Палеолит даври



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə30/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#127486
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
Arxeologiya asoslari lotincha (1)

Qadimgi CHoch
Qadimgi CHoch-CHirchiq vohalaridan tashkil topgan hozirgi Toshkent viloyati hududidan iborat o‘lka. CHoch tarixiga oid aniq ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida uchraydti. Tarixchi Strobonning “Geografiya” asarida keltirilgan ma’lumotlarda mil.av. I ming yillikning o‘rtalarida YAksart (Sirdaryo) ortidagi erlarda jangavor ko‘chmanchi sak qabilalari istiqomat qilganligi keltiriladi. Boshqa bir mullif Dionisiy Periegit asarida Selevkiylar sarkardasi Demodam daryo ortiga (YAksart) yurish qilib, qal’a shaharga asos solganligi to‘g‘risidagi ma’lumot mavjud. Bu voqea kamida mil.av. III asr boshlarida sodir bo‘lgan. Keyingi davr tarixi bilan bog‘liq voqealar tavsiloti bilan Xitoy manbalari orqali tanishish mumkin. CHjan Szyan (mil.av. II asrning ikkinchi yarmi) keltirgan ma’lumotlarda o‘lka YUni nomi bilan tilga olinib, uning Kanguylar davlati tarkibiga kirganligi ta’kidlanadi. Keyingi davr xitoy manbalarida SHi, CHjeshi nomilari bilan tilga olingan.
Bu hududda antik davriga qadar Burgulik madaniyatining tarqalganligi ma’lum. O‘lkada dastlabki shahar (Kanka) yuqorida ta’kidlanganligi kabi mil. av. III asr boshlarida shakllanadi. Mil. av. II asrda vohaga Sirdaryoning quyi oqimi hududidan ilgari shaharsozlik an’analari bilan tanish bo‘lgan qabilalarning ko‘chib kelib joylashishi kuzatiladi. Bu erda mahalliy Burgulik, ko‘chmanchi sak qabilalari va Jetiosar madaniyati qisman o‘lkaga ellin madaniyati an’analarining kirib kelishi bilan antik davrida o‘ziga xos madaniyat shakllanadi.
Arxeologik jihatdan vohaning antik davri dastlabki o‘rganilgan yodgorlikga nisbatan Qovunchi madaniyati nomi bilan yuritiladi. Qovunchi I (mil. av. II asrning oxiri-mil. III asr) Qovunchi II (III-IV asrlar). Vohada antik davriga oid dan ortiq yodgorliklar aniqlangan bo‘lib, ulardan 13 tasi YU.F. Buryakovning taxminlariga ko‘ra qadimgi shahar sirasiga kiradi. Ulardan Qovunchitepa, Kindiktepa, SHoxruxiya, Kavardan, Xonobodtepa, Quloqchintepa, Kugaittepa, Mingo‘rik, SHoshtepa va boshqalarni qayd etish mumkin.
Vohaning dastlabki shahar xarobasi Ohangaron vohasida mil. av. IV asrning oxirlari Kanka ko‘hna shahri paydo bo‘ladi. Devor ellinlar qurilishi an’anasi asosida barpo qilinib, kvadrat g‘ishtlardan barpo kilingan muhofaza devorining o‘rtasida soqchilar usun maxsus yo‘lasa (galareya) oldirilgan va burjlar bilan kuchaytirilgan. Devor tasharisida sukur va keng xandak kazilgan. Taxminan mil. av. II-I asrlarga kelib, Kangyuylar davlatining ma’muriy markaziga aylangandan so‘ng shahar maydoni xiyla kengayib uning umumiy maydoni 150 ga etadi. Ushbu maydondagi manzilgoh, to‘g‘rito‘rtburchak shaklidagi xom g‘ishdan qurilgan mudofaa devorlari bilan o‘ra olinadi. Devorning taxminan har 40-50 metrida yarim aylana shaklidagi mudofaa burjlari barpo qilinadi. Mazkur maydonni egallagan shahar eftalitlar davriga kadar rivojlanadi. Undan keyin shahar O‘rta Osiyoning boshka ba’zi shaharlarida kuzatilganligi kabi maydoni ancha qisqaradi.
Sirdaryoning chap sohilida joylashgan SHohruxiya harobasidir. Uning qadimgi davrdagi tomonlari 600x600 metrdan iborat bo‘lib, hozirgi paytda ko‘pgina qismini daryo yuvib ketgan va uchburchak shaklida saqlanib qolgan.
SHoshtepa manzilgohi ibodatxona shaklidagi qurilish majmuasi bo‘lib, Jetiosar diniy inshoatlari bilan umumiy aloqadorligi mavjud. Qovunchi madaniyatining keyingi bosqichida Mingo‘rik manzilgohining shakllanishi kuzatiladi. Manzilgoh 35 gektardan iborat maydonni egallagan. SHahar umumiy mudofaa devoriga ega. Ark va shahriston qismlari ajralib turadi. Arkda saroy, harbiy zahira uchun mo‘ljallangan imorat va boshqalarning o‘rni aniqlangan. Imoratlarning devorlari turli mazmundagi rang-tasvir namunalari bilan bezatildgan.
Voha antik davri madaniyat bosqichlarini o‘rganishda kulolchilik buyumlari muhim ahamiyatga ega. Dastlabki bosqichga oid sopol buyumlar asosan qo‘lda yasalgan. Kovuni II bosqchidan boshlab kulolchilik charxida yasalgan sopol buyumlar soni ko‘payadi va shakli o‘zgaradi. Bandida avval qo‘y keyingi bosqichda esa buqanin boshi tasvirlangan sopol idishlari paydo bo‘ladi. Ular aholining xo‘jalik faoliyati va g‘oyaviy qarashlari bilan an’analardan iborat bo‘lgan. Voha shaharlarida amalga oshirilgan arxeologik qazishmalar davomida old tomonida CHoch hukmdorlarining tasviri va aks tomonida tamg‘a tushirilib, atrofiga so‘g‘d yozuvi berib zarb qilingan bir necha minglab nusxadagi tangalarning guvohlik berishicha o‘lkada savo-ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasi nihoyatda yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi. Umuman Toshkent vohasi Farg‘ona, So‘g‘d va Xorazmning Jettiosar madaniyatlari bilan madaniy aloqada bo‘lib umumiy va o‘ziga xos tomonlari mavjud.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin