Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar


Rasm 24. Kartoshka poya nematodasi



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə58/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Rasm 24. Kartoshka poya nematodasi.


1 urg’ochi va erkagi,2 kartoshka nematodasi bilan zararlangan tugunaklar
Hozirgi kungacha ushbu parazit nematodaga chidamli va zararlanmaydigan kartoshka navlari keltirib chiqarilmagan.
Tugunak ichidagi nematodalar uzoq vaqtgacha tugunakning sog’lom va chirigan to’qimasi chegarasida joylashgan bo’ladi.
Kartoshka poya nematodasining keltirib chiqargan kasalligi ditilenxoz deb ataladi. Ushbu kasallikning belgilari fitoftora (zamburug’ kasalligi) dan farq qiladi. Ditilenxozda tugunak mag’zida chiziqlar hosil bo’lmaydi va fuzariy zamburug’ining sporalari bo’lmaydi. Tugunak quruq chirishi bilan farq qiladi. Bundan tashqari ditilenxozda o’simlikning yer usti vegetativ a’zolarida sezilarli yoki ko’zga tashlanadigan o’zgarishlar hosil bo’lmaydi, ya’ni kartoshka poya nematodasi bilan zararlangan o’simlikning tashqi ko’rinishi va holati sog’lom o’simlikdan deyarli farq qilmaydi, chunki ditilenxozda asosan tugunaklar nobud bo’ladi. Shuningdek ushbu parazit bilan zararlangan urug’lik tugunaklar hamda zararlangan kartoshka maydoni (tuprog’i) hisoblanadi.
Kartoshka poya nematodasi kartoshkadan tashqari pomidor, no’xat, sabzi, grechixa (marjumak), arpa,bug’doy va boshqa 20 turdan ortiq bir yillik madaniy o’simliklarda, shuningdek 50 turdan ortiq manzarali, begona va yovvoyi o’simliklarda parazitlik qilishi qayd qilingan.
Kartoshka poya nematodasi yer yuzida ancha keng tarqalgan parazit fitonematodalardan hisoblanadi. U ayniqsa Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoning ko’pgina davlatlarida topilgan.
Prof. A. A. To’laganovning ma’lumotlariga binoan 1940-yilda Samarqand shahridagi kartoshkani qishda saqlaydigan omborxonada topilgan. Unda Yevropadan olib kelingan kartoshkaning poya nematodasi bilan zararlanganligi qayd qilingan. Hozirgi kunda yesa u O’zbekiston Respublikasining Buxoro, Surxandaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Farg’ona vodiysida tarqalganligi ma’lum. L.T. Sheptal (1968) ma’lumotlariga ko’ra ushbu parazit Samarqand viloyatining bir qator tumanlarida kartoshka va sabzavot yekinlari yetishtiriladigan xo’jaliklarida tarqalganligi isbotlangan.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin