davlatning valuta fondi va boshqa fondlar, shuningdek, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, ilmiy, ilmiytadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari), ularning respublika va mamuriy-hududiy tuzilmalarga (mahalliy hokimiyat va boshqa mahalliy organlarga) tegishli qismlari belgilangan bo`lib, bundan tashqari mazkur mol-mulklarni tasarruf etish huquqiga ega bo`lgan davlat organlari aniqlangan. Masalan, Respublika mulkini Oliy Majlis, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki ular maxsus vakil qilgan organlar tasarruf qiladi.
Munisipial hisoblangan mol-mulkni tasarruf qilish vakolatli davlat hokimiyati mahalliy organlari yoki ular vakil qilgan organlar zimmasiga yuklatilgan.
Davlatning barcha mol-mulkini, bu mulk Respublika yoki mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo`lishidan qatiy nazar, asosan ikki guruhga:
1) davlat korxonalari va muassasalariga biriktirib qo`yilgan mulk;
2) tegishli budjet mablag`lari va davlat korxonalari, muassasalariga biriktirilmagan Respublikaning davlat xazinasini tashkil qilinadigan mol- mulklarga ajratish mumkin.
Munisipial mulk ham Respublika mulki kabi ikki xil asosiy guruhlarga bo`linishi mumkin, ular:
a) munisipial korxonalar va muassasalarga biriktirib qo`yilgan mol- mulk;
b) mahalliy budjetni tashkil qiluvchi mablag`lar, munisipial korxonalarga va muassasalarga biriktirilmagan tegishli viloyat, shahar va boshqa munisipial g`aznalarini tashkil qiluvchi mulklardan iborat.
Davlat mulkini bunday obyektlarga bo`lish O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va «Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida»gi qonuniga muvofiq belgilangan.
Respublika mulki obyektlari doirasiga kiritilgan obyektlar davlatimizning milliy boyligining asosini tashkil qiladi. Bu mulk davlat hokimiyat va boshqaruv organlarini amal qilish, umumdavlat vazifalarni amalga oshirish uchun (mudofaa kuchlarining, chegara qo`shinlari, milliy xavfsizlik va ichki ishlarning mulklari asosida), O`zbekiston xalq xo`jaligini rivojlantirilishini taminlovchi tarmoqlar (mudofaa ishlabchiqarishiga xos korxonalar, yoqilg`i-energetika kompleksi, transport, aloqa tarmoqlari), shuningdek O`zbekiston Respublikasi taminoti uchun zarur bo`lgan tarmoqlar (farmasevtika, medisina-biologik preparatlarni, spirt-mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar) uchun zarur bo`lib hisoblanadi.
Yuqorida qayd etilgan mulk obyektlari asosida O`zbekiston davlati xo`jalik faoliyatini amalga oshiradi. Ushbu mulklarni davlat o`z organlari orqali korxonalarning xo`jalik yuritishiga berib, yangi subyekt korxonalarni tashkil etadi. Shu bilan birga bu korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish masalasini, ularning tugatilish masalalarini bevosita mulkdor bo`lgan davlat o`zining maxsus organlari vakolatiga kiritgan.
Davlat mulki bo`lgan maxsus obyekt - davlat xazinasiga O`zbekiston Respublikasi nomidan tushadigan soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha davlat kreditor hisoblanadi. Shuningdek, davlat nomidan tuzilgan shartnomalar bo`yicha g`azna mablag`lari hisobidan javobgar hisoblanadi. Davlatning xo`jalik vakolati tadbirkorlik va xo`jalik subyektlariga nisbatan boshqaruv faoliyati bo`lib hisoblanadi.
Davlat xo`jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan xalq nomidan harakat qiluvchi subyekt sifatida qonun chiqarish orqali umumiy asosda o`z tasirini ko`rsatadi, bunda u davlat vazifalarini mohiyatidan kelib chiqib xo`jalik munosabatlarida ishtirok etadi, jumladan uning xo`jalik subyekti sifatidagi faoliyati uning o`z ehtiyojlaridan kelib chiqib moddiy-texnika taminoti, investisiyalash kabi masalalarni hal qilishda ayniqsa yaqqol namoyon bo`ladi.
Bu tarzdagi faoliyat ilgari davlatning iqtisodiyotni mamuriy boshqarish shakli bo`lgan direktiv aktlarga o`xshamasdan, balki, davlat insonlarning moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirishdek ulkan vazifani bajarish maqsadida erkinlik asosidagi xo`jalik faoliyatini amalga oshirishi bilan bir vaqtda, hisob-kitob yuritish, moliya, soliq, subyektlar imtiyozlari kabi institutlarni tartibga solish ishini olib boradi va ular yagona dastur sifatida ko`rinadi. Chunonchi iqtisodiyot sohasidagi qonunlarning davlat
tomonidan qabul qilinishi orqali subyektlar faoliyatini tartibga solinishi amalga oshiriladi.
Xo`jalik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi usuli umumiy va alohida asoslarda amalga oshiriladi. Umumiy asos bo`lib qonun chiqarish bo`lib hisoblansa, alohida asosda turli-tuman sohalar bo`yicha xo`jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan o`z tasirini o`tkazadi, yani iqtisodiy faoliyatning turli jihatlarini tartibga soladi. Masalan, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetkazib berish va xarid qilish, budjet manfaatlarini ko`zlagan holda qonunlar, ekologiya masalalariga oid, tabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonunlarni qabul qilinishi orqali subyekt sifatida ko`rinadi.
Xo`jalik huquqining subyekti sifatida davlatning iqtisodiyotga tasir etishining yana bir usuli bu bozor mexanizmini tashkil etib, unda monopoliyaga yo`l qo`ymaslik, soliq tizimi orqali va har bir subyektining huquqini himoya qilish, iqtisodiy erkinliklarining kafolatlashni belgilashdan iborat.
Xo`jalik huquqi subyektlari tarkibida korxonalar alohida o`rin egallab, ular turli mulk shakllarida tashkil etilishi mumkin.
Korxonalarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatishning umumiy, huquqiy, iqtisodiy asoslari O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi1, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi2, «Ijara to`g`risida»gi3, «Chet el investisiyalari to`g`risida»gi4, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarining kafolatlari to`g`risida»gi5, «Masuliyati cheklangan va qo`shimcha masuliyatli jamiyat to`g`risida»gi6, «Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) to`g`risida»gi7, «Fermer xo`jaligi to`g`risida»gi8, «Dexqon xo`jaligi to`g`risida»gi9 kabi qonunlar bilan tartibga solinadi.
Yuridik adabiyotlarda korxonaning quyida takidlangan belgilari to`g`risida so`z boradi. Bular quyidagilar bo`lib, birinchidan, mulk huquqi yoki xo`jalik yuritish huquqi asosida o`z xodimlarining kuchi bilan ishlab chiqarish-xo`jalik faoliyatini amalga oshiradi, ikkinchidan, mustaqil reja asosida talab va taklifni etiborga olib davlat ehtiyojlari uchun mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko`rsatish bo`yicha faoliyat yuritadi, uchinchidan, o`z mulkiga, xo`jalik yuritish yoki operativ boshqaruvda alohida mol–mulkka ega bo`ladi, to`rtinchidan, huquqiy munosabatlarda mustaqil subyekt sifatida qatnashadi va yuridik shaxs huquqidan foydalanadi1.
Amaldagi fuqarolik qonun hujjatlari mazmuniga nazar tashlanadigan bo`lsa, korxona tushunchasi ikki xil manoda, huquq subyekti va huquq obyekti sifatida tushuniladi. O`zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari tarkib topgunga qadar amal qilib kelgan fuqarolik qonun hujjatlarida korxona faqatgina huquq subyekti manosida tushunilib kelingan, chunki korxonani mol-mulk kompleksi sifatida bitimlar predmeti bo`lishi qonun bilan taqiqlangan. Yangi Fuqarolik Kodeksida korxona ikki xil manoda ifoda qilingan, ammo takidlash joizki, korxona hali huquq obyekti sifatida olimlar tomonidan ilmiy tarzda lozim darajada o`rganilmagan. Shu vaqtga qadar, haqiqatan “korxonani huquq obyekti sifatida tavsiflash yuridik adabiyotlarda munozarali masalalardan biri bo`lib keldi”2, ammo so`nggi yillarda huquqshunos olimlar tomonidan korxonaning huquq subyekti sifatidagi tushunchasi va mohiyatiga katta etibor berilmoqda3.
Korxona huquq va muomala layoqatining mazmunini yoritishda uning mulk huquqi obyekti sifatidagi o`ziga xos xususiyatlarni ochib berish nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy nuqtai nazardan muhim ahamiyatga egadir.
Butun korxona mol-mulk kompleksi sifatida ko`chmas mulk hisoblanar ekan, korxona egasi o`zlariga tegishli bo`lgan bunday obyektga nisbatan nafaqat mulk huquqi subyekti sifatida, balki mulk huquqi obyekti sifatida munosabatda bo`ladilar. Endilikda korxonani sotish va sotib olish mumkin, chunonchi korxona oldi-sotdi shartnomasining predmeti bo`lib hisoblanishi mumkin. Amaldagi fuqarolik qonun hujjatlariga binoan butun korxona yoki uning qismi oldi-sotdi, garovga qo`yish, ijara hamda ashyoviy huquqlarni belgilash, o`zgartirish va bekor qilish bilan bog`liq bitimlarning obyekti bo`lish bilan bir qatorda uni mol-mulkni ishonchli boshqarish huquqini beruvchi shartnoma asosida boshqa shaxslarga mulkni boshqarish vakolatini berib qo`yishi mumkin.
Xo`jalik huquqi subyektlari ichida korxonalar uyushmalari (ittifoq) va o`zga birlashmalari hamda ularning filial va vakolatxona, bo`linmalarining huquqiy maqomi (statusi) o`ziga xos bo`lib, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda ularning o`rni beqiyosdir.
Biz quyi bo`g`in tashkilotlari va korxonalariga iqtisodiy erkinlik berish, ularni davlat taziyqidan ozod qilish bilan yangicha ish uslubiga o`tdik. Korxonalar ishlab chiqarishni mustaqil tashkil etish, o`z mahsulotlarini sotish huquqini oldi. Shu bilan birga mulkchilikning turli shakllariga mansub korxonalarning xo`jalik yuritish shart-sharoitlari teng bo`lishi faqat huquqiy jihatdan emas, balki amalda ham taminlandi
Yüklə 35,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin