Marg‘iyona O‘rta Osiyoning antik davri yirik tarixiy madaniy o‘lkalaridan biri bo‘lgan Marg‘iyona Turkmaniston Respublikasining Murg‘ob vohasi hududida joylashgan. O‘lkaning Aleksandr makedonskiy bosqinidan keyingi tarixiga oid qisqacha ma’lumotlar yunon-rum mualliflarinig asarlari va xitoy manbalarida uchraydi. Pliney Iskandar Marg‘iyona Aleksandiyasiga asos solganligini va keyinchalik shahar vayron qilinib, selevkiylar hukumdori Antiox qayta tiklab, o‘z nomi bilan yuritganligi to‘g‘risida ma’lumotlar qoldirgan bo‘lsa, boshqa bir yunon muallifi Strobon ma’lumotlarida Antiox hahar barpo etish bilan birgalikda voha atrofini mudofaa devori bilan o‘rab olganligigi to‘g‘risida xabar berad. Kvint Kursiy Ruf ma’lumotlarida esa antik davrida oltita muhofazalangan manzilgohlar qurilganligi keltiriladi.
Ma’lumki, mil av. 521 yil Frada boshchiligidagi qo‘zg‘alon Doro I buyrug‘i bilan Baqtriya podshosi Dadarshish tomonidan bostirilgandan bostirilgandan so‘ng Marg‘iyona o‘lkasi Baqtriya satrapligi tarkibiga kiritilib, o‘lka mil.av. II o‘rtalarida o‘lka Parfiya davlati tomonidan bosib olingunga qadar YUnon-Baqtriyasi podsholigi tarkibida bo‘lgan. Keyinchalik esa II asrning birinchi choragida Parfiya davlati vorisi sifatida vujudga kelgan sosoniylar davlatining tarkibida rivojlanadi.
Marg‘iyonaning antik davri moddiy madaniyati XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi arxeologiyaga havasmand olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelgan. O‘lka arxeologiyasini ilmiy jihatdan o‘rganish ishlari ikkinchi jahon urushidan keyin Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsichsi (YUTAKE) tashkil etilgandan so‘ng boshlanadi. O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) “O‘rta Osiyo arxeologiya” kafedrasi ilmiy jamoasi 30 yildan ortiq davr mobaynida vohaning antik davri markazi bo‘lgan Gyaurqal’a va Erkqal’a yodgorliklarida keng ko‘lamdagi arxeologik qazishmalarni olib boradilar. Mazkur tadqiqot ishlarida kafedra arxeolog olimlaridan M.E.Masson Z.I.Usmanova, M.I. Filanovich va boshqalarning xizmatlari katta. Mahalliy arxeologlardan D.Durdiev va antikshunos arxeolog olim G.A. Kosholenkolar ham vohadagi boshqa bir arxeologik yodgorliklarni o‘rganishga o‘z hissalarini qo‘shishgan.
O‘lkada saqlanib qolgan antik yodgorliklar arxeologik belgilariga ko‘ra qadimgi shaharlar va qadimgi dehqon jamoalarining qishloqlarini tashkil etadi.
Vohada antik dariga oid manzilgohlaridan Gyaurqal’a, Erkqal’a, Ko‘hna Kishman, Jintepa, Takirjatepa, Durnali va Devqal’a kabi yodgorliklar arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan. Ulardan eng yirigi Gyaurqal’a va Erkqal’a hisoblanib, mil.av. I ming yillikning o‘rtalaridan boshlab shakllangan. Bu davrda o‘lkaning ma’muriy markazi Gyaurqal’a manzilgohida arki esa Erkqal’a o‘rnida rivojlangan. Manzilgoh to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, maydoni taxminan 90 ga tashkil etadi. SHaharda to‘rtta darvoza bo‘lib, bir-biri bilan kesishgan ikkita asosiy ko‘cha bo‘lgan. SHahar to‘g‘ri to‘rtburchak burjlar bilan kuchaytirilgan qalin muhofaza devorlari bilan o‘rab olingan. Devorlari antik davri standartidagi xom –ishtlardan barpo qilingan. Gyaurqal’ada shaharlikliklar mahallalaridan tashqari, tegirmonchilar mahallasi, kulolchilik xumdoni, temirchilik ustaxonalarining o‘rni aniqlangan. YOdgorlikda buddaviylik ibodatxonasining o‘rni ochib o‘rganilgan. Uning hovlisida stupa joylashgan. SHaharda hayot ilk o‘rta asrlar davriga qadar davom etadi.
Boshqa bir yirik shahar markazlaridan Ko‘xna Kishmana ham yaxshi o‘rganilgan. U ahamiyatiga ko‘ra vohada Marvdan keyingi (may.112 ga.) shahar harobasi hisoblanadi. Marg‘iyonaning antik davri imoratlari to‘g‘ri to‘rtburchak (50x50x10) kvadrat (40x42x10) g‘ishtlar va paxsadan barpo qilingan. Sapol idishlari tez aylantiradigan charxda ishlangan. YOdgorliklardan temirdan ishlangan ro‘zg‘or anjomlari, mehnat qurollari va qurol yaro-lar yasalgan. SHuningdek, zeb-ziynat buyumlari, ayol va ma’buda tasvirlari berilgan terrakotik haykalchalar qadimgi marg‘iyonaliklarning boy moddiy madaniyatidan dalolat beradi.