Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə61/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Umumiy tushunchalar. Bug’doy nematodasi ham boshqa parazit nematodalar singari ayrim jinsli. Urg’ochisining uzunligi 3-5 mm, yerkagi 2-2,5 mm ga teng. Urg’ochisining gavdasi yerkak jinsnikiga qaraganda ancha yenli (yug’on) va spiralga o’xshab buralgan.
Boshi gavda bilan qo’shilib ketgan. Ushbu bo’limlar orasida chegara umuman bilinmaydi. Boshining kutikulasi mayda va nozik halqalar hosil qiladi. Bosh kapsulasi skeleti kuchsiz rivojlangan. Stileti (kanalchali ignaga aylangan og’iz bo’shlig’i) kichik va uning uzunligi 9-11 mkm ga teng. Stiletining bazal(asosi) tanachasi kichik. Gavdaning yon chiziqlari deyarli ko’rinmaydi. Qizilo’ngachning oldingi uchi aniq shakllangan. Kardial bulbusi yonida nerv halqasi joylashgan. Kardial bulbus yirik, lekin uning keyingi uch qismi yensizlanib boradi. Qizilo’ngachning ust tomonida joylashgan bezning chiqarish kanali stilet asosiga borib ochiladi. Yon-qorin (lateroventral) tomonda joylashgan 2 ta bezning kanallari qizilo’ngachdagi o’rta bulbus (piyozbosh)ga ochiladi. Qizilo’ngachning ust tomonida joylashgan yekzofermentativ bezining yadrosi yirik. Yekskretor teshigi kardial bulbusi yonida tashqariga ochiladi.
Tuxumdoni ancha yirik, uzun va rivojlangan. Urg’ochi jinsiy teshigi (vulva) ning lablari bo’rtib turadi. Spermatekasi yumaloq, naysimon shaklda. Tuxum yo’li uzun va nozik devorli nayga o’xshash. U har doim har xil kattalikdagi tuxumlar bilan to’lib
turadi. Bachadonining keyingi (orqa) shoxchasi kalta va anal – vulva oralig’igacha yetib boradi. Yetilgan tuxumlarining uzunligi 78-140 mkm, diametri 33-63 mkm.
Yerkak jins nematodasi urg’ochi nematodadan qariyb ikki barobar kalta. Gavda shakli aniq (haqiqiy) chuvalchangsimon hamda ixcham. Urug’doni orqa tomonga qarab yegilgan. Bursasi yirik va yassi. Dumi o’tkir uchli. Spikulalari nisbatan yirik va boshchali hamda uning o’rta qismi biroz kengaygan. Gubernakulum yupqa va oval likopchasimon.
Tuxumdan chiqqan va shu ondayoq ikkinchi bosqichga aylangan lichinkalarning uzunligi 0,9 mm.
Bug’doy nematodasi bug’doy boshog’ida don o’rniga qattiq bo’rtma hosil qiladi. U ko’p hollarda begona o’tlarning urug’iga o’shab ketadi. Ular osonlik bilan yezilmaydi, balki uni o’tkir pichoq bilan (skalpel) bo’lish mumkin. Bo’lingan bo’rtmaning ichida minglab (ayrim hollarda 30000 tagacha) lichinkalar joylashganligini mikroskopda aniq ko’rish mumkin. Ular ikkinchi bosqich lichinkalarining anabioz holatda yekanligidan dalolat beradi. Bug’doy pishgandan keyin, boshoqdagi bo’rtmalar tuproqqa to’kiladi. Nam turoqqa tushgan bo’rtmalar po’sti yemirilib, ichidagi anabioz holatidagi ikkinchi bosqich lichinlalari jonlanib, harakatlanib o’z xo’jayinini (bug’doy maysalarini) topib, uning ichiga o’tib yosh barglar qo’ltig’iga borib joylashadi. Lichinkalar bilan zararlangan maysalarda ayrim o’zgarishlar, ya’ni o’sishi sekinlashadi, poya bo’g’inlari kalta , barglar buralib qoladi. O’simlik boshog’i shakllanib borishi vaqtida lichinkalar o’simlik poyasi bo’ylab yuqoriga ko’tarila boradi va gul murtaklariga kirib oladi. Kelgusida murtakdan don hosil bo’lishi vaqtida uning ichida lichinkalar to’planib, bo’rtmalarni hosil qiladi. Bunday bo’rtmalarning ichi lichinkalar bilan to’lgan bo’ladi va rivojlanishini davom yettirib voyaga yetadi. Bitta bo’rtma ichida 3 tadan 37 tagacha urg’ochilari, 1tadan 40 tagacha yerkaklari paydo bo’ladi. Urg’ochi va yerkak jinslar o’zaro qo’shilgandan keyin, yerkagi haloq bo’ladi, urg’ochilari yesa bir necha yuz, ba’zan 2-2,5 mingtagacha tuxumlarini qo’ygandan keyin halok bo’ladi. Tuxum ichida birinchi bosqich lichinkasi shakllanadi va tuxum po’sti yemirilib, lichinka ikkinchi bosqichga, undan qisqa vaqtda 3- va 4-nchi bosqichlarga aylanib, voyaga yetadi.
Zarari. Bug’doy nematodasi bilan zararlangan o’simlikning bo’yi sog’lom o’simliknikidan ancha past, poya va barglari kalta bo’lishi, shuningdek vegetasiyasining dastlabki bosqichlarida kuchli zararlangan bo’lsa boshoq hosil qilmaydi yoki hosil qilsa ham u kalta hamda bukilgan bo’ladi. Bo’rtmali va kasallangan boshoq, sog’lom o’simlik boshog’idan 3-2 barabar kalta bo’ladi. Agarda sog’lom o’simlik boshog’ini uzunligi 15-22smga teng bo’lsa, kasallangan o’simlik boshog’i 5-12 sm bo’ladi, shuningdek kuchli zararlangan boshoqda lichinkali bo’rtmalar 9-50 tagacha bo’ladi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin